Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga va O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
XXI BO‘LIM · 8 bob · 1 124 test · 19 tuzilish testi
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Oltmish sakkizinchi bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
To‘rt yuz yetmish uchinchi modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari.
Birinchi qism. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk solig‘idan va yer solig‘idan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari foyda solig‘ini to‘lashdan o‘zi kiritgan investitsiyalar hajmiga qarab:
Uchinchi qism. uch million AQSH dollaridan besh million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun - uch yil muddatga;
To‘rtinchi qism. besh million AQSH dollaridan o‘n besh million AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiyalar uchun - besh yil muddatga;
Beshinchi qism. o‘n besh million AQSH dollari va undan yuqori miqdordagi investitsiyalar uchun - o‘n yil muddatga ozod etiladi.
Izoh: yetti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Oltinchi qism. ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi apreldan e’tiboran maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan soliq to‘lovchilarga nisbatan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab belgilanadigan muddatga amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqi tarzida qo‘llaniladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yettinchi qism. Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi o‘rtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Sakkizinchi qism. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qo‘shilgan qiymat solig‘i va boshqa soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladilar.
To‘rt yuz yetmish to‘rtinchi modda. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi.
Birinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz yetmish uchinchi moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan e’tiboran hisoblab chiqariladi.
Ikkinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz yetmish uchinchi moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona hududida ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) obyekti foydalanishga qabul qilingan sanadan e’tiboran hisoblanadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uchinchi qism. Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan e’tiboran foydalanishga haqli emas.
To‘rtinchi qism. Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran qo‘llaniladi.
