Aylanmadan olinadigan soliq
XX BO‘LIM · 1 bob · 320 test · 0 tuzilish testi
Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Oltmish oltinchi bob. Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash.
To‘rt yuz oltmish birinchi modda. Soliq to‘lovchilar.
Birinchi qism. Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
Birinchi band. soliq davrida jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu bo‘limda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
Ikkinchi band. soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Birinchi band. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga;
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Ikkinchi band. aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
Uchinchi band. yuridik shaxslar - qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
To‘rtinchi band. benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
Beshinchi band. lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
Oltinchi band. oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga - oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha, bundan islomiy moliya operatsiyalari bo‘yicha banklar va mikromoliya tashkilotlari bilan tuzilgan oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat mustasno;
Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Yettinchi band. bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shaxslarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
Sakkizinchi band. markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
To‘qqizinchi band. alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga;
O‘ninchi band. bozorlarga va savdo komplekslariga;
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
O‘n birinchi band. soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
O‘n ikkinchi band. auditorlik tashkilotlariga;
O‘n uchinchi band. notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga;
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n to‘rtinchi band. dori vositalari, tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga va (yoki) tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga;
Izoh: bir ming yuz to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
O‘n beshinchi band. zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rt yuz oltmish ikkinchi modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari.
Birinchi qism. Ushbu Kodeksning to‘rt yuz oltmish birinchi moddasi birinchi qismi birinchi bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lash o‘rniga aylanmadan olinadigan soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) to‘lashni nazarda tutadigan maxsus soliq rejimini tanlashga haqli.
Ikkinchi qism. Ushbu Kodeksning to‘rt yuz oltmish birinchi moddasi birinchi qismi birinchi bandida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliq to‘lashga navbatdagi soliq davridan boshlab o‘tishga haqli. Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchilar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tishi to‘g‘risida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uchinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz oltmish birinchi moddasi birinchi qismining ikkinchi bandida ko‘rsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishga haqli.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish chog‘ida tanlangan soliq solish tartibini ko‘rsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash tartibini tanlash huquqiga ega.
Beshinchi qism. Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qo‘llashni ushbu Kodeksning ikki yuz o‘ttiz yettinchi moddasiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun va bir vaqtning o‘zida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashni rad etishga doir ariza berilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab ixtiyoriy ravishda rad etishga haqli.
Oltinchi qism. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy ravishda o‘tgan soliq to‘lovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari bo‘yicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadlari bir milliard so‘mdan oshmagan bo‘lsa, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga kamida o‘n ikki oydan keyin qayta o‘tishga haqli.
Yettinchi qism. Soliq davri davomida jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar jami daromadi ko‘rsatilgan miqdorga yetgan kundan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Sakkizinchi qism. Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsning jami daromad summasi, yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorda yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxsda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi bir milliard so‘m uch yuz oltmish beshga bo‘lingan va soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar bo‘lgan kunlar soniga ko‘paytirilgandagi summadan oshsa, u holda bunday shaxslar ro‘yxatdan o‘tilgan yildan keyingi yildan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘qqizinchi qism. Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatuvchi soliq to‘lovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish bo‘yicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
O‘ninchi qism. Bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shaxslar, ularni samarasiz foydalanayotganligi bo‘yicha xulosa chiqarilgan oydan keyingi oyning sanasidan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n birinchi qism. Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari bo‘lgan yuridik shaxslar, investitsion loyihaning amalga oshirilmaganligi to‘g‘risida xulosa berishga vakolati bo‘lgan vakolatli organning xulosasi chiqarilgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n ikkinchi qism. Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan obyektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar qaysi sana oldinroq kelishiga qarab import shartnomasi tuzilgan yoki tovarlar olib kirilgan (import qilingan) sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
O‘n to‘rtinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz oltmish birinchi moddasi ikkinchi qismining ikki, to‘rt, besh, to‘qqiz va o‘n birinchi bandlarida nazarda tutilgan shaxslar tegishli ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) olgan yoki o‘z faoliyatini boshlaganligi to‘g‘risida vakolatli organni xabardor qilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
O‘n beshinchi qism. Qishloq xo‘jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarda yigirma besh gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ular ko‘rsatilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni yoki ushbu yer uchastkasining maydoni o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
O‘n oltinchi qism. Oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs bo‘lgan oddiy shirkat ishtirokchisi oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha oddiy sheriklik shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
O‘n yettinchi qism. Bozorlar va savdo komplekslari, notijorat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran, budjet tashkilotlari esa tashkil topgan sanadan e’tiboran qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
O‘n sakkizinchi qism. Auditorlik tashkilotlari auditorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun shartnoma tuzilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini hamda foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n to‘qqizinchi qism. Soliqni to‘lash soliq to‘lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
Yigirmanchi qism. ushbu Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan;
Yigirma birinchi qism. agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Yigirma ikkinchi qism. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshgan yoki qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy tartibda o‘tganidan e’tiboran soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) ushbu Kodeksga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda to‘laydi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rt yuz oltmish uchinchi modda. Soliq solish obyekti.
Birinchi qism. Ushbu Kodeksning qirq uchinchi bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad soliq solish obyektidir, bundan ushbu Kodeksning uch yuz to‘rtinchi moddasiga muvofiq, ushbu moddada nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog‘ida inobatga olinmaydigan daromadlar mustasno.
Ikkinchi qism. Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:
Uchinchi qism. qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o‘z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan ta’minlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida bo‘lsa, ushbu materiallarga bo‘lgan mulk huquqi buyurtmachining o‘zida saqlanib qolgan taqdirda, o‘z kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi;
To‘rtinchi qism. mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun - moliyaviy ijara (lizing) bo‘yicha foizli daromad summasi;
Beshinchi qism. vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari ko‘rsatishga oid boshqa shartnomalar bo‘yicha vositachilik xizmatlari ko‘rsatadigan yuridik shaxslar uchun - ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;
Oltinchi qism. tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun - agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma ekologiya, sog‘lomlashtirish hamda xayriya jamg‘armalariga, madaniyat, sog‘liqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, ta’lim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izoh: yetti yuz sakson besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Yettinchi qism. Soliq solish obyekti bo‘lib quyidagilar ham hisoblanadi:
Birinchi band. tovarlarni (xizmatlarni) quyidagilarga:
A kichik band. ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchi chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud uning yuridik shaxsdagi ulushi kamaytirilganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan uning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning qismi) qaytarib sotib olinganda ushbu ishtirokchiga berish;
B kichik band. yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olinganda aksiyadorga berish;
V kichik band. yuridik shaxs tugatilganda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
Ikkinchi band. tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxs mehnatiga haq to‘lash hisobidan yoki dividend to‘lash hisobidan berish;
Uchinchi band. tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni qayta ishlab berish uchun berish, agar tovarlar va (yoki) mulk qayta ishlash mahsuloti sifatida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan bo‘lsa;
To‘rtinchi band. ko‘p marta aylanadigan, sotuvchiga qaytarilishi shart bo‘lgan idishlarni, agar idish mahsulotni shunday idishda yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan bo‘lsa, berish.
Sakkizinchi qism. Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi.
To‘qqizinchi qism. Uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha daromadlar ushbu Kodeksning uch yuz uchinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda jami daromad tarkibiga kiritiladi.
O‘ninchi qism. Balansning valyuta hisobvaraqlarini qayta baholash chog‘ida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar o‘rtasidagi saldo soliq solish obyekti deb e’tirof etiladi. Kursdagi salbiy farqning summasi kursdagi ijobiy farq summasidan ortiq bo‘lgan taqdirda oshib ketgan summa aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda soliq bazasini kamaytirmaydi.
O‘n birinchi qism. Soliq to‘lovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i yoxud qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i to‘lash davrida aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tguniga qadar olingan daromadlar jami daromadga kiritilmaydi.
To‘rt yuz oltmish to‘rtinchi modda. Soliq bazasi.
Birinchi qism. Ushbu Kodeksning to‘rt yuz oltmish uchinchi moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb e’tirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno:
Birinchi band. O‘zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo‘yicha daromadlar;
Ikkinchi band. soliq agentida soliq solinishi lozim bo‘lgan dividendlar;
Uchinchi band. qaytariladigan ko‘p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo‘lsa;
To‘rtinchi band. amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo‘shimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar;
Beshinchi band. hisobot yilida aniqlangan o‘tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonunchilikka muvofiq soliqlar bo‘yicha qayta hisob-kitob o‘tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:
Birinchi band. brokerlik tashkilotlari uchun - bitim summasidan birjaga o‘tkaziladigan vositachilik yig‘imi summasiga;
Ikkinchi band. komissiya shartnomasi bo‘yicha vositachilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar uchun - tovarlarni import qilishda to‘langan bojxona to‘lovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar ulushida;
Uchinchi band. turizm faoliyati subyektlari uchun - turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasiga.
To‘rtinchi band. tadbirkorlik subyektlari uchun - tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining nol butun besh foizidan oshmagan miqdorda o‘z xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlariga borishi uchun chiptalar xarid qilishga doir xarajatlar summasiga;
Izoh: yetti yuz sakson besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
To‘rt yuz oltmish beshinchi modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Birinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliq bazasi bo‘lib, ularning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning to‘rt yuz oltmish uchinchi moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan jami daromadi hisoblanadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzishda o‘zining yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining o‘zidan yaqqol kelib chiqmasa, ko‘rsatishi shart.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uchinchi qism. Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalari orqali tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan bir milliard so‘mgacha bo‘lgan daromadlari bo‘yicha to‘lov tashkilotlari soliq agenti deb e’tirof etiladi.
Beshinchi qism. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha yuridik shaxslardan olgan bir milliard so‘mgacha bo‘lgan daromadlari bo‘yicha ushbu yuridik shaxslar soliq agenti deb e’tirof etiladi. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘lashi lozim bo‘lgan soliq yuridik shaxslar tomonidan soliq organlarining xabarnomasi asosida to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
Oltinchi qism. Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilganidan boshqa hollarda, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar bo‘yicha soliqlarni to‘lash va hisobotlarni taqdim etish ishlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yettinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadlariga nisbatan ushbu Kodeks uch yuz sakson birinchi moddasining birinchi qismida belgilangan stavkada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rt yuz oltmish oltinchi modda. Daromadlarga tuzatish kiritish.
Birinchi qism. Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko‘paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e’tirof etiladi.
Ikkinchi qism. Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
Birinchi band. tovarlar to‘liq yoki qisman qaytarilganda;
Ikkinchi band. bitim shartlari o‘zgarganda;
Uchinchi band. narxlar o‘zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;
To‘rtinchi band. ko‘rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Uchinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
To‘rtinchi qism. Ushbu moddaga muvofiq daromadlarga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatlarni) sotuvchi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning ikki yuz ellik yettinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Beshinchi qism. Daromadlarga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish ko‘rsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Oltinchi qism. Daromadlarga tuzatish kiritish soliq to‘lovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga o‘tgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritiladigan daromadlar bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash hollari mustasno.
To‘rt yuz oltmish yettinchi modda. Soliq stavkalari.
Birinchi qism. Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ikkinchi qism. T/r
Uchinchi qism. Soliq to‘lovchilar
To‘rtinchi qism. Soliq stavkalari, foizlarda
Beshinchi qism. bir.
Oltinchi qism. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilar, bundan ikkinchi – beshinchi bandlarda nazarda tutilganlar mustasno
Yettinchi qism. to‘rt
Sakkizinchi qism. ikki.
To‘qqizinchi qism. Chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar
O‘ninchi qism. ikki butun bir.
O‘n birinchi qism. joylashgan joyiga qarab:
O‘n ikkinchi qism. aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda
O‘n uchinchi qism. to‘rt
O‘n to‘rtinchi qism. boshqa aholi punktlarida
O‘n beshinchi qism. ikki
O‘n oltinchi qism. borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda
O‘n yettinchi qism. bir
O‘n sakkizinchi qism. ikki butun ikki.
O‘n to‘qqizinchi qism. joylashgan joyidan qat’i nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha
Yigirmanchi qism. to‘rt
Yigirma birinchi qism. uch.
Yigirma ikkinchi qism. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari
Yigirma uchinchi qism. tovar aylanmasining to‘rt yoki yalpi daromadning yigirma besh
Yigirma to‘rtinchi qism. to‘rt.
Yigirma beshinchi qism. Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, "Nuroniy" jamg‘armasi va "O‘zbekiston Chernobilchilari" assotsiatsiyasi bo‘lgan, umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va bir ming to‘qqiz yuz qirq birinchi – bir ming to‘qqiz yuz qirq beshinchi yillardagi mehnat fronti veteranlari ellik foizdan kam bo‘lmagan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va bir ming to‘qqiz yuz qirq birinchi – bir ming to‘qqiz yuz qirq beshinchi yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining ellik foizidan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar
Yigirma oltinchi qism. nol
Yigirma yettinchi qism. besh.
Yigirma sakkizinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar
Yigirma to‘qqizinchi qism. bir
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
O‘ttizinchi qism. Ushbu modda ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarining qoidalari ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘rt yuz oltmish sakkizinchi modda. Alohida-alohida hisob yuritish.
Birinchi qism. Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanadigan soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq to‘lovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha soliqni to‘lashi shart.
Ikkinchi qism. Ushbu modda birinchi qismining qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs bo‘lmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq to‘lovchilarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Uchinchi qism. Ushbu Kodeks ikki yuz to‘qson yettinchi moddasi uchinchi qismining besh, olti, o‘n, o‘n bir, o‘n ikki, o‘n uch, o‘n to‘rt, o‘n yetti, o‘n sakkiz, yigirma bir, yigirma ikki, yigirma uch, yigirma besh va yigirma yettinchi bandlarida ko‘rsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga soliq to‘lovchining hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha soliq solinadi.
Izoh: bir ming ellik yetti sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks to‘rt yuz oltmish yettinchi moddasining ikkinchi – beshinchi bandlarida ko‘rsatilgan faoliyat turlari mavjud bo‘lmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlarga ushbu Kodeks to‘rt yuz oltmish yettinchi moddasining birinchi bandida belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rt yuz oltmish to‘qqizinchi modda. Soliq davri. Hisobot davri.
Birinchi qism. Kalendar yil soliq davridir.
Ikkinchi qism. Bir oy hisobot davridir.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
To‘rt yuz yetmishinchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi.
Birinchi qism. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, hisobot davri yakunlari bo‘yicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Uchinchi qism. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Birinchi band. hisobot davri yakunlari bo‘yicha - hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay;
Ikkinchi band. soliq davri yakunlari bo‘yicha - soliq davridan keyingi davrning o‘n beshinchi fevralidan kechiktirmay.
To‘rtinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz oltmish beshinchi moddasining to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlari bo‘yicha soliq hisobotlari soliq agentlari tomonidan har bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs kesimida taqdim etiladi. Bunda hisoblangan va to‘langan soliq hisobi yakka tartibdagi tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs soliq to‘lovchi sifatida hisobda turgan joydagi soliq organidagi soliq to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘ida yuritiladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Beshinchi qism. Hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha soliqni to‘lash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
