Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga va O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
XXI BO‘LIM · 8 bob · 1 124 test · 19 tuzilish testi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Oltmish yettinchi bob. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
To‘rt yuz yetmish birinchi modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari.
Birinchi qism. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonunchilikda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikkinchi qism. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Uchinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer solig‘ini va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
To‘rt yuz yetmish ikkinchi modda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslar tomonidan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi.
Birinchi qism. Ushbu Kodeksning to‘rt yuz yetmish birinchi moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari quyidagi shartlar bajarilgan taqdirda qo‘llaniladi:
Birinchi band. yuridik shaxslar qonunchilikda belgilanadigan hududlarga joylashtirilganda;
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikkinchi band. chet ellik investorlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari O‘zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;
Uchinchi band. yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) chet ellik ishtirokchilarning ulushi kamida o‘ttiz uch foiz, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida o‘n besh foiz bo‘lganda;
To‘rtinchi band. chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
Beshinchi band. ushbu Kodeksning to‘rt yuz yetmish birinchi moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilganligi natijasida ularning qo‘llanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida ellik foizi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga yo‘naltirilganda.
Ikkinchi qism. Ushbu Kodeksning to‘rt yuz yetmish birinchi moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat o‘tganidan keyin bir yil o‘tmasidan oldin faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini o‘z mamlakatiga o‘tkazish va kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat berilgan soliq imtiyozlari summalarining o‘rni budjetga qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.
Uchinchi qism. Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, ushbu Kodeksning to‘rt yuz yetmish birinchi moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan davr uchun soliqlar ushbu Kodeksning VIII bo‘limida nazarda tutilgan penyalar qo‘llanilgan holda, umumbelgilangan tartibda to‘lanadi.
