Yer solig‘i
XVI BO‘LIM · 2 bob · 454 test · 17 tuzilish testi
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Oltmish ikkinchi bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i.
To‘rt yuz o‘ttiz uchinchi modda. Soliq to‘lovchilar.
Birinchi qism. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Ikkinchi qism. Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uchinchi qism. Uy-joy, yashash uchun mo‘ljallanmagan imoratlar va inshootlar meros bo‘yicha o‘tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi o‘tgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxo‘rlardan undiriladi.
To‘rt yuz o‘ttiz to‘rtinchi modda. Soliq solish obyekti.
Birinchi qism. Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir:
Birinchi band. jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Ikkinchi band. yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;
Izoh: yetti yuz yetmish besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Uchinchi band. jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
To‘rtinchi band. xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
Beshinchi band. meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
Oltinchi band. qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Yettinchi band. tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Ikkinchi qism. Ko‘p kvartirali uylar egallagan va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish obyekti bo‘lmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining yettinchi bandida ko‘rsatilgan yer uchastkalari va ko‘p kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari mustasno.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
To‘rt yuz o‘ttiz beshinchi modda. Soliq bazasi.
Birinchi qism. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari bo‘yicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.
Ikkinchi qism. Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha soliq bazasi ushbu Kodeks to‘rt yuz yigirma sakkizinchi moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymatidir. Bunda yer uchastkalarining normativ qiymati tegishincha tumanning (shaharning) sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlari uchun o‘rtacha hisobda aniqlanadi.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Uchinchi qism. Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari bo‘yicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari bo‘yicha soliq bazasi o‘z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi.
Beshinchi qism. Davlat ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga "tasarruf etish huquqisiz" belgisini qo‘ygan holda davlat orderi berilgan bo‘lsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha sotib olish to‘lovlarining to‘langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni.
Oltinchi qism. Bunda soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
Izoh: bir ming yuz yigirma ikki sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
To‘rt yuz o‘ttiz oltinchi modda. Soliq imtiyozlari.
Birinchi qism. Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
Birinchi band. "O‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Ikkinchi band. urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi;
Izoh: yetti yuz yetmish sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Uchinchi band. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Izoh: yetti yuz yetmish sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
To‘rtinchi band. yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Izoh: yetti yuz yetmish sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Beshinchi band. boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko‘p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir. Ushbu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Izoh: olti yuz qirq sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Oltinchi band. Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironligi bo‘lgan shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo‘ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati yuz kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uchun soliq summasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil davomida, quyosh panellari quvvatidan yigirma besh foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan oshmaydigan summaga kamaytiriladi. Ushbu imtiyoz energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan jismoniy shaxsning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaga asosan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan bitta yer uchastkasiga nisbatan faqat bir marotaba taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati bir kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Uchinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari, bundan beshinchi bandda ko‘rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organda ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining tanlovi bo‘yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Ushbu moddada ko‘rsatilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
To‘rt yuz o‘ttiz yettinchi modda. Soliq stavkalari.
Birinchi qism. Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari bir kv. m uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xo‘jaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari mustasno):
Ikkinchi qism. Respublika hududlari
Uchinchi qism. bir kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so‘mda)
To‘rtinchi qism. Toshkent shahri:
Beshinchi qism. bir zona
Oltinchi qism. ikki zona
Yettinchi qism. uch zona
Sakkizinchi qism. to‘rt zona
To‘qqizinchi qism. besh zona
O‘ninchi qism. bir sakkiz yuz ellik olti
O‘n birinchi qism. bir besh yuz yetmish to‘rt
O‘n ikkinchi qism. bir ikki yuz to‘qson
O‘n uchinchi qism. bir o‘n to‘rt
O‘n to‘rtinchi qism. yetti yuz yigirma besh
O‘n beshinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
O‘n oltinchi qism. uch yuz yetmish yetti
O‘n yettinchi qism. Andijon viloyati
O‘n sakkizinchi qism. to‘rt yuz oltmish uch
O‘n to‘qqizinchi qism. Buxoro viloyati
Yigirmanchi qism. uch yuz yetmish yetti
Yigirma birinchi qism. Jizzax viloyati
Yigirma ikkinchi qism. uch yuz yetmish yetti
Yigirma uchinchi qism. Qashqadaryo viloyati
Yigirma to‘rtinchi qism. uch yuz yetmish yetti
Yigirma beshinchi qism. Navoiy viloyati
Yigirma oltinchi qism. uch yuz yetmish yetti
Yigirma yettinchi qism. Namangan viloyati
Yigirma sakkizinchi qism. to‘rt yuz oltmish uch
Yigirma to‘qqizinchi qism. Samarqand viloyati
O‘ttizinchi qism. to‘rt yuz oltmish uch
O‘ttiz birinchi qism. Surxondaryo viloyati
O‘ttiz ikkinchi qism. uch yuz ellik uch
O‘ttiz uchinchi qism. Sirdaryo viloyati
O‘ttiz to‘rtinchi qism. ikki yuz to‘qson yetti
O‘ttiz beshinchi qism. Toshkent viloyati
O‘ttiz oltinchi qism. uch yuz to‘qson ikki
O‘ttiz yettinchi qism. Farg‘ona viloyati
O‘ttiz sakkizinchi qism. uch yuz to‘qson ikki
O‘ttiz to‘qqizinchi qism. Xorazm viloyati
Qirqinchi qism. uch yuz yetmish yetti
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Qirq birinchi qism. Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qirq ikkinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari nol butun besh dan ikki butun nol gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
Qirq uchinchi qism. tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa - ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nol butun yetti dan uch butun nol gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Qirq to‘rtinchi qism. Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili o‘ninchi yanvarga qadar taqdim etiladi.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Qirq beshinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan nol butun besh dan bir butun ikki gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llashga haqli.
Qirq oltinchi qism. Issiqxona xo‘jaliklari egallagan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan belgilangan stavkalarda to‘lanadi. Bunda mazkur yer uchastkalarining normativ qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Qirq yettinchi qism. Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan nol butun to‘qson besh foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks to‘rt yuz yigirma to‘qqizinchi moddasining o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi.
Izoh: bir ming yuz yigirma sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Qirq sakkizinchi qism. Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning to‘rt yuz o‘ttiz oltinchi moddasida ko‘rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Qirq to‘qqizinchi qism. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘lanadi.
Ellikinchi qism. Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to‘lanadi.
Ellik birinchi qism. Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.
Ellik ikkinchi qism. Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qo‘llaniladi.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
To‘rt yuz o‘ttiz sakkizinchi modda. Soliq davri.
Birinchi qism. Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
To‘rt yuz o‘ttiz to‘qqizinchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.
Birinchi qism. Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning ma’lumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha esa qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning ma’lumotlariga asosan, ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘ttiz beshinchi moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Soliq organlari har yili birinchi martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan to‘lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo‘ydirib yoki mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to‘lovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek to‘lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Uchinchi qism. Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o‘zgarganda va imtiyozlarga bo‘lgan huquq yuzaga kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur o‘zgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni qayta hisob-kitob qilishi hamda soliq to‘lovchiga soliq summasi va uni to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan yangi yoki qo‘shimcha to‘lov xabarnomasini taqdim etishi kerak.
To‘rtinchi qism. Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
To‘rt yuz qirqinchi modda. Soliq to‘lash tartibi.
Birinchi qism. Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e’tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadi.
Ikkinchi qism. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to‘lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran tugatiladi (kamaytiriladi).
Uchinchi qism. Soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo‘lgan huquq yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanmaydi. Soliq bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e’tiboran to‘lana boshlaydi.
To‘rtinchi qism. Soliq davri uchun soliqni to‘lash jismoniy shaxslar tomonidan o‘n beshinchi aprel va o‘n beshinchi oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
