Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga va O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
XXI BO‘LIM · 8 bob · 1 124 test · 19 tuzilish testi
Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarish
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Yetmish ikkinchi bob. Alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarish.
To‘rt yuz sakson birinchi modda. Alohida sharoitlarda qo‘shimcha vakolatlar berish.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ikki ming yigirmanchi yilning alohida sharoitlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir:
Birinchi band. ushbu Kodeksda va "ikki ming yigirmanchi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan ayrim soliqlar va yig‘imlar (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) stavkalarini o‘zgartirish;
Ikkinchi band. ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlar hamda yig‘imlarni to‘lash muddatlarini uzaytirish;
Uchinchi band. soliq, moliyaviy hisobotlarni va (yoki) soliqlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni, shuningdek ularni taqdim etmaganlik (o‘z vaqtida taqdim etmaganlik) uchun javobgarlikni qo‘llamaslik asoslari va (yoki) shartlarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish;
To‘rtinchi band. soliqlar, penyalar va jarimalarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish, shuningdek ularni berish tartibi va shartlarini qayta ko‘rib chiqish;
Beshinchi band. soliqlar, yig‘imlar, penyalar va jarimalarni to‘lash to‘g‘risidagi talabnomalarni jo‘natish va ijro etish muddatlarini, shuningdek soliqlar, yig‘imlar, penyalar, jarimalarni undirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish muddatlarini uzaytirish;
Oltinchi band. soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq mustasno) soliq imtiyozlarini berish;
Yettinchi band. soliqlar, penyalar va jarimalarni majburiy undirish choralarini to‘xtatib turish.
Ikkinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi davrida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar ushbu normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
To‘rt yuz sakson ikkinchi modda. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foizsiz to‘lashni kechiktirishning yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashni qo‘llashning va alohida sharoitlarda soliq majburiyatlarini bajarishning vaqtinchalik tartibi.
Birinchi qism. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati quyidagilar bo‘yicha beriladi:
Ikkinchi qism. ushbu Kodeks o‘n yettinchi moddasi birinchi qismining olti, yetti va sakkizinchi bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha - mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa. Ko‘rsatilgan soliqlarga nisbatan kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ikki ming yigirmanchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar soddalashtirilgan asosda, olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin;
Uchinchi qism. ushbu Kodeks o‘n yettinchi moddasi birinchi qismining oltinchi – to‘qqizinchi bandlarida ko‘rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha - o‘z faoliyatini to‘xtatgan va (yoki) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan tushumlar miqdori ikki ming yigirmanchi yilning birinchi choragida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi o‘rtacha oylik ko‘rsatkichga nisbatan ellik foizdan ko‘proqqa kamayadigan mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Bunday soliqlarga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan tartibda ikki ming yigirmanchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilib, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgan soliqlar summalari keyinchalik to‘lanadi.
Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Ushbu Kodeksning o‘n birinchi bobida nazarda tutilgan soliqlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish tartibi soliqlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Beshinchi qism. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha foizsiz kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lashning:
Birinchi band. ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan imkoniyati - soliq to‘lovchining arizasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy bo‘linmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlar talab qilib olinmagan holda beriladi;
Ikkinchi band. ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan imkoniyati - mikrofirmalar, kichik korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ular soliq organlariga quyidagilarni taqdim etgan taqdirda qo‘llaniladi:
Oltinchi qism. soliq solish obyekti joylashgan joy bo‘yicha - mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n yettinchi moddasining oltinchi qismida, to‘rt yuz o‘ttiz ikkinchi moddasining birinchi qismida va to‘rt yuz qirq sakkizinchi moddasining uchinchi qismida belgilangan soliqni, soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovini to‘lash muddatlaridan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan esa mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni;
Yettinchi qism. soliqqa doir hisobga olish joyi bo‘yicha - aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) qo‘llash to‘g‘risidagi bildirishni soliq hisobotini taqdim etish uchun belgilangan muddat bilan bir vaqtda.
Sakkizinchi qism. Soliq to‘lovchilar tomonidan ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (bo‘lib-bo‘lib to‘lashni) soliq organlarini xabardor qilmagan holda qo‘llanilganligiga soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamaganlik sifatida qaraladi. Mazkur hollarda bunday soliq to‘lovchilarni aniqlagan soliq organlari to‘lanmagan soliqlarning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining summasiga ushbu Kodeksning yuz o‘ninchi moddasida belgilangan tartibda penya hisoblaydi.
To‘qqizinchi qism. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan, kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilgan soliqlarga nisbatan soliqning, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarining summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Birinchi band. ijtimoiy soliq bo‘yicha - olti oy davomida teng ulushlarda, ushbu Kodeks to‘rt yuz yettinchi moddasining beshinchi qismida va to‘rt yuz sakkizinchi moddasining beshinchi qismida belgilangan soliqni to‘lash muddatlaridan kechiktirmay;
Izoh: sakkiz yuz qirq yetti sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Ikkinchi band. quyidagilar bo‘yicha o‘n ikki oy davomida teng ulushlarda:
O‘ninchi qism. yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha - ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n yettinchi moddasining oltinchi qismida belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa har oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
O‘n birinchi qism. yuridik shaxslarning yer solig‘i bo‘yicha - ushbu Kodeksning to‘rt yuz o‘ttiz ikkinchi moddasi birinchi qismida belgilangan soliqni to‘lash muddatidan kechiktirmay, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa - har oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay;
O‘n ikkinchi qism. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha - ushbu Kodeks to‘rt yuz qirq sakkizinchi moddasining uchinchi qismida belgilangan soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash muddatidan kechiktirmay;
O‘n uchinchi qism. aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha - har oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay.
O‘n to‘rtinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq mol-mulk va yer solig‘ining ikki ming yigirmanchi yil o‘ttiz birinchi dekabrdagi holatiga ko‘ra kechiktirilgan hamda to‘lanmagan summalarini to‘lash ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi yanvardan e’tiboran amalga oshiriladi. Bunda mahalliy davlat hokimiyati organlari ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq kechiktirilgan soliq summasi keyinchalik to‘lanadigan, biroq ikki yildan ko‘p bo‘lmagan muddatni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n beshinchi qism. Soliqlarni, soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan davrda soliq to‘lovchi tugatilgan taqdirda kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan) to‘lov summasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda budjet tizimiga to‘lanadi.
O‘n oltinchi qism. ikki ming yigirmanchi yil uchun jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash ikki ming yigirmanchi yil o‘n beshinchi oktabrga qadar amalga oshiriladi.
O‘n yettinchi qism. ikki ming yigirmanchi yilda foyda solig‘ining soliq to‘lovchisi joriy hisobot davri birinchi oyining yigirmanchi kunigacha joriy hisobot davri uchun foyda solig‘i bo‘yicha har oylik bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga mo‘ljallanayotgan foydadan kelib chiqqan, foyda solig‘ini o‘tgan chorak natijalari asosida hisoblab chiqarishning belgilangan talabi bekor qilingan holda taqdim etishga haqlidir. Foyda solig‘i bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari summasini kamaytirish holatlari aniqlangan taqdirda, soliq organlari har oylik bo‘nak to‘lovlari summasini qayta ko‘rib chiqishga haqli.
O‘n sakkizinchi qism. Ushbu Kodeksning uch yuz to‘qson uchinchi moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliq to‘lovchilar ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil uchun jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga ikki ming yigirmanchi yil birinchi avgustga qadar taqdim etadi. ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil uchun jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlariga ko‘ra jismoniy shaxslardan olinadigan hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ini to‘lash bunday deklaratsiyani taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O‘n to‘qqizinchi qism. Umumiy ovqatlanish korxonalariga aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha ikki ming yigirma birinchi yil o‘n beshinchi avgust holatiga ko‘ra yuzaga kelgan qarzdorlikni, shuningdek barcha soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha jarimalar hamda penyalarni ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi yanvardan birinchi iyulga qadar bo‘lgan davrda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni to‘lamasdan, teng ulushlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi beriladi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Yigirmanchi qism. "Hamkorlik shartnomalari"ga asosan "yigirma ming tadbirkor - besh yuz ming malakali mutaxassis" dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga (bundan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ushbu Kodeks o‘n yettinchi moddasi birinchi qismining ikki, uch (bundan to‘lov manbaidan olinadigan foyda solig‘i mustasno) va beshinchi – to‘qqizinchi bandlarida ko‘rsatilgan soliqlarni hamda aylanmadan olinadigan soliqni ushbu subyektlar yaratgan yangi ish o‘rinlari soniga qarab quyidagi muddatlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi:
Yigirma birinchi qism. ellik bir tadan yuz tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda - uch oygacha;
Yigirma ikkinchi qism. yuz bir tadan ikki yuz tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda - olti oygacha;
Yigirma uchinchi qism. ikki yuz tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda - o‘n ikki oygacha.
Yigirma to‘rtinchi qism. Ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismida ko‘rsatilgan soliqlar bo‘yicha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati:
Yigirma beshinchi qism. "yigirma ming tadbirkor - besh yuz ming malakali mutaxassis" dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining arizasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi tomonidan;
Yigirma oltinchi qism. ushbu Kodeksning o‘n uchinchi bobida nazarda tutilgan mol-mulk garovi, kafillik yoxud bank kafolati ta’minotisiz ushbu Kodeksning yuzinchi moddasida nazarda tutilgan foizlar hisoblanmagan holda, shuningdek moliyaviy holat tahlil qilinmagan va ushbu Kodeks yuz birinchi moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmagan holda (bundan ushbu Kodeks to‘qson sakkizinchi moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) beriladi";
Izoh: to‘qqiz yuz yigirma uch sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘rt yuz sakson uchinchi modda. Vaqtinchalik soliq imtiyozlari.
Birinchi qism. ikki ming yigirmanchi yil birinchi oktabrgacha bo‘lgan davr uchun foyda solig‘ini hisoblab chiqarishda tijorat banklari tomonidan moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish imkoniyati berilgan davrda hisoblangan va kechiktirilgan foizlar summasi jami daromad tarkibiga kiritilmaydi.
Ikkinchi qism. ikki ming yigirmanchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
Birinchi band. turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi subyektlar, "Uzbekistan Airways" aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiy bo‘linmalari, "Uzbekistan Airports" aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar shaklidagi xalqaro aeroportlar, shuningdek "O‘zaeronavigatsiya markazi" davlat unitar korxonasi:
Uchinchi qism. yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi;
To‘rtinchi qism. ijtimoiy soliqni bir foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
Ikkinchi band. tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi oyiga bir milliard so‘mdan oshmaydigan, elektron hisobvaraq-fakturalarni qo‘llovchi qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq to‘lovchilari qo‘shilgan qiymat solig‘ini har choraklik asosda, ushbu Kodeksning o‘ttiz yettinchi bobida belgilangan tartibda hisoblab chiqarishga va to‘lashga haqli;
Uchinchi band. foyda solig‘ini hamda aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda jami daromad tarkibiga ushbu Kodeks ikki yuz to‘qson to‘qqizinchi moddasining to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar kiritilmaydi;
To‘rtinchi band. qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va ijtimoiy soliqni hisoblashni hamda to‘lashni ushbu Kodeksning to‘rt yuz sakkizinchi moddasida ko‘rsatilgan, karantin tadbirlari davrida o‘z faoliyatini majburiy tarzda to‘xtatib turgan soliq to‘lovchilarga nisbatan to‘xtatib turish faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida yuboriladigan faoliyatning vaqtinchalik to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi bildirish asosida amalga oshiriladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Beshinchi qism. Soliq to‘lovchi faoliyati tiklangan taqdirda faoliyatni amalga oshirish boshlanguniga qadar bu haqida faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarini shunga o‘xshash tartibda xabardor qilishi shart;
Beshinchi band. koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha tibbiyot va karantin obyektlarini qurish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan qurilish materiallari va boshqa tovarlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
Oltinchi band. ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n beshinchi moddasining uchinchi qismida, to‘rt yuz yigirma ikkinchi moddasining oltinchi qismida, to‘rt yuz yigirma to‘qqizinchi moddasining o‘n uchinchi qismida va to‘rt yuz o‘ttiz yettinchi moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan, shu jumladan ikki ming yigirmanchi yil birinchi aprelga qadar aniqlangan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha oshirilgan soliq stavkalari, shuningdek ular bo‘yicha penya hisoblash va qarzdorlikni majburiy undirish choralari qo‘llanmaydi.
Izoh: bir ming yuz yigirma sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Oltinchi qism. ikki ming yigirma birinchi yil birinchi maydan ikki ming yigirma ikkinchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
Izoh: yetti yuz oltmish yetti sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Yettinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
Sakkizinchi qism. o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.
Izoh: olti yuz sakson to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
To‘qqizinchi qism. ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ikki ming yigirmanchi yil o‘ttiz birinchi dekabrdagi holatga ko‘ra soliq qarzini majburiy ravishda undirish, shuningdek quyidagilar bo‘yicha penya hisoblash choralari ko‘rilmaydi:
O‘ninchi qism. faoliyatni turizm, transport va umumiy ovqatlanish sohasida amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
O‘n birinchi qism. ikki ming yigirmanchi yilda hisoblangan va vaqtincha qiyinchiliklar munosabati bilan yuridik shaxslar tomonidan to‘lanmagan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha;
O‘n ikkinchi qism. ikki ming yigirmanchi yil o‘n beshinchi maydagi holatga ko‘ra qarzdorligi mavjud bo‘lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga soliqlar, penyalar va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha.
O‘n uchinchi qism. ikki ming yigirma birinchi yil o‘ttiz birinchi dekabrgacha bo‘lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari (joylashtirish xizmatlari) ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari:
O‘n to‘rtinchi qism. foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan ellik foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
O‘n beshinchi qism. ijtimoiy soliqni bir foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
O‘n oltinchi qism. yuridik shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.
O‘n yettinchi qism. Quyidagilar mol-mulk solig‘ini, yer solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:
O‘n sakkizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida Qoraqalpog‘iston Respublikasining har bir shahari va tumani uchun "o‘sish nuqtasi" deb belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari - ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan muddatga;
O‘n to‘qqizinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan, yangidan tashkil etilgan sanoat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari - ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi foyda solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni belgilangan soliq stavkasidan ellik foiz pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
Yigirmanchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlangan ro‘yxat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan va og‘ir sharoitlardagi qirq besh ta mahalla va ovullarda joylashgan, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari - ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan muddatga. Tadbirkorlik subyektlarining mazkur toifasi foyda solig‘idan ham ozod qilinadi.
Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Yigirma birinchi qism. ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi sentabrdan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi sentabrga qadar bo‘lgan davrda:
Yigirma ikkinchi qism. "Hunarmand" uyushmasining a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasining a’zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ham tatbiq etiladi;
Yigirma uchinchi qism. zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va "O‘zbekzargarsanoati" uyushmasining a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘idan va yer solig‘idan ozod etiladi.
Izoh: bir ming ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yigirma to‘rtinchi qism. Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi uchun belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan ilmiy-laboratoriya asbob-uskunasi, reagentlar va sarflash materiallari ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Izoh: yetti yuz yigirma ikki sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Yigirma beshinchi qism. ikki ming yigirma birinchi yilning o‘ninchi oktabridan ikki ming yigirma ikkinchi yil o‘ttizinchi aprelga qadar bo‘lgan davrda tovuq go‘shtini, muzlatilgan baliqni va tirik parrandani, ikki ming yigirma birinchi yil o‘ninchi oktabrdan ikki ming yigirma ikkinchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda esa go‘shtni (mol go‘shtini, qo‘y go‘shtini), tirik hayvonlarni (molni va qo‘yni) hamda ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni, kartoshkani realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Izoh: yetti yuz oltmish yetti sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Yigirma oltinchi qism. ikki ming yigirma birinchi yil birinchi sentabrdan ikki ming yigirma birinchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda umumiy ovqatlanish korxonalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Yigirma yettinchi qism. Respublika tumanlarida (bundan Toshkent shahri mustasno) faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma uchinchi yil birinchi yanvarga qadar bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida qo‘llaniladi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Yigirma sakkizinchi qism. Surxondaryo viloyatining Bandixon, Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlarida, tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu tumanlarda (hududlarda) o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, aylanmadan olinadigan soliqni, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summasini to‘lashdan ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Yigirma to‘qqizinchi qism. Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlarida va yer maydonlari sho‘rlangan hududlarida davlat ro‘yxatidan o‘tib, yangidan tashkil etilgan va ushbu hududlarda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan klasterlar mustasno) ikki ming yigirma birinchi yil o‘ninchi sentabrdan ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan ellik foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
O‘ttizinchi qism. Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan tog‘li hududlarning hamda yer maydonlari sho‘rlangan hududlarning ro‘yxati xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘ttiz birinchi qism. Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida favqulodda hodisa oqibatida zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik hamda parrandachilik xo‘jaliklari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ikki ming yigirmanchi yil birinchi maydan ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi noyabrga qadar ozod qilinadi. Bunda zarar ko‘rgan baliqchilik, chorvachilik va parrandachilik ho‘jaliklarining ro‘yxati xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Izoh: yetti yuz ellik sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
O‘ttiz ikkinchi qism. ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi yanvardan ikki ming o‘ttiz birinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari:
O‘ttiz uchinchi qism. foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, ijtimoiy soliqni va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini bir foiz miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
O‘ttiz to‘rtinchi qism. yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning bir foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
O‘ttiz beshinchi qism. Bo‘yalgan matoni, bo‘yalgan gazlamani va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (shu jumladan komissioner (ishonchli vakil) orqali eksport qilgan tadbirkorlik subyektlari) ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi fevraldan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni bir foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
O‘ttiz oltinchi qism. Ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz bo‘yalgan mato, bo‘yalgan gazlama va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotini eksport qilishdan olingan tushumi barcha tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining kamida sakson foizini tashkil etadigan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Izoh: yetti yuz oltmish yetti sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
O‘ttiz yettinchi qism. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari tomonidan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning ikki ming yigirmanchi yil birinchi yanvardan keyin foydalanilmay qolgan qismi ikki ming yigirmanchi yil birinchi oktabrga qadar maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining reyestriga kiritilgan ishtirokchilarga nisbatan ular tomonidan kiritilgan, ikki ming yigirmanchi yil birinchi yanvarga qadar amalda bo‘lgan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan investitsiyalarning hajmiga qarab, mazkur ishtirokchilar reyestrga kiritilgan paytdan e’tiboran uch yildan o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga to‘liq qo‘llaniladi. Ushbu qismning qoidalari ushbu Kodeks to‘rt yuz yetmish uchinchi moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izoh: yetti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
O‘ttiz sakkizinchi qism. O‘ttiz yoshdan oshmagan xodimlarni ishga qabul qilgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), avtotransport vositasida yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransport vositalarini ta’mirlash hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, shuningdek ko‘ngilochar markazlarda xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari - ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ularga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Izoh: bir ming yuz to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
O‘ttiz to‘qqizinchi qism. Ushbu moddaning yigirmanchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi:
Qirqinchi qism. har oyda xodimlarga o‘rtacha ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki yarim baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
Qirq birinchi qism. belgilangan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida oltmish foizini tashkil etganda. Shuningdek xodimlar sonini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda mazkur imtiyozning amal qilishi bekor qilinadi.
Izoh: bir ming yuz to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Qirq ikkinchi qism. Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalari bo‘ylab joylashgan, uy-joy uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari ushbu moddaning yigirmanchi qismida belgilangan xizmatlar turlarini ko‘rsatish uchun yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk toifasiga o‘tkazilgan taqdirda, ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvarga qadar jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini hamda jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini uy-joyga mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Qirq uchinchi qism. Mahallalararo savdo-xizmat ko‘rsatish ko‘chalarining ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
Qirq to‘rtinchi qism. Tadbirkorlik subyektlari ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda maydoni besh ming kvadrat metrdan yuqori bo‘lgan savdo komplekslari va mehmonxona (joylashtirish vositalari), shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha quyidagilarga haqli:
Qirq beshinchi qism. yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan nol butun bir koeffitsiyentni qo‘llashga. Bunda ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvarga qadar yangidan qurilgan ushbu ko‘chmas mulk obyektlariga va ushbu obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan mazkur imtiyoz ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran besh yil mobaynida qo‘llaniladi;
Qirq oltinchi qism. foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida ikki yil davomida mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga.
Qirq yettinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida ko‘rsatilgan tumanlar va shaharlarning belgilangan turizm zonalarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan hamda mazkur hududlarda umumiy ovqatlanish, mehmonxona (joylashtirish), savdo, ko‘ngilochar, turoperatorlik va turagent xizmatlarini ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari - ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi apreldan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
Qirq sakkizinchi qism. aylanmadan olinadigan soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
Qirq to‘qqizinchi qism. ushbu hududlarda joylashgan obyektlarga, shuningdek mazkur obyektlar egallagan yer uchastkalariga nisbatan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning bir foizi miqdorida to‘laydi.
Ellikinchi qism. Tumanlar va shaharlar turizm zonalari chegaralari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hududiy bosh boshqarmalarining xulosalariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari tomonidan belgilanadi.
Ellik birinchi qism. ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi apreldan ikki ming yigirma sakkizinchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda:
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Ellik ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalar bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;
Ellik uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning (aksiyadorlarning) aksiyalari bo‘yicha dividendlar tarzidagi daromadlariga foyda solig‘i bo‘yicha besh foiz miqdorida soliq stavkasi qo‘llaniladi;
Ellik to‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foizlar tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan hamda foyda solig‘idan ozod etiladi.
Ellik beshinchi qism. Tadbirkorlik subyektlarining milliy musiqa cholg‘u asboblarini ishlab chiqarishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida oltmish foizini tashkil etsa, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi apreldan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Ellik oltinchi qism. Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda barcha soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i va ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod etiladi.
Ellik yettinchi qism. Ushbu moddaning yigirma to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning umumiy hajmida baliq yetishtirish faoliyatidan olingan daromadining ulushi to‘qson foizdan ortiqni tashkil etgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi.
Ellik sakkizinchi qism. Charm, mo‘yna xom ashyosini va junni tayyorlash, saqlash hamda qayta ishlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar ikki ming yigirma uchinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ushbu faoliyati bo‘yicha foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to‘lashdan ozod etiladi.
Ellik to‘qqizinchi qism. Ushbu moddaning o‘ttiz birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Oltmishinchi qism. chorva mollarni so‘yishga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslar bilan jihozlangan soliq to‘lovchilarga;
Oltmish birinchi qism. hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida charm, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosini va junni yig‘ish hamda tayyorlash, ularni qayta ishlash (foydalanish) uchun keyinchalik sotish faoliyatidan olingan daromadining ulushi sakson foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga;
Oltmish ikkinchi qism. hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida charm, mo‘yna, qorako‘l xom ashyosini va junni qayta ishlash, shuningdek butlovchi buyumlarni, furnitura, aksessuarlar, poyabzal qoliplari, poyabzal tagliklari, ustki qismlari, jelatin, sun’iy charm, poyabzal, charm-attorlik, mo‘ynachilik, qorako‘l mahsulotini va jundan ishlangan buyumlarni ishlab chiqarishdan olingan daromadining ulushi oltmish foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga.
Oltmish uchinchi qism. Chorva mollarni so‘yish bo‘yicha zamonaviy avtomatlashtirilgan komplekslarga ega bo‘lgan, shuningdek terini qayta ishlovchi va charmdan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ikki ming yigirma uchinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Oltmish to‘rtinchi qism. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmi quyidagi talablarga javob bersa, soliq to‘lovchilar ijtimoiy soliqni ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi apreldan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi:
Oltmish beshinchi qism. bolalar, ayollar va sport poyabzallarini, sun’iy (eko) charm, furnitura, poyabzal qoliplari hamda tagliklarini realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida oltmish foizni tashkil etsa;
Oltmish oltinchi qism. poyabzallarni, charm-attorlik mahsulotlarini va mo‘ynadan tayyorlangan buyumlarni eksport qilishdan olinadigan daromadlarining ulushi kamida sakson foizni tashkil etsa.
Oltmish yettinchi qism. Belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlarini hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflov materiallarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi apreldan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi.
Oltmish sakkizinchi qism. Mehnat resurslari zich bo‘lgan qishloq joylarning reyestriga kiritilgan hududlarda xodimlarining umumiy soni o‘n nafardan kam bo‘lmagan hamda u yerda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlar mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining ellik foizidan kam bo‘lmagan kichik tadbirkorlik subyektlari o‘zida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xotin-qizlarning mehnatiga haq to‘lash fondidan olinadigan ijtimoiy soliqni ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi sentabrdan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Izoh: yetti yuz sakson besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Oltmish to‘qqizinchi qism. Chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida to‘qson foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar ikki ming yigirma uchinchi yil birinchi yanvardan e’tiboran ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Yetmishinchi qism. Budjet tashkilotlari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha barcha turdagi soliqlarni to‘lashdan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvarga qadar ozod qilinadi, bundan ijtimoiy soliq mustasno.
Izoh: bir ming o‘n uch sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Yetmish birinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha tumanlarida joylashgan hamda mazkur hududda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari (bundan yirik soliq to‘lovchilar, doimiy muassasalar, budjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi ellik foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizi va undan ortig‘i ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi ellik foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxsga tegishli yuridik shaxslar mustasno) ikki ming yigirma uchinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
Yetmish ikkinchi qism. foyda solig‘ini, aylanmadan olinadigan soliqni, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan ellik foizga kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
Yetmish uchinchi qism. ijtimoiy soliqni bir foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha, yakka tartibdagi tadbirkorlar esa yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘laydi.
Yetmish to‘rtinchi qism. Agar soliq to‘lovchi ushbu moddaning o‘ttiz to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari bilan bir qatorda bir vaqtning o‘zida boshqa asoslar bo‘yicha soliq imtiyozlariga doir huquqqa ega bo‘lsa, bunday soliq to‘lovchi o‘z ixtiyoriga qo‘ra eng qulay soliq imtiyozini tanlashga haqli.
Izoh: sakkiz yuz qirq besh sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Yetmish beshinchi qism. ikki ming yigirma uchinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, "O‘zbekiston Professional futbol ligasi" jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari:
Yetmish oltinchi qism. barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);
Yetmish yettinchi qism. o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini;
Yetmish sakkizinchi qism. belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Izoh: sakkiz yuz ellik yetti sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Yetmish to‘qqizinchi qism. Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi"da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.
Saksoninchi qism. "Izlanish va rivojlanish" markazlari ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur markazlarning obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning bir foizi miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni bir foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Sakson birinchi qism. Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan (bundan buyon matnda metallar deb yuritiladi) ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning XVIIIbir bo‘limida nazarda tutilgan qoidalar ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma beshinchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda tatbiq etilmaydi. Mazkur qoida qazib olish ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma beshinchi yil o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi va metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.
Sakson ikkinchi qism. Budjet tashkilotlari tomonidan xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida, shuningdek davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi ellik foiz miqdorida va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan infratuzilma loyihalari (elektr, gaz va issiqlik ta’minotiga, suv ta’minoti va kanalizatsiyaga, suv xo‘jaligiga, yo‘l-transport infratuzilmasiga, aloqa va telekommunikatsiyalarga, agrologistikaga, sanitariya jihatdan tozalashga, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishga doir loyihalar) uchun xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi (bundan O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlarining va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari mustasno), texnik yordam ko‘rsatish (grantlar) hisobidan to‘liq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma, shuningdek ularni olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar ozod qilinadi. Bunda mazkur imtiyoz loyiha ishtirokchilariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Sakson uchinchi qism. "yigirma ming tadbirkor - besh yuz ming malakali mutaxassis" dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvarga qadar quyidagi miqdorda pasaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:
Sakson to‘rtinchi qism. ellik bir tadan yuz tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda - belgilangan soliq stavkasining ellik foizi;
Sakson beshinchi qism. yuz bir dan ikki yuz tagacha yangi ish o‘rni yaratilganda - belgilangan soliq stavkasining yetmish besh foizi;
Sakson oltinchi qism. ikki yuz dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilganda - ushbu soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Sakson yettinchi qism. Ushbu moddaning qirq oltinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar "hamkorlik shartnomalari"ga asosan "yigirma ming tadbirkor - besh yuz ming malakali mutaxassis" dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga (bundan Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari mustasno) ular bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda beriladi:
Sakson sakkizinchi qism. "Ijtimoiy himoyaning yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda va kamida bir yil davomida ularga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘langan holda, ularning bandligi ta’minlanganda;
Sakson to‘qqizinchi qism. ushbu fuqarolar jami ishchilar sonining kamida yigirma foizini tashkil etganda.
To‘qsoninchi qism. "Hamkorlik shartnomalari" bo‘yicha majburiyatlar tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarilmagan taqdirda, ushbu moddaning qirq oltinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi soliq imtiyozlarini qo‘llashning butun davri uchun bekor qilinib, ushbu soliqlarni to‘lashga doir majburiyatlar tiklanadi.
Izoh: to‘qqiz yuz yigirma uch sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘qson birinchi qism. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
To‘qson ikkinchi qism. Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Izoh: to‘qqiz yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘qson uchinchi qism. ikki ming yigirma uchinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
To‘qson to‘rtinchi qism. jismoniy shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish faoliyatidan (kasanachilikdan) olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi;
To‘qson beshinchi qism. pilla yetishtiruvchi yuridik shaxslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lari, bo‘shagan mablag‘larni kasanachilarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltirish sharti bilan ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
To‘qson oltinchi qism. pilla yetishtirish sohasida ozuqa bazasi sifatida foydalaniladigan tutzorlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan nol butun bir koeffitsiyent qo‘llanilgan holda hisoblab chiqariladi.
Izoh: bir ming bir sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘qson yettinchi qism. ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvardan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ikki yil davomida teng ulushlarda tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini mazkur binolarning qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli.
To‘qson sakkizinchi qism. Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini bepul asosda o‘qishga qabul qilish bo‘yicha litsenziya talablari bajarilmagan taqdirda, ushbu moddaning ellik ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya chegirmalari ushbu Kodeksning uch yuz oltinchi moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya normalarini qo‘llash hisobidan bekor qilinadi.
To‘qson to‘qqizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalarini va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Yuzinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temir yo‘l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartnomasi asosida foydalanishga berish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi noyabrdan ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Izoh: bir ming o‘n uch sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Yuz birinchi qism. Nashriyot-matbaa faoliyatidan olingan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida to‘qson foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma to‘qqizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Yuz ikkinchi qism. Mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir butun besh baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi to‘langan holda, kambag‘al oila a’zolarini ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari kambag‘al oila a’zolari bo‘lgan xodimlarining mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Yuz uchinchi qism. ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi sentabrdan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi sentabrga qadar:
Yuz to‘rtinchi qism. kasbga o‘rgatish uchun maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilarini (o‘ttiz yoshdan oshmagan) ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlari ularga to‘lanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan ijtimoiy soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
Yuz beshinchi qism. maktablar, kollejlar va texnikumlar o‘quvchilari kasb o‘rganish jarayonida tadbirkorlik subyektlaridan olingan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Yuz oltinchi qism. Magistral avtomobil yo‘llari bo‘yida ko‘chma savdo obyektlarini tashkil etgan yoshlar (o‘ttiz yoshdan oshmagan shaxslar) faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran dastlabki olti oy davomida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Yuz yettinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar (bundan O‘zbekiston Respublikasi bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish to‘g‘risida bitim tuzgan davlatlarning soliq rezidentlari mustasno) eksport xizmatlari hajmi kalendar yil davomida o‘n million AQSH dollaridan oshgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlariga axborot texnologiyalari sohasidagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan (shu jumladan royalti to‘lanadigan) daromadlari qismida foyda solig‘ini to‘lashdan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi fevraldan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Yuz sakkizinchi qism. Jami daromadi tarkibida eksport hajmi ellik foizdan ortiq bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari ta’sischilarining (ishtirokchilarining) - O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning dividendlar tarzidagi daromadlariga nisbatan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi fevraldan ikki ming qirqinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hamda foyda solig‘i O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblanadi.
Yuz to‘qqizinchi qism. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari barcha turdagi soliqlarni (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno) to‘lashdan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvardan ikki ming qirqinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Yuz o‘ninchi qism. Ushbu moddaning oltmish ikkinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Yuz o‘n birinchi qism. kalendar yil davomida jami daromadi tarkibida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari tomonidan amalga oshirilishi uchun ruxsat etilgan faoliyat turlari bo‘yicha eksporti hajmi ellik foizdan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga;
Yuz o‘n ikkinchi qism. o‘n sakkiz yoshdan oshgan bitiruvchilarining ellik foizi kalendar yil davomida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari bo‘lgan eksportchi korxonalarga ishga joylashgan IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga.
Yuz o‘n uchinchi qism. Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, shuningdek uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Izoh: bir ming yuz yigirma to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Yuz o‘n to‘rtinchi qism. Ushbu moddaning oltmish to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar natijasida bo‘shaydigan mablag‘lardan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlash, zarur tovarlar va asbob-uskunalarni sotib olish, binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda kapital ta’mirlash, shuningdek aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun maqsadli tarzda foydalaniladi.
Yuz o‘n beshinchi qism. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash hamda ularning faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, zamonaviy o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnika resurslari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Yuz o‘n oltinchi qism. Nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi chet el o‘qituvchilari va mutaxassislari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Yuz o‘n yettinchi qism. Chet el o‘qituvchilari va mutaxassislarini ishga qabul qilgan nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari chet el o‘qituvchilari va mutaxassislari bo‘lgan xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari bo‘yicha ijtimoiy soliqni to‘lashdan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.
Izoh: bir ming yuz to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yuz o‘n sakkizinchi qism. Raqamli markirovkali mahsulotlarning chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini tadbirkorlik subyektlari uchun markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirish huquqi ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun beriladi.
Yuz o‘n to‘qqizinchi qism. Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini (bundan ekin maydonlari mustasno) to‘lashdan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar ozod etiladi.
Yuz yigirmanchi qism. Ushbu moddaning yetmishinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishni amalga oshirmagan tadbirkorlik subyektlariga va (yoki) belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yuz yigirma birinchi qism. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari:
Yuz yigirma ikkinchi qism. binolar va inshootlarni, yer uchastkalarini ijaraga berishdan olingan daromadlari bo‘yicha - foyda solig‘ini;
Yuz yigirma uchinchi qism. ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha - yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yuz yigirma to‘rtinchi qism. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari hamda ushbu sanoat zonalarida tashkil etilgan korxonalar yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lashdan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvardan e’tiboran ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yuz yigirma beshinchi qism. ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yo‘nalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari foyda solig‘ini ikki foiz va ijtimoiy soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi.
Yuz yigirma oltinchi qism. Ushbu moddaning yetmish to‘rtinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etiladi:
Yuz yigirma yettinchi qism. har oyda xodimlarga o‘rtacha ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
Yuz yigirma sakkizinchi qism. hisobot davrida to‘quv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan hamda shartnomaga muvofiq qayta ishlash sharti bilan berilgan xom ashyoni qayta ishlash yuzasidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha olingan daromadning umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida yetmish foizini tashkil etganda.
Yuz yigirma to‘qqizinchi qism. Ushbu moddaning yetmish beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilgan taqdirda, soliq imtiyozlari ushbu chorak uchun qo‘llaniladi.
Yuz o‘ttizinchi qism. Ushbu moddaning yetmish beshinchi qismida nazarda tutilgan barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari bo‘yicha keyingi oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar aniqlanadi.
Yuz o‘ttiz birinchi qism. Ushbu moddaning yetmish to‘rtinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlaridan tadbirkorlik subyektlari tomonidan foydalanilganidan keyin soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi.
Yuz o‘ttiz ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha tashabbuskorlar yangi bog‘larni barpo etishda xorijiy davlatlardan (qo‘shni davlatlardan tashqari) payvandtagli mevali ko‘chatlarni va payvandtaglarni, payvandustlarini, onalik materiallarini va texnika vositalarini olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod etiladi.
Yuz o‘ttiz uchinchi qism. Ushbu Kodeks ikki ming sakkiz yuz to‘qson uchinchi moddasi birinchi qismining ikkinchi bandida belgilangan polietilen granulalarni farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar aksiz solig‘idan ozod qilinadi.
Yuz o‘ttiz to‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari hamda ular qoshidagi maxsus vakolatli tashkilotlar tomonidan emissiya qilingan obligatsiyalar bo‘yicha daromadlari ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Yuz o‘ttiz beshinchi qism. Ushbu moddaning sakson birinchi qismida nazarda tutilgan imtiyoz mazkur obligatsiyalar muomalada bo‘lgan davrda hisoblangan foizlar tarzidagi daromadlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Yuz o‘ttiz oltinchi qism. ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi maydan boshlab "Yangi O‘zbekiston" massivlarini barpo etish doirasida auksion savdolarida yer uchastkasini ko‘p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer uchastkasi ijaraga olingan paytdan e’tiboran ushbu yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan o‘n ikki oy davomida ozod qilinadi. Bunda, agar ko‘p kvartirali uy-joy belgilangan muddatda qurilib, foydalanishga topshirilmasa, imtiyozdan foydalanilgan davr uchun yer solig‘i ikki baravar miqdorda undiriladi.
Yuz o‘ttiz yettinchi qism. Yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan xodimlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi apreldan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Yuz o‘ttiz sakkizinchi qism. Kreativ industriya parkining rezidentlari ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi maydan ikki ming o‘ttiz birinchi yil birinchi yanvarga qadar:
Izoh: bir ming yuz ellik yetti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Yuz o‘ttiz to‘qqizinchi qism. xodimlarining mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hamda ijtimoiy soliqni belgilangan soliq stavkalariga nisbatan ellik foiz kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi;
Yuz qirqinchi qism. tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar hisoblanadi.
Izoh: bir ming yuz to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yuz qirq birinchi qism. Meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiya qiluvchi quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi maydan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar foyda solig‘ini va ijtimoiy soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkalari bo‘yicha to‘laydi:
Yuz qirq ikkinchi qism. har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
Yuz qirq uchinchi qism. hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining umumiy hajmida zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiya qilishdan olingan daromad ulushi ellik foizdan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilarga. Bunda mazkur daromadlar ulushi tegishli vakolatli davlat organining fitosanitariya sertifikati va bojxona yuk deklaratsiyasi asosida aniqlanadi.
Yuz qirq to‘rtinchi qism. ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi iyuldan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda:
Yuz qirq beshinchi qism. bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida sakson foizini tashkil etgan yuridik shaxslar, shuningdek Bolalar kontentini rivojlantirish markazi shunday kontentlarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi va ijtimoiy soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi;
Yuz qirq oltinchi qism. yuridik shaxslarga bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini foyda solig‘ini hisoblashda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Yuz qirq yettinchi qism. Paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi sentabrdan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi sentabrga qadar bo‘lgan davrda ijtimoiy soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Yuz qirq sakkizinchi qism. Ushbu Kodeks ikki ming sakkiz yuz to‘qson uchinchi modda birinchi qismining ikkinchi bandida nazarda tutilgan polietilen granulalari O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda aniq texnik parametrlar asosida shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilganda, ikki ming yigirma beshinchi yil birinchi sentabrdan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar aksiz solig‘idan ozod qilinadi.
Yuz qirq to‘qqizinchi qism. Ilk marta aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i yoki mol-mulk solig‘i summasini ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar olti oy davomida buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining uch butun besh baravaridan oshmagan miqdorda kamaytirish huquqi beriladi.
Yuz ellikinchi qism. Ushbu moddaning to‘qsoninchi qismida belgilangan tartib tadbirkorlik subyekti buxgalteriyani tashkil etish uchun buxgalter bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yoki buxgalteriya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha autsorsing shartnomasi asosida qo‘llaniladi, bundan tadbirkorlik subyektining rahbari buxgalteriya hisobini yuritish vazifasini o‘z zimmasiga olgan hollar mustasno.
Yuz ellik birinchi qism. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasini zargarlik buyumlarini va yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish narxi hamda ularning tarkibidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Yuz ellik ikkinchi qism. Ushbu Kodeks ikki yuz qirq oltinchi moddasining oltinchi bandiga muvofiq olib kirilgan, mebel sanoatida foydalaniladigan texnologik asbob-uskunalar distribyutorlar tomonidan mahalliy ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilingan taqdirda, ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasi mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuz ellik uchinchi qism. ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvargacha bo‘lgan davrda:
Yuz ellik to‘rtinchi qism. avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish stansiyalari, shuningdek bunday obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida to‘lanadi;
Yuz ellik beshinchi qism. soliq to‘lovchilar avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olgan daromadlar hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida ellik foizini tashkil etgan taqdirda, ular shunday xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromad bo‘yicha foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi;
Yuz ellik oltinchi qism. avtotransport vositalarini elektr energiyasi bilan quvvatlantirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
Yuz ellik yettinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasining dividendlar tarzidagi daromadlari ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Yuz ellik sakkizinchi qism. Milliy film va seriallar ishlab chiqarib, ularni realizatsiya qilishdan olingan daromadi jami yillik daromadining kamida sakson foizini tashkil etgan yuridik shaxslar shunday milliy film va seriallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bo‘yicha ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi va ijtimoiy soliqni bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Yuz ellik to‘qqizinchi qism. O‘z ehtiyoji uchun gips xomashyosini qazib chiqaruvchi va undan tayyor qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga nisbatan gips xomashyosini qazib olganlik uchun belgilangan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar ellik foiz miqdorda qo‘llaniladi.
Yuz oltmishinchi qism. Issiqxona faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida oltmish foizini tashkil etgan issiqxona xo‘jaliklari ijtimoiy soliqni ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma to‘qqizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda bir foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Yuz oltmish birinchi qism. Ishchilarining o‘rtacha ish haqi miqdori har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan mahalliy sanoat korxonalarining ishchilarni tashish va ovqatlantirish bilan bog‘liq xarajatlaridan har bir xodim uchun bir oyda bir bazaviy hisoblash miqdorigacha bo‘lgan qismi ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar ijtimoiy soliq bazasidan kamaytiriladi.
Yuz oltmish ikkinchi qism. Ushbu moddaning to‘qson to‘qqizinchi qismida belgilangan soliq imtiyozi quyidagilarga nisbatan tatbiq etiladi:
Yuz oltmish uchinchi qism. ipakchilik, oziq-ovqat, qurilish materiallari, elektrotexnika, farmatsevtika, mebelchilik, kimyo, parfyumeriya, kosmetika, avtomobil, metallurgiya sanoati korxonalariga;
Yuz oltmish to‘rtinchi qism. o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini realizatsiya qilishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha olgan jami daromadining oltmish foizidan ko‘p bo‘lgan soliq to‘lovchilarga.
Yuz oltmish beshinchi qism. ikki ming yigirma sakkizinchi yil birinchi yanvarga qadar:
Yuz oltmish oltinchi qism. issiqxona xo‘jaliklari tomonidan kredit majburiyatlari bajarilmaganligi sababli tijorat banklari balansiga o‘tgan issiqxonalar va ular bilan bog‘liq garov ta’minotida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini tijorat banklari tomonidan realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmalar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan;
Yuz oltmish yettinchi qism. tijorat banklari issiqxona xo‘jaliklarining kredit majburiyatlari bajarilmaganligi sababli o‘z balansiga qabul qilgan issiqxonalar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan garov ta’minotidagi ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Yuz oltmish sakkizinchi qism. ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan ikki ming o‘ttiz birinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida:
Yuz oltmish to‘qqizinchi qism. qurilmalarni, dasturiy mahsulotlarni, ehtiyot qismlarini va butlovchi qismlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
Yuz yetmishinchi qism. yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlarining xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan;
Yuz yetmish birinchi qism. markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo‘ldosh aloqa infratuzilmasining boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan;
Yuz yetmish ikkinchi qism. yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlarining yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foydasi foyda solig‘idan ozod etiladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yuz yetmish uchinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘ttiz yettinchi moddasining o‘ninchi qismida nazarda tutilgan qoidalar ikki ming yigirmanchi yil birinchi yanvardan ikki ming yigirma to‘rtinchi yil birinchi iyunga qadar bo‘lgan davrda jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Izoh: bir ming yuz ellik uch sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Yuz yetmish to‘rtinchi qism. ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan ikki ming o‘ttizinchi yil birinchi yanvarga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga jalb qilingan chet el kontragentlari qo‘shilgan qiymat solig‘ini, to‘lov manbaida foyda solig‘ini va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi. Bunda ushbu imtiyoz chet el kontragentlari kreativ industriya sohasiga bevosita bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etilganda qo‘llaniladi.
Izoh: bir ming yuz ellik yetti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
