Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

XVIII BO‘LIM · 2 bob · 429 test · 14 tuzilish testi

64¹-bob · 4541–4547 moddalar

Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Olti yuz qirq birinchi bob. Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash. To‘rt ming besh yuz qirq birinchi modda. Soliq to‘lovchilar. Birinchi qism. Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz ellik ikkinchi moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foydali qazilmalarning tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu bo‘limda metallar deb yuritiladi) kiradi. Uchinchi qism. Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xom ashyosi jumlasiga kiradi. To‘rtinchi qism. Ushbu Kodeksning oltmish to‘qqizinchi bobiga muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq to‘lovchi hisoblanmaydi. To‘rt ming besh yuz qirq ikkinchi modda. Soliq solish obyekti. Birinchi qism. Ushbu Kodeksning to‘rt ming besh yuz qirq uchinchi moddasida belgilangan tartibda aniqlanadigan, qazib olingan (ajratib olingan) metallni yoki uglevodorod xom ashyosini realizatsiya qilishdan olingan renta daromadi foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘ini (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir. To‘rt ming besh yuz qirq uchinchi modda. Renta daromadi. Birinchi qism. Qazib olingan (ajratib olingan) metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini realizatsiya qilishdan olingan, ushbu Kodeksning yuz yetmish oltinchi moddasi talablari hisobga olingan holda bahoga qo‘shimcha qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini kiritmay aniqlanadigan, bitim taraflari tomonidan qo‘llanilgan bahodan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan daromadlar hamda ularni qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar o‘rtasidagi farq renta daromadi deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Renta daromadi birlamchi ishlov berishdan (sanoat yo‘sinida dastlabki qayta ishlashdan, rudani boyitishdan) o‘tgan va realizatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lgan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) faoliyati doirasida aniqlanadi. Uchinchi qism. Agar soliq to‘lovchi rudadan (konsentratlardan) metallarni ajratib olishni yoki qazib olingan uglevodorod xom ashyosini mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlashni amalga oshirsa, metallarni yoki uglevodorodlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar ularga keyinchalik ishlov berish, ularni qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda, ularni qayta ishlash mahsulotlarini realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanadi. Bunda, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida metallarga va uglevodorod xom ashyolariga ishlov berish hamda ularni qayta ishlash obyektlarini qurish xarajatlarini ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan kapital xarajatlar jumlasiga kiritish nazarda tutilgan bo‘lsa, metallar va uglevodorod xom ashyolarining ayrim turlari bo‘yicha ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadga ularni keyinchalik qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar kiritilishi mumkin. To‘rtinchi qism. Xarajatlar qilingan soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, realizatsiya qilish uchun yaroqli metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun zarur va yetarli bo‘lgan kapital hamda operatsion xarajatlar metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq xarajatlar deb e’tirof etiladi. Bunda kapital xarajatlar (shu jumladan asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni yaratish yoki olish, infratuzilmani yaratish va boshqa shunga o‘xshash maqsadlar uchun xarajatlar), agar ular yer qa’ri uchastkalaridan foydali qazilmalarni qazib olish huquqi uchun tegishli ruxsatnoma yoki litsenziya olingan yer qa’ri uchastkasini (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastka deb yuritiladi) o‘zlashtirishning texnologik shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu texnologik shartlarda nazarda tutilgan tartibda va normativlar doirasida hisobga olinadi. Beshinchi qism. Ushbu bo‘lim maqsadida operatsion xarajatlar deganda hujjatlar bilan tasdiqlangan va asoslantirilgan barcha xarajatlar tushuniladi, bunda ushbu xarajatlarni amalga oshirmay turib, metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olishga (ajratib olishga) va ularni birlamchi qayta ishlashga doir ishlab chiqarish jarayoni imkonsiz yoki qiyin bo‘ladi. Oltinchi qism. Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kiradi: Birinchi band. zarur xom ashyoni, materiallarni, issiqlik va boshqa energiya resurslarini sotib olishga; Ikkinchi band. inventarga, xo‘jalik buyumlariga, amortizatsiya qilinadigan mol-mulk bo‘lmagan boshqa mol-mulkka; Uchinchi band. soliq to‘lovchining texnologik, transportga oid, boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan yoqilg‘i, energiyaning barcha turlari, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun energiyaning barcha turlarini ishlab chiqish, shu jumladan soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan ishlab chiqish, shuningdek energiyani transformatsiya qilish va uzatish xarajatlari; To‘rtinchi band. litsenziyalar uchun haq va ijara to‘lovlarini to‘lashga; Beshinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish birinchi – uch yuz yetmish to‘rtinchi moddalarida nazarda tutilgan xodimlar (shu jumladan chet el tashkilotlarining jalb etilgan xodimlari) mehnatiga haq to‘lashga; Oltinchi band. qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan xarajatlarga; Yettinchi band. metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) operatsiyalari doirasida to‘langan soliqlar va yig‘imlarga haq to‘lashga; Sakkizinchi band. chetdan jalb qilingan yuridik yoki jismoniy shaxslar tomonidan bajarilgan ishlar va xizmatlarga haq to‘lashga. Yettinchi qism. Operatsion xarajatlar jumlasiga, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar kirmaydi: Birinchi band. amortizatsiyaga, shu jumladan investitsion chegirmaga (obyektning tugatish qiymati chegirilgan holda); Ikkinchi band. marketing va reklama tadbirlariga; Uchinchi band. ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga; To‘rtinchi band. yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki shunga o‘xshash boshqa organi) a’zolari, ma’muriy xodimlar va maslahatchilar mehnatiga haq to‘lashga; Beshinchi band. soliq to‘lovchining aybi bilan yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etishga; Oltinchi band. xodimlarning malakasini oshirishga, mobil aloqa va internetga; Yettinchi band. zaxiralarni tashkil etishga va sug‘urta qilishning ixtiyoriy turlariga; Sakkizinchi band. moliyaviy faoliyat bo‘yicha foizlarni yoki boshqa xarajatlarni, shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kiritilgan foizlarni to‘lashga. Sakkizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi metallarni va uglevodorod xom ashyolarini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha alohida investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida mazkur xarajatlar qilingan, soliq davrida chegirib tashlanishi lozim bo‘lgan, kapital va operatsion xarajatlar jumlasiga kiradigan xarajatlar ro‘yxatini to‘ldirishga haqli. To‘qqizinchi qism. Renta daromadini aniqlashda metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, xususan moliya bozorlaridagi operatsiyalardan, shu jumladan xedjirlash operatsiyalaridan olinadigan, shuningdek foizlar va dividendlar tarzidagi, shu jumladan kapital xarajatlar qiymatiga kapitalizatsiya qilinadigan foizlar tarzidagi daromadlar va xarajatlar hisobga olinmaydi. O‘ninchi qism. Renta daromadini aniqlash chog‘ida uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar ham hisobga olinmaydi, har qanday turdagi budjet subsidiyalari esa renta daromadiga kiritiladi. O‘n birinchi qism. Bir necha litsenziyalangan uchastkada metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi soliq to‘lovchi har bir bunday uchastkaga nisbatan renta daromadini alohida aniqlashi shart. Bunda soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning saksoninchi moddasi talablariga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob usulidan foydalangan holda, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart. O‘n ikkinchi qism. Bir necha litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyat, agar unda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalarni o‘zlashtirishning texnologik shartlarida metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) va (yoki) ularni keyinchalik qayta ishlash uchun yagona texnologik loyiha nazarda tutilgan bo‘lsa, litsenziyalangan bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirilishi mumkin (bundan buyon matnda litsenziyalangan uchastkalar guruhi deb yuritiladi). Bunda soliq to‘lovchi har bir litsenziyalangan uchastkada amalga oshirilayotgan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni bitta uchastkada amalga oshirilayotgan faoliyatga tenglashtirish to‘g‘risidagi qarorni unda litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxatini ko‘rsatgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bunday qarorni kelishishning qo‘shimcha shartlari va tartibini belgilashga haqli. Qarorda ko‘rsatilgan litsenziyalangan uchastkalar ro‘yxati unga qo‘shimcha uchastkalarni kiritish hisobiga kengaytirilishi mumkin emas. O‘n uchinchi qism. Soliq to‘lovchi ushbu moddaning o‘n ikkinchi qismida nazarda tutilgan qarorda ko‘rsatilgan, ilgari ro‘yxatga kiritilgan, litsenziyalangan uchastkada foydali qazilmalarni (metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini) qazib olish va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani (litsenziyani) qaytargan, undan o‘zganing foydasiga voz kechgan yoki uni sotgan taqdirda, bunday uchastka ushbu ro‘yxatdan chiqarilishi lozim, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar esa uning renta daromadini oshiradi. O‘n to‘rtinchi qism. Agar aktivlarni yaratishga (olishga) sarflangan xarajatlar kapital xarajatlar tarkibida hisobga olinib, ular keyinchalik boshqa shaxslarga realizatsiya qilinsa (berilsa) yoki ulardan qaysi litsenziyalangan uchastka uchun yaratilgan (olingan) bo‘lsa, o‘sha litsenziyalangan uchastka bilan bir texnologik loyihaga kiritilmagan boshqa litsenziyalangan uchastkalarda foydalanilsa, bunday realizatsiya qilishdan olingan daromadlar renta daromadini oshiradi. O‘n beshinchi qism. Soliq to‘lovchi renta daromadini har bir litsenziyalangan uchastkaga nisbatan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olgan kundan e’tiboran har bir soliq (hisobot) davri natijalari bo‘yicha mustaqil ravishda aniqlaydi. O‘n oltinchi qism. Renta daromadini aniqlash chog‘ida tarixiy xarajatlar ushbu Kodeksning to‘rt ming besh yuz qirq to‘rtinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida xarajatlar tarkibiga kiritiladi. O‘n yettinchi qism. Agar renta daromadini aniqlashda natija salbiy bo‘lib qolsa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlar va daromadlar o‘rtasidagi ijobiy farq renta zarari deb e’tirof etiladi. To‘rt ming besh yuz qirq to‘rtinchi modda. Soliq bazasi. Birinchi qism. Renta daromadining summasi soliq bazasi hisoblanadi, renta zarari mavjud bo‘lganda esa soliq bazasi nolga teng deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Soliq bazasi ushbu Kodeksning to‘rt ming besh yuz qirq uchinchi moddasida o‘ziga nisbatan renta daromadini aniqlash nazarda tutilgan yer qa’rining har bir litsenziyalangan uchastkasi (litsenziyalangan uchastkalar guruhi) bo‘yicha alohida hisoblab chiqariladi. Uchinchi qism. Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. To‘rtinchi qism. Metallarni va uglevodorod xom ashyosini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq bazasini AQSH dollarida aniqlash huquqiga ega. Beshinchi qism. Agar birinchi soliq davri yakunlariga ko‘ra renta zarari olingan bo‘lsa, soliq to‘lovchi bunday zarar miqdorini keyinchalik "jamg‘arilgan renta zarari" maxsus hisobvarag‘ida AQSH dollarida, ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilanadigan valyutaning o‘rtacha yillik almashuv kursi bo‘yicha hisobga olishga haqli. Bunda har bir keyingi soliq davrida ushbu hisobvaraqda hisobga olinadigan summa joriy yilning o‘ttiz birinchi dekabr holatiga ko‘ra AQSH dollarida nominatsiya qilingan, ikki foizlik punktga oshirilgan, to‘lanish muddati o‘n yil (ikki ming o‘ttiz birinchi yilgacha) bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalarining daromadliligidan kelib chiqib aniqlanadigan koeffitsiyentga oshiriladi. Oltinchi qism. Soliq davri uchun o‘rtacha yillik kurs soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining joriy soliq davrida birinchi yanvar va o‘ttiz birinchi dekabr uchun belgilangan kurslarini qo‘shish chog‘ida olingan summani ikki ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Yettinchi qism. Metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan kundan e’tiboran boshlanadigan soliq davri soliq to‘lovchi litsenziyalangan muayyan uchastkaga (litsenziyalangan uchastkalar guruhiga) nisbatan soliq bazasini aniqlashi shart bo‘lgan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Agar bunda ko‘rsatilgan ruxsatnoma (litsenziya) birinchi iyuldan keyin olingan bo‘lsa, metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanadan keyingi kalendar yilning o‘ttiz birinchi dekabriga qadar bo‘lgan vaqt ushbu litsenziyalangan uchastkaga nisbatan birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Sakkizinchi qism. Soliq to‘lovchi tarixiy xarajatlarni birinchi soliq davrining xarajatlariga kiritishga haqli. To‘qqizinchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olingan sanaga qadar haqiqatda amalga oshirilgan va tegishli litsenziyalangan uchastka bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, xususan, quyidagilarga doir xarajatlar tarixiy xarajatlar jumlasiga kiradi: Birinchi band. geologik o‘rganish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga va (yoki) metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun ruxsatnoma (litsenziya) olishga, shuningdek metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqini olishga; Ikkinchi band. yer qa’rini geologik jihatdan o‘rganishga; Uchinchi band. metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun tayyorgarlik ishlariga. O‘ninchi qism. Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan xarajatlarni amalga oshirish sanasi buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari qoidalariga muvofiq belgilanadi. O‘n birinchi qism. Agar yaratish (olish) xarajatlari kapital xarajatlar tarkibida hisobga olingan aktivlardan keyinchalik metallni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olishga (ajratib olishga) doir ishlab chiqarish jarayonida soliq to‘lovchi tomonidan bir yildan ortiq vaqt davomida foydalanilmasa, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan koeffitsiyent ularni olish xarajatlariga nisbatan qo‘llanilmaydi. O‘n ikkinchi qism. Agar soliq davri yakunlari bo‘yicha renta daromadi olingan bo‘lsa, soliq bazasi jamg‘arilgan renta zarari summasiga kamaytiriladi, renta daromadi jamg‘arilgan renta zararining to‘liq summasi o‘rnini qoplash uchun yetarli bo‘lmaganda esa - renta daromadi summasiga kamaytiriladi. Bunda jamg‘arilgan renta zarari summasi renta daromadini kamaytirishga qaratilgan summaga kamaytiriladi. O‘n uchinchi qism. Soliq davri renta daromadi bilan tugaganidan keyin soliq to‘lovchi kapital xarajatlarni amalga oshirgan va hisobot soliq davri yakunlari bo‘yicha renta zararini olgan hollarda, bu zarar "jamg‘arilgan renta zarari" maxsus hisobvarag‘iga kiritiladi va unga nisbatan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi. O‘n to‘rtinchi qism. Ushbu moddaning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda keyingi soliq davrida "jamg‘arilgan renta zarari" hisobvarag‘ida hisobga olinadigan summa ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan miqdorda koeffitsiyent bilan ham indeksatsiya qilinadi. O‘n beshinchi qism. Agar jamg‘arilgan renta zarari to‘langanidan va renta daromadi shakllanganidan keyin soliq to‘lovchida yangidan renta zarari yuzaga kelsa, ko‘rsatilgan zararning o‘rni mazkur moddaning o‘n ikkinchi - o‘n to‘rtinchi qismlarida belgilangan tartibga o‘xshash tartibda qoplanadi. O‘n oltinchi qism. Metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi bir yuridik shaxsdan boshqasiga o‘tkazilganda, sotilgan sanada birinchi yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan renta zararining qoldig‘i ushbu moddaning beshinchi qismida aniqlanadigan koeffitsiyent hisobga olingan holda ikkinchi yuridik shaxsga o‘tadi. O‘n yettinchi qism. Metallarni yoki uglevodorod xom ashyosini qazib olish (ajratib olish) huquqi uchun ruxsatnomaning (litsenziyaning) amal qilish davrida o‘rni qoplanmagan jamg‘arilgan renta zarari soliq to‘lovchiga kompensatsiya qilinmaydi. O‘n sakkizinchi qism. Soliq to‘lovchi renta daromadiga (renta zarariga) tegishli xarajatlari va daromadlarining hisobini yuritishi hamda ular bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishi, shuningdek majburiy auditdan o‘tkazish uchun qonunchilikda belgilangan muddatlarda har yili mazkur xarajatlar va daromadlarning auditini amalga oshirishi shart. To‘rt ming besh yuz qirq beshinchi modda. Soliq stavkalari. Birinchi qism. Minimal soliq stavkasi, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq bazasiga nisbatan yigirma besh foiz miqdorida belgilanadi. Ikkinchi qism. Yer qa’ri uchastkasidan geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanish yoki ahamiyatli tijorat salohiyatiga ega bo‘lgan, avval qidiruv o‘tkazilgan yer qa’ri uchastkasida alohida obyektlar bo‘yicha metallarni yoxud uglevodorod xom ashyosini qazib olish huquqi tanlov savdolariga qo‘yilganda, tanlov savdolarining tashkilotchisi yoki tanlov savdolarining ishtirokchilari soliq stavkasining oshirilgan miqdorini taklif qilishga haqli. Bunda soliq to‘lovchi soliqlarni oshirilgan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. To‘rt ming besh yuz qirq oltinchi modda. Soliq davri. Hisobot davri. Birinchi qism. Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. Ikkinchi qism. Yilning choragi hisobot davridir. To‘rt ming besh yuz qirq yettinchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. Birinchi qism. Soliq to‘lovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning to‘rt ming besh yuz qirq to‘rtinchi moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi bo‘yicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi. Ikkinchi qism. Soliq hisoboti soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq to‘lovchi tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: Uchinchi qism. renta zarari mavjud bo‘lgan davrda - yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning birinchi martidan kechiktirmay; To‘rtinchi qism. soliq bazasi mavjud bo‘lgan davrda - har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning birinchi martidan kechiktirmay. Beshinchi qism. Soliqni to‘lash har chorakda keyingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa hisobot davridan keyingi yilning birinchi martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Savol berish