Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq

XVIII BO‘LIM · 2 bob · 429 test · 14 tuzilish testi

64-bob · 449–454 moddalar

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Oltmish to‘rtinchi bob. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash. To‘rt yuz qirq to‘qqizinchi modda. Soliq to‘lovchilar. Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududida yer qa’ridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu bo‘limda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism bo‘yicha soliq to‘lovchilar bo‘lmaydi. To‘rt yuz ellikinchi modda. Soliq solish obyekti. Birinchi qism. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyekti quyidagilardir: Ikkinchi qism. agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi; Uchinchi qism. qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi qazib olish (ajratib olish), birlamchi ishlov berish, qayta ishlash va transportda tashishning butun texnologik sikli doirasida yuzaga keladigan texnologik yo‘qotishlar hajmini chegirgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida, bunday normalar mavjud bo‘lmaganda esa - soliq to‘lovchi tomonidan tasdiqlangan normalar doirasida aniqlanadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Beshinchi qism. Foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) va foydali qazilmalarga birlamchi ishlov berishning (ularni qayta ishlashning) texnologik sikli doirasidagi yo‘qotishlar texnologik yo‘qotishlar deb e’tirof etiladi, xususan: Oltinchi qism. foydali qazilmalarni qazib olish chog‘idagi yo‘qotishlar (bundan normadan ortiq yo‘qotishlar mustasno), shu jumladan ularning qoldiqlari (ajratib olib bo‘lmaydigan zaxiralari); Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Yettinchi qism. uglevodorodlarni dastlabki sanoat maqsadida qayta ishlash chog‘idagi yo‘qotishlar; Sakkizinchi qism. qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik sikl doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi. To‘qqizinchi qism. Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. O‘ninchi qism. Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi: O‘n birinchi qism. soliq to‘lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda shaxsiy xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan, keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxati qonunchilikda belgilanadi; O‘n ikkinchi qism. qonunchilikda belgilangan tartibda daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan realizatsiya qilingan foydali qazilmaning hajmi mustasno. To‘rt yuz ellik birinchi modda. Soliq bazasi. Birinchi qism. Soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga nisbatan aniqlanadi. Ikkinchi qism. Quyidagilar soliq bazasidir: Uchinchi qism. agar ushbu qismning uchinchi xatboshisida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma hajmining qiymati; To‘rtinchi qism. qazib olingan (ajratib olingan) qora, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarning, shuningdek noyob elementlarning va noyob yer elementlarining haqiqatda realizatsiya qilingan hajmi qiymati. Beshinchi qism. Agar ushbu moddaning to‘qqizinchi - o‘n birinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bazasi soliq (hisobot) davri boshlanganidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi va soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Oltinchi qism. Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma bo‘yicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo‘shilgan qiymat solig‘ini va aksiz solig‘ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo‘lish orqali alohida aniqlanadi. Yettinchi qism. Agar qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan shaxsiy ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun qisman foydalanilsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning butun hajmi hisobida, ushbu foydali qazilmaning o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Sakkizinchi qism. Soliq (hisobot) davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi soliq (hisobot) davrida foydali qazilmani realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. To‘qqizinchi qism. Foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) boshlanganidan buyon ular realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi soliq (hisobot) davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) yigirma foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq to‘lovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan birinchi hisobot davrida hisoblangan soliq summasiga hisobot davrida shakllangan o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart. O‘ninchi qism. Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmadan to‘laligicha shaxsiy ishlab chiqarish yoki xo‘jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning yigirma foizga oshirilgan ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. O‘n birinchi qism. Soliq to‘lovchi qazib olingan tabiiy gazni, neftni va (yoki) gaz kondensatini qayta ishlashni mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida amalga oshirgan hollarda, soliq bazasi ushbu foydali qazilmalardan olingan mahsulotlarni realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqqan, ularni keyinchalik qayta ishlash va transportda tashish uchun soliq to‘lovchi tomonidan qilingan xarajatlar chegirib tashlangan holda aniqlanadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘n ikkinchi qism. Agar ushbu Kodeksning to‘rt ming besh yuz o‘n birinchi moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib olishda soliq bazasi ushbu foydali qazilmalarni realizatsiya qilishning o‘rtacha olingan narxidan kelib chiqqan, keyinchalik ularni qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘n uchinchi qism. Ushbu moddaning to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlarida, shuningdek ushbu Kodeksning to‘rt ming besh yuz o‘n birinchi moddasida nazarda tutilgan foydali qazilmalarga nisbatan soliq bazasini aniqlash chog‘ida, qazib olingan foydali qazilmalarni transportda tashish va (yoki) qayta ishlash, shu jumladan ularni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida qayta ishlash bilan bog‘liq xarajatlar summasi soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlari bilan birgalikda aniqlanadi. Mazkur xarajatlarning summasi kalendar yil natijalariga ko‘ra shunga o‘xshash tartibda tuzatilishi mumkin. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘n to‘rtinchi qism. Foydali qazilmalarning ayrim turlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning to‘rt ming besh yuz o‘n birinchi moddasida belgilanadi. To‘rt yuz ellik bir bir modda. Metallarning ayrim turlarini qazib olish (ajratib olish) chog‘ida soliq bazasini aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari. Birinchi qism. Oltin, kumush, platina, palladiy, mis, rux, qo‘rg‘oshin va molibden (bundan buyon ushbu moddada metallar deb yuritiladi) bo‘yicha soliq bazasi ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibidagi har bir metallga nisbatan aniqlanadi. Ikkinchi qism. Metallarni qazib olish (ajratib olish) chog‘ida quyidagilar soliq bazasi bo‘ladi: Birinchi band. agar ushbu qismning ikkinchi bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, rudani (konsentratni) realizatsiya qilish chog‘ida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat rudaning (konsentratning) tarkibida mavjud bo‘lgan metall hajmiga nisbatan qo‘llaniladigan soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanadi; Ikkinchi band. oltin va misni realizatsiya qilish chog‘ida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat ruda, konsentrat va (yoki) qayta ishlashning yakuniy mahsuloti (tayyor mahsulot) tarkibida mavjud bo‘lgan metall hajmiga nisbatan qo‘llaniladigan soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlanmaydi. Bunda soliq to‘lovchi oltin va mis bo‘yicha soliq bazasini ushbu xarajatlarni chegirib tashlagan holda belgilashga haqli; Uchinchi band. mustaqil ravishda yoxud qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish asosida ajratib olingan kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qo‘rg‘oshinni yoki molibdenni realizatsiya qilish chog‘ida - qazib olingan (ajratib olingan) metallning haqiqatda realizatsiya qilingan qiymati, ushbu qiymat soliq (hisobot) davrida o‘rtacha arifmetik birja bahosi va o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi o‘rtasida olingan yuqoriroq narx bo‘yicha hisob-kitob qilinib, soliq to‘lovchi tomonidan ushbu metallni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va (yoki) transportda tashish uchun qilingan xarajatlar chegirib tashlanadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Uchinchi qism. Agar ajratib olingan kumush, platina, palladiy, rux, qo‘rg‘oshin yoki molibden rudadagi asosiy metall bo‘lmasa yoki ularni ajratib olish oltin va (yoki) mis ajratib olinayotgan (boyitilayotgan, qayta ishlanayotgan) ishlab chiqarish quvvatlarida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, soliq to‘lovchi soliq bazasini ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlarini chegirib tashlamagan holda aniqlashga haqli. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Kumushni, platinani, palladiyni, ruxni, qo‘rg‘oshinni yoki molibdenni ajratib olish chog‘ida ushbu metallar rudadagi asosiy metallar bo‘lsa, boshqa metallar, shu jumladan oltin va mis bo‘yicha soliq bazasi ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda aniqlanadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Beshinchi qism. Agar soliq to‘lovchi metallar bilan birga boshqa qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan nodir elementlarni va nodir yer elementlarini ajratib olayotgan bo‘lsa, boshqa metallar (elementlar) bo‘yicha soliq bazasi ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda, o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi bo‘yicha aniqlanadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Oltinchi qism. Agar soliq to‘lovchi rudadagi asosiy metallar bilan birga boshqa metallarni, shu jumladan texnogen chiqindilardan (chang, shlak, kek, shlam va boshqalardan) metallarni ajratib olsa, ushbu metallar (elementlar) bo‘yicha soliq solinadigan baza ularni keyinchalik qayta ishlash (eritish, affinaj) va transportda tashish xarajatlari chegirib tashlangan holda o‘rtacha olingan (o‘rtacha arifmetik birja) realizatsiya qilish bahosidan kelib chiqib aniqlanishi mumkin. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Yettinchi qism. Soliq (hisobot) davri uchun oltin, kumush, palladiy va platina bo‘yicha o‘rtacha arifmetik birja narxi soliq organlari tomonidan London qimmatli metallar bozori uyushmasining (London Bullion Market Association) ertalabki fiksingi asosida, boshqa metallar bo‘yicha esa London metallar birjasining (London Metal Exchange) ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Sakkizinchi qism. Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha arifmetik birja narxi narxlar qaysi valyutada belgilangan bo‘lsa, shu valyuta bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kursiga ko‘paytirilgan metallar narxlarini qo‘shishda hosil bo‘lgan summani ko‘rsatilgan narxlar belgilangan kunlar soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. To‘qqizinchi qism. Soliq (hisobot) davri uchun o‘rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda, ushbu Kodeks to‘rt yuz ellik birinchi moddasining to‘rtinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadi. O‘ninchi qism. Soliq organlari har oyda, soliq (hisobot) davridan keyingi oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmay, o‘zlari ushbu moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilgan har bir metall turi uchun o‘rtacha arifmetik birja narxini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi. To‘rt yuz ellik ikkinchi modda. Soliq stavkalari. Birinchi qism. Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Ikkinchi qism. T/r Uchinchi qism. Foydali qazilmalar guruhi To‘rtinchi qism. Soliq solish obyektining nomi Beshinchi qism. Soliq stavkalari, foizlarda Oltinchi qism. bir. Yettinchi qism. Energiya manbalari Sakkizinchi qism. Neft, tabiiy gaz, gaz kondensati To‘qqizinchi qism. o‘n O‘ninchi qism. Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha O‘n birinchi qism. besh O‘n ikkinchi qism. Yer ostiga joylashtirilgan gaz O‘n uchinchi qism. ikki butun olti O‘n to‘rtinchi qism. Ko‘mir, yonuvchi slanslar O‘n beshinchi qism. to‘rt O‘n oltinchi qism. ikki. O‘n yettinchi qism. Qimmatbaho metallar O‘n sakkizinchi qism. Oltin, kumush, palladiy, platina va platina guruhi, osmiy va boshqa qimmatbaho metallar O‘n to‘qqizinchi qism. yetti Yigirmanchi qism. uch. Yigirma birinchi qism. Rangli metallar Yigirma ikkinchi qism. Mis, qo‘rg‘oshin, rux, molibden, nikel, kobalt, qalay, surma, simob, aluminiy Yigirma uchinchi qism. yetti Yigirma to‘rtinchi qism. Boshqa rangli metallar Yigirma beshinchi qism. o‘n Yigirma oltinchi qism. to‘rt. Yigirma yettinchi qism. Radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari Yigirma sakkizinchi qism. Uran, toriy, radiy Yigirma to‘qqizinchi qism. sakkiz O‘ttizinchi qism. Volfram O‘ttiz birinchi qism. ikki butun yetti O‘ttiz ikkinchi qism. Reniy, selen, tellur, indiy, vismut, tantal, niobiy, berilliy, litiy, rubidiy, seziy, galiy, titan, sirkoniy, gafniy, talliy, kadmiy O‘ttiz uchinchi qism. sakkiz O‘ttiz to‘rtinchi qism. Lantan va lantanoidlar, ittriy, skandiy O‘ttiz beshinchi qism. sakkiz O‘ttiz oltinchi qism. Boshqa radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari O‘ttiz yettinchi qism. sakkiz O‘ttiz sakkizinchi qism. besh. O‘ttiz to‘qqizinchi qism. Nodir tosh xom ashyosi Qirqinchi qism. Feruza, listvenit, rodonit, zmeyevik, marmar yo‘l-yo‘l aqiq, kaxolong, yashma, xalsedon, aqiq, gematit va boshqa qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb-ziynat uchun toshlar xom ashyosi Qirq birinchi qism. o‘n Qirq ikkinchi qism. olti. Qirq uchinchi qism. Qora metallar Qirq to‘rtinchi qism. Temir Qirq beshinchi qism. ikki Qirq oltinchi qism. Titan, marganets, xrom, vanadiy va boshqa qora metallar Qirq yettinchi qism. to‘rt Qirq sakkizinchi qism. yetti. Qirq to‘qqizinchi qism. Kon-kimyo xom ashyosi Ellikinchi qism. Mineral pigmentlar Ellik birinchi qism. besh butun besh Ellik ikkinchi qism. Yod Ellik uchinchi qism. to‘rt butun sakkiz Ellik to‘rtinchi qism. Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral o‘g‘itlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xomashyosi Ellik beshinchi qism. uch butun besh, biroq olti besh yuz to‘qson bir Ellik oltinchi qism. so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan Ellik yettinchi qism. sakkiz. Ellik sakkizinchi qism. Kon-ruda xom ashyosi Ellik to‘qqizinchi qism. Eruvchan shpat, dala shpati xom ashyosi, kvars va kvarsit, kaolin (realizatsiya qilingan hajmi bo‘yicha), tabiiy grafit Oltmishinchi qism. yetti butun to‘qqiz Oltmish birinchi qism. Shisha xom ashyosi, kvars qum, brusit marmar Oltmish ikkinchi qism. uch Oltmish uchinchi qism. Talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xom ashyosi, felzit Oltmish to‘rtinchi qism. to‘rt Oltmish beshinchi qism. Serpentinit va boshqa kon-ruda xom ashyosi Oltmish oltinchi qism. besh Oltmish yettinchi qism. to‘qqiz. Oltmish sakkizinchi qism. Noruda qurilish materiallari Oltmish to‘qqizinchi qism. Sement xomashyosi, bundan sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh mustasno Yetmishinchi qism. besh Yetmish birinchi qism. Sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh Yetmish ikkinchi qism. yetti ming oltmish ikki so‘m/tonna* Yetmish uchinchi qism. Arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, ohaktosh-chig‘anoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat xomashyosi, travertin Yetmish to‘rtinchi qism. besh, biroq olti besh yuz to‘qson bir so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan Yetmish beshinchi qism. Tabiiy bezaktoshdan bloklar Yetmish oltinchi qism. besh, biroq o‘n yetti yuz so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan Yetmish yettinchi qism. Marmar Yetmish sakkizinchi qism. besh, biroq yigirma bir to‘rt yuz so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan Yetmish to‘qqizinchi qism. Granitlar Saksoninchi qism. besh, biroq o‘ttiz ikki yuz so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan Sakson birinchi qism. Gips toshi, gips va angidrid, ganch Sakson ikkinchi qism. besh, biroq o‘n yetti oltmish olti so‘m/tonnadan kam bo‘lmagan Sakson uchinchi qism. G‘isht-cherepitsa xomashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar Sakson to‘rtinchi qism. besh, biroq to‘rt to‘qqiz yuz qirq uch so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan Sakson beshinchi qism. Qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shag‘al aralashmasi** Sakson oltinchi qism. besh uch yuz ellik so‘m/kub.m dan kam bo‘lmagan Sakson yettinchi qism. Ohak ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktosh, farfor xomashyosi, keramzit xomashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qo‘shimchalar, magnetit-gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar Sakson sakkizinchi qism. besh Sakson to‘qqizinchi qism. o‘n. To‘qsoninchi qism. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar To‘qson birinchi qism. Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun soliq stavkasining ellik foizi To‘qson ikkinchi qism. * Belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha soliq sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek ularga sement xom ashyosi - ohaktoshni realizatsiya qiladigan soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadi. To‘qson uchinchi qism. ** Foyda solig‘ini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash maqsadida qum-shag‘al aralashmasini karyerda realizatsiya qilish bahosi bir kub metr uchun yigirma ming so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. To‘qson to‘rtinchi qism. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan ohaktoshdan tashqari) qat’iy belgilangan soliq stavkalariga bir butun uch baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqli. Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. To‘qson beshinchi qism. Agar ikki ming yigirma birinchi yilning birinchi sentabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga, agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin. Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. To‘qson oltinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari (bundan oltin, kumush, palladiy, mis va uran uchun belgilangan soliq stavkalari mustasno) ikki ming yigirma ikkinchi yil birinchi yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qa’ri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. To‘rt yuz ellik uchinchi modda. Soliq davri. Hisobot davri. Birinchi qism. Quyidagilar soliq davridir: Ikkinchi qism. yuridik shaxslar uchun - chorak; Uchinchi qism. jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil. To‘rtinchi qism. Quyidagilar hisobot davridir: Beshinchi qism. yuridik shaxslar uchun - bir oy; Oltinchi qism. jismoniy shaxslar uchun - kalendar yil. To‘rt yuz ellik to‘rtinchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. Birinchi qism. Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning to‘rt yuz ellik bir va to‘rt ming besh yuz o‘n birinchi moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi. Ikkinchi qism. Foydali qazilmalarning alohida turlari bo‘yicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam bo‘lmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Uchinchi qism. Soliq to‘lovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari bo‘yicha esa - qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: To‘rtinchi qism. yuridik shaxslar tomonidan - soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay; Beshinchi qism. jismoniy shaxslar tomonidan - yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning birinchi fevralidan kechiktirmay. Oltinchi qism. Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi: Yettinchi qism. yuridik shaxslar tomonidan - har oyda keyingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay; Sakkizinchi qism. jismoniy shaxslar tomonidan - soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘qqizinchi qism. XVIIIbir BO‘LIM. O‘ninchi qism. FOYDALI QAZILMALARNI QAZIB OLGANLIK UCHUN MAXSUS RENTA SOLIG‘I
Savol berish