Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga va O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

XXI BO‘LIM · 8 bob · 1 124 test · 19 tuzilish testi

712-bob · 4803–4806 moddalar

Islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Yetti yuz o‘n ikkinchi bob. Islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari. To‘rt ming sakkiz yuz uchinchi modda. Umumiy qoidalar. Birinchi qism. Agar ushbu Kodeksning mazkur bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishda ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi. To‘rt ming sakkiz yuz to‘rtinchi modda. Islomiy moliya operatsiyalariga qo‘shilgan qiymat solig‘i solish. Birinchi qism. Quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘i solishdan ozod qilinadi: Birinchi band. islomiy qimmatli qog‘ozlar (sertifikatlar) bilan bog‘liq operatsiyalar. Islomiy qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog‘ozlarni saqlash, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog‘ozlarni o‘tkazish hamda ularning reyestrini yuritish, qimmatli qog‘ozlar savdosini tashkil etish bo‘yicha operatsiyalar kiradi, bundan ularni tayyorlash bo‘yicha xizmatlar mustasno; Ikkinchi band. islomiy moliya faoliyati doirasida ishonchli boshqaruv (vositachilik) shartnomalari asosida bank va mikromoliya tashkiloti tomonidan ishonchli boshqaruvning muassisiga (komitentga) pulli asosda ko‘rsatilgan xizmatlar; Uchinchi band. islomiy moliya faoliyati doirasida mol-mulkni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berishda ushbu mol-mulkni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berish bo‘yicha barcha ijara to‘lovlari summasi va sotib olish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq; To‘rtinchi band. banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya faoliyati doirasida tuziladigan shartnomalar bo‘yicha mijozga (xaridorga) realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo‘yiladigan ustama. To‘rt ming sakkiz yuz beshinchi modda. Islomiy moliya operatsiyalariga foyda solig‘i solish. Birinchi qism. Islomiy moliya faoliyati doirasida jami daromadlar tarkibiga quyidagi daromadlar kiritiladi: Birinchi band. islomiy moliya faoliyati bo‘yicha mukofot tarzidagi daromad; Ikkinchi band. islomiy sug‘urta va islomiy qayta sug‘urta tashkilotining sug‘urta, qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha daromadi. Ikkinchi qism. Ushbu Kodeks ikki yuz to‘qson to‘qqizinchi moddasi to‘rtinchi qismining qoidalari islomiy moliya operatsiyalari doirasida beriladigan qarzlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Uchinchi qism. Islomiy moliya faoliyati doirasida mijozlarning to‘lovlarni kechiktirishi natijasida undirilgan jarimalar, penyalar hisobidan xayriya qilingan mablag‘lar foyda solig‘i bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiradi. To‘rt ming sakkiz yuz oltinchi modda. Islomiy moliya operatsiyalari doirasida boshqa soliqlar solish. Birinchi qism. Jismoniy shaxslarning islomiy moliya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi bank va mikromoliya tashkilotlariga vositachilik (topshiriq), ishonchli boshqaruv yoki sherikchilik asosida mablag' taqdim etish to‘g‘risidagi shartnomalarga muvofiq olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi. Ikkinchi qism. Islomiy moliya faoliyati doirasida ko‘chmas mulklarni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari mol-mulk solig‘i to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Uchinchi qism. Islomiy moliya faoliyati doirasida moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga beruvchi banklar va mikromoliya tashkilotlari yer solig‘i to‘lovchisi deb e’tirof etiladi. Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Savol berish