Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

XVII BO‘LIM · 1 bob · 221 test · 0 tuzilish testi

63-bob · 441–448 moddalar

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Oltmish uchinchi bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash. To‘rt yuz qirq birinchi modda. Soliq to‘lovchilar. Birinchi qism. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni iste’mol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat: Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; Uchinchi qism. faoliyatini O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar; To‘rtinchi qism. suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar; Beshinchi qism. dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Oltinchi qism. Aholi punktlarining suv ta’minoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat o‘z ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. To‘rt yuz qirq ikkinchi modda. Soliq solish obyekti. Birinchi qism. Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir. Ikkinchi qism. Quyidagilar soliq solish obyekti bo‘lmaydi: Birinchi band. notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari; Ikkinchi band. sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; Uchinchi band. atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; To‘rtinchi band. shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa’riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; Beshinchi band. gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari; Oltinchi band. issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari; Yettinchi band. qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sho‘rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho‘rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari; Sakkizinchi band. kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari. Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda. To‘rt yuz qirq uchinchi modda. Soliq bazasi. Birinchi qism. Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir. To‘rt yuz qirq to‘rtinchi modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi. Birinchi qism. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv o‘lchagich asboblar ko‘rsatkichlari asosida aniqlanadi. Ikkinchi qism. Suvdan o‘lchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni iste’mol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sug‘orish normalaridan yoki ma’lumotlarning to‘g‘riligini ta’minlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Uchinchi qism. Soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmog‘idagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi bo‘yicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmog‘iga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining o‘n beshinchi yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu ma’lumotlarni soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkazishi lozim. To‘rtinchi qism. Issiq suv hamda bug' hosil qilinishi bo‘yicha soliq bazasi soliq to‘lovchi tomonidan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun o‘zi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Beshinchi qism. Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi. Oltinchi qism. Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq bazasini mustaqil ravishda aniqlaydi. Yettinchi qism. Soliq to‘lovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib ko‘rish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmining farqini solishtirish amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi. Sakkizinchi qism. Yuridik shaxslarning hududida ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq to‘lovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq to‘lamaydi. Ta’mirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar soliq to‘laydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonchasida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq to‘laydi. To‘qqizinchi qism. Suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini har yili joriy soliq davrining o‘ninchi dekabridan kechiktirmay, dehqon xo‘jaliklari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar bo‘yicha esa - suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga hisobot yilidan keyingi yilning yigirmanchi yanvaridan kechiktirmay taqdim etadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘ninchi qism. Dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq bazasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan ma’lumotlarga asosan soliq organlari tomonidan aniqlanadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘n birinchi qism. Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xo‘jaliklari soliq bazasini tabiiy va sun’iy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydilar. O‘n ikkinchi qism. Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning imkoni bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni iste’mol qilish sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari iste’molining normativlariga ko‘ra aniqlanadi. O‘n uchinchi qism. Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun ishlatadigan soliq to‘lovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi o‘rtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud bo‘lganda qo‘llaniladi. Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda. O‘n to‘rtinchi qism. Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, soliq bazasi qaysi faoliyat bo‘yicha soliq to‘lash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan bo‘lsa, o‘sha faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. O‘n beshinchi qism. Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan suvning hajmi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun soliq bazasi hisoblanadi. Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda iste’mol idishidagi tayyor mahsulotga to‘g‘ri keladigan suvning hajmi tushuniladi. O‘n oltinchi qism. Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil bo‘lgan bir necha turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyat turlari bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritishlari va tegishli soliq stavkalari bo‘yicha soliq to‘lashlari shart. Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda. To‘rt yuz qirq beshinchi modda. Soliq stavkalari. Birinchi qism. Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq o‘lchamda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Ikkinchi qism. T/r Uchinchi qism. Soliq to‘lovchilar va soliq solish obyektlari To‘rtinchi qism. bir kub metr uchun soliq stavkasi (so‘mda) Beshinchi qism. yer usti suv resurslari manbalari Oltinchi qism. yer osti suv resurslari manbalari Yettinchi qism. bir. Sakkizinchi qism. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan ikkinchi bandda ko‘rsatilganlar mustasno), shu jumladan sanoat korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar To‘qqizinchi qism. yetti yuz qirq to‘qqiz O‘ninchi qism. to‘qqiz yuz o‘n O‘n birinchi qism. ikki. O‘n ikkinchi qism. Elektr stansiyalari va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari O‘n uchinchi qism. yuz o‘n sakkiz O‘n to‘rtinchi qism. yuz qirq to‘rt O‘n beshinchi qism. uch. O‘n oltinchi qism. Qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘n yettinchi qism. yuz yetti O‘n sakkizinchi qism. yuz yetti O‘n to‘qqizinchi qism. to‘rt. Yigirmanchi qism. Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi Yigirma birinchi qism. o‘n olti ellik Yigirma ikkinchi qism. o‘n olti ellik Yigirma uchinchi qism. besh. Yigirma to‘rtinchi qism. Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi Yigirma beshinchi qism. qirq olti yuz oltmish Yigirma oltinchi qism. qirq olti yuz oltmish Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Yigirma yettinchi qism. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi bandida nazarda tutilgan soliq stavkasiga nisbatan: Yigirma sakkizinchi qism. suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - nol butun besh kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi; Yigirma to‘qqizinchi qism. suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - nol butun yetti kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi; O‘ttizinchi qism. baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanganda - nol butun yetti kamaytiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi; O‘ttiz birinchi qism. suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sug‘orish uchun olingan suv hajmi suv o‘lchash uskunalari asosida aniqlanmaganda - bir butun bir oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Izoh: bir ming oltmish ikki sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. O‘ttiz ikkinchi qism. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari: O‘ttiz uchinchi qism. soliq stavkasiga nisbatan nol butun yetti gacha kamaytiruvchi yoki bir butun besh gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga (bundan ushbu modda birinchi qismining ikki va uchinchi bandlari, shuningdek ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq to‘lovchilar mustasno); O‘ttiz to‘rtinchi qism. yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, lazerli tekislash lozim bo‘lgan sug‘oriladigan yerlari lazerli tekislanmagan taqdirda, ushbu yerlar uchun foydalaniladigan suv hajmi bo‘yicha soliq stavkalariga nisbatan bir butun ikki gacha oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llashga haqli. O‘ttiz beshinchi qism. E’tibor bering. to‘rt yuz qirq beshinchi modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining ikki ming yigirma beshinchi yil yigirma beshinchi dekabrdagi bir ming yuz sakkiz sonli Qonuni bilan ikki ming yigirma yettinchi yil birinchi yanvardan e’tiboran amalga kiritilishi belgilangan. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. O‘ttiz oltinchi qism. Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism bo‘yicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. O‘ttiz yettinchi qism. Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. O‘ttiz sakkizinchi qism. Yer osti suv manbalaridan suv o‘lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo‘jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga besh metr kubgacha bo‘lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Izoh: bir ming oltmish ikki sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. To‘rt yuz qirq oltinchi modda. Soliq davri. Birinchi qism. Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. To‘rt yuz qirq yettinchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi. Birinchi qism. Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Ikkinchi qism. Soliq organlari soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda quyidagilar uchun soliq summasini aniqlaydi: Uchinchi qism. dehqon xo‘jaliklari uchun; To‘rtinchi qism. qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun; Beshinchi qism. tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun; Oltinchi qism. birinchi oktabrga qadar qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun - qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish va baliqlarni yetishtirish (o‘stirish) uchun ular tomonidan avvalgi soliq davrida foydalanilgan suv hajmining yetmish foizi miqdorida. Avvalgi soliq davrida qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan foydalanilgan suvning hajmi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lmagan taqdirda, soliq summasi suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv iste’moli normativlari bo‘yicha aniqlanadi. Yettinchi qism. Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyi bo‘yicha soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi: Sakkizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari mustasno - hisobot davridan keyingi yilning birinchi martidan kechiktirmay; To‘qqizinchi qism. qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan - joriy soliq davrining o‘n beshinchi dekabridan kechiktirmay; O‘ninchi qism. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - soliq davridan keyingi yilning yigirmanchi yanvaridan kechiktirmay. O‘n birinchi qism. Qishloq xo‘jaligida, shu jumladan baliqchilik xo‘jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari "Suv hisobi" axborot tizimining va suv resurslari hisobini yurituvchi vakolatli organlarning ma’lumotlari asosida soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. O‘n ikkinchi qism. Soliq organlari soliq to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasini dehqon xo‘jaliklariga, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki, mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to‘lovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda soliq davridan keyingi yilning birinchi martidan kechiktirmay topshiradi. Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. To‘rt yuz qirq sakkizinchi modda. Soliq to‘lash tartibi. Birinchi qism. Soliq davri mobaynida soliq to‘lovchilar soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlarini to‘laydi, bundan qishloq xo‘jaligi korxonalari, O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar mustasno. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Ikkinchi qism. Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilar joriy soliq davrining yigirmanchi yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etadi. Soliq bo‘yicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq to‘lovchilar soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Uchinchi qism. Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan bo‘nak to‘lovlar: To‘rtinchi qism. soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar mustasno) - har oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida; Beshinchi qism. soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - har chorak uchinchi oyining yigirmanchi sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida to‘lanadi. Oltinchi qism. Soliq davri davomida mo‘ljallanayotgan soliq bazasi o‘zgarganda, soliq to‘lovchi soliq summasi to‘g‘risida aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun bo‘nak to‘lovlarga soliqning o‘zgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi. Yettinchi qism. Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar hisobga olingan holda soliqni to‘lash soliq to‘lovchilar tomonidan, bundan dehqon xo‘jaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi. Sakkizinchi qism. Soliq davri uchun bo‘nak to‘lovlar summasi soliq hisobotida ko‘rsatilgan budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasiga nisbatan o‘n foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq organi bo‘nak to‘lovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisob-kitob qiladi. To‘qqizinchi qism. Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan soliq davri uchun soliqni to‘lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: O‘ninchi qism. birinchi oktabrga qadar - soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining yetmish foizi; O‘n birinchi qism. o‘n beshinchi dekabrga qadar - soliqning qolgan summasi. O‘n ikkinchi qism. Dehqon xo‘jaliklari, shuningdek qishloq xo‘jaligi yerlariga hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan soliqni to‘lash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning birinchi mayidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Savol berish