Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga va O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
XXI BO‘LIM · 8 bob · 1 124 test · 19 tuzilish testi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Yetti yuz o‘n birinchi bob. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
To‘rt ming sakkiz yuz birinchi modda. Umumiy qoidalar.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlarida mazkur Kodeksning to‘rt ming sakkiz yuz ikkinchi moddasida belgilangan maxsus soliq stavkalari qo‘llanilishini nazarda tutuvchi soliq solishning alohida tartibi belgilanishi mumkin.
Ikkinchi qism. Soliq solishning alohida tartibiga ega O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlari quyidagilardan iborat: Farg‘ona viloyatining So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa - ikki ko‘chasi.
To‘rt ming sakkiz yuz ikkinchi modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalarini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Birinchi band. foyda solig‘i bo‘yicha - bir foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi;
Ikkinchi band. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha - bir foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qo‘llaniladi.
Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan soliq to‘lovchilar uchun qat’iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i har chorakda yigirma besh ming so‘m miqdorida to‘lanadi;
Uchinchi band. ijtimoiy soliq bo‘yicha:
Uchinchi qism. yuridik shaxslar uchun (bundan budjet tashkilotlari mustasno) - bir foiz. Mazkur soliq stavkasi O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondiga nisbatan qo‘llaniladi;
To‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun - yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida;
To‘rtinchi band. aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha - bir foiz. Mazkur soliq stavkasi soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tushumining O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatidan olinadigan qismiga nisbatan qo‘llaniladi.
Beshinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining alohida hududlarida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga va yer uchastkalariga, shuningdek ushbu hududlarda foydalaniladigan suv resurslariga nisbatan mazkur Kodeksning to‘rt yuz o‘n besh, to‘rt yuz yigirma ikki, to‘rt yuz yigirma to‘qqiz, to‘rt yuz o‘ttiz yetti va to‘rt yuz qirq beshinchi moddalarida belgilangan mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga nol butun bir koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
