Yer solig‘i
XVI BO‘LIM · 2 bob · 454 test · 17 tuzilish testi
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Oltmish birinchi bob. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i.
To‘rt yuz yigirma to‘rtinchi modda. Umumiy qoidalar.
Birinchi qism. Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga to‘lovlar yer solig‘i yoki yer uchun ijara to‘lovi tarzda amalga oshiriladi.
Ikkinchi qism. Tuman (shahar) hokimi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda doimiy foydalanish huquqiga ega bo‘lgan davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari bilan tuzilgan hamda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara to‘lovi yer solig‘iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi tatbiq etiladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uchinchi qism. Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig‘i to‘laydi.
To‘rt yuz yigirma beshinchi modda. Soliq to‘lovchilar.
Birinchi qism. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Ikkinchi qism. Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
Uchinchi qism. Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
To‘rt yuz yigirma oltinchi modda. Soliq solish obyekti.
Birinchi qism. Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo‘lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
Ikkinchi qism. Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:
Birinchi band. notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;
Ikkinchi band. aholi punktlarining, bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, shoxobcha yo‘llar, sug‘orish tarmoqlari, kollektorlar, sohil bo‘yi yerlari va boshqa shu kabi umumiy foydalanishdagi yerlar);
Uchinchi band. umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shu jumladan pulli avtomobil yo‘llari egallagan yerlar;
Izoh: bir ming yuz oltmish ikki sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
To‘rtinchi band. aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, istirohat bog‘lari, sayilgohlar, xiyobonlar, aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun belgilangan joylar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Beshinchi band. davlat qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo‘riqxonalarning (bundan ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo‘riqxonalar mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari;
Oltinchi band. sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar - tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika hamda davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yer uchastkalari;
Yettinchi band. rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar - aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari;
Sakkizinchi band. tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bog‘lari egallagan yer uchastkalari;
To‘qqizinchi band. gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
O‘ninchi band. yuridik shaxs balansida bo‘lgan va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
O‘n birinchi band. kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy, qurilish va boshqa chiqindilarni yig‘ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari);
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
O‘n ikkinchi band. ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalar egallagan yerlar, shuningdek ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari, bundan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari mustasno;
Izoh: yetti yuz yetmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
O‘n uchinchi band. suv fondi;
O‘n to‘rtinchi band. zaxiralar;
O‘n beshinchi band. geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlarini o‘tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari;
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n oltinchi band. "Mahalla servis" kompaniyalari egaligida bo‘lgan mahallalarni obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarish hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar ko‘rsatishga mo‘ljallangan binolar joylashgan yer uchastkalari;
Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
O‘n yettinchi band. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi muassisligida davlat muassasasi shaklida tuzilgan hududiy yaylov xo‘jaliklarining doimiy foydalanishdagi yaylov yerlari.
Izoh: bir ming yuz to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uchinchi qism. Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan yer uchastkalari xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ular ushbu bobda belgilangan tartibda soliq solish obyekti hisoblanadi.
To‘rt yuz yigirma yettinchi modda. Soliq bazasi.
Birinchi qism. Quyidagilar soliq bazasidir:
Ikkinchi qism. qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha - ushbu Kodeksning to‘rt yuz yigirma sakkizinchi moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni;
Uchinchi qism. qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha - ushbu Kodeksning to‘rt yuz yigirma sakkizinchi moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonunchilikka muvofiq aniqlangan normativ qiymati;
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. davlat ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mazkur obyekt egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchun soliq, agar mazkur obyektga "tasarruf etish huquqisiz" belgisini qo‘ygan holda davlat orderi berilgan bo‘lsa, yer uchastkasining xaridor tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha sotib olish to‘lovlarining to‘langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng maydoni.
Beshinchi qism. Bunda soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafig Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
Izoh: bir ming yuz yigirma ikki sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Oltinchi qism. Yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq to‘lovchiga o‘tgan bo‘lsa, soliq bazasi yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran kamaytiriladi.
Yettinchi qism. Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan e’tiboran kamaytiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq bekor qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq tugatilganidan keyingi oydan e’tiboran hisoblab chiqariladi (ko‘paytiriladi).
Sakkizinchi qism. Soliq to‘lovchi soliq to‘lash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkasi bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati bo‘lmaganda, soliq bazasi soliqni to‘lash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy sof tushum hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
To‘rt yuz yigirma sakkizinchi modda. Soliq imtiyozlari.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Birinchi qism. Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
Ikkinchi qism. madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy ta’minot obyektlari egallagan yerlar;
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Uchinchi qism. sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
Beshinchi qism. aholi punktlarining suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish inshootlari (magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, oqova suvlarni chiqarib yuborish kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar);
Izoh: to‘qqiz yuz ellik bir sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Oltinchi qism. magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
Yettinchi qism. ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota o‘rmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari; o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlar; o‘rmonlarning temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalari; cho‘l va chala cho‘l zonalaridagi o‘rmonlar; shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘lari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining ko‘kalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi o‘rmonlar; suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi o‘rmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi o‘rmonlar; alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘rmonlar;
Sakkizinchi qism. suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv iste’moli sohasidagi vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan yoki demontaj qilingan bo‘lsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi;
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
To‘qqizinchi qism. qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar - vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;
O‘ninchi qism. melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar - vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
O‘n birinchi qism. ilmiy tashkilotlarning, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan yerlar va o‘rmon fondining yerlari. Ushbu xatboshiga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi o‘tkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq to‘lashdan ozod qilinadi.
Izoh: bir ming yuz o‘ttiz bir sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
O‘n ikkinchi qism. qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari;
Izoh: yetti yuz sakson besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
O‘n uchinchi qism. qayta tiklanuvchi energiya manbalarining umumiy quvvati quyidagicha bo‘lgan alohida turuvchi qurilmalari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari:
O‘n to‘rtinchi qism. yuz kVtgacha - qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga, quyosh panellari quvvatidan yigirma besh foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa - ushbu panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil muddatga;
O‘n beshinchi qism. yuz kVt va undan ko‘proq - ular foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil muddatga.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
O‘n oltinchi qism. Yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yer uchastkalari (daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qat’i nazar) uchun besh yil muddatga ellik foizga kamaytirilgan soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lanadi. Bunda vakolatli organ tomonidan bog‘lar va tokzorlarni iqtisodiy jihatdan samarasiz va hosildorligi past deb topish to‘g‘risidagi xulosa berilgan kundan e’tiboran o‘n ikki oy ichida yangi bog‘lar va tokzorlar barpo etilmagan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkasi uch baravar miqdorda oshirilgan holda belgilanadi.
O‘n yettinchi qism. Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan soliq imtiyozi muddatini hisoblash kuzda yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun keyingi yilning birinchi yanvaridan e’tiboran, bahorda yangi o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy soliq davrining birinchi yanvaridan e’tiboran boshlanadi.
O‘n sakkizinchi qism. Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari bevosita mo‘ljallanilgan maqsadda foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘rt yuz yigirma to‘qqizinchi modda. Soliq stavkalari.
Birinchi qism. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida bir gektar uchun mutlaq o‘lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ikkinchi qism. Respublika hududlari
Uchinchi qism. bir gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so‘mda)
To‘rtinchi qism. Toshkent shahri:
Beshinchi qism. bir zona
Oltinchi qism. ikki zona
Yettinchi qism. uch zona
Sakkizinchi qism. to‘rt zona
To‘qqizinchi qism. besh zona
O‘ninchi qism. uch yuz o‘n to‘qqiz butun nol
O‘n birinchi qism. ikki yuz ellik to‘rt butun ikki
O‘n ikkinchi qism. yuz to‘qson olti butun olti
O‘n uchinchi qism. yuz o‘ttiz butun olti
O‘n to‘rtinchi qism. oltmish besh butun to‘qqiz
O‘n beshinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
O‘n oltinchi qism. qirq bir butun ikki
O‘n yettinchi qism. Andijon viloyati
O‘n sakkizinchi qism. ellik bir butun sakkiz
O‘n to‘qqizinchi qism. Buxoro viloyati
Yigirmanchi qism. qirq ikki butun to‘rt
Yigirma birinchi qism. Jizzax viloyati
Yigirma ikkinchi qism. qirq ikki butun to‘rt
Yigirma uchinchi qism. Qashqadaryo viloyati
Yigirma to‘rtinchi qism. qirq ikki butun to‘rt
Yigirma beshinchi qism. Navoiy viloyati
Yigirma oltinchi qism. qirq ikki butun to‘rt
Yigirma yettinchi qism. Namangan viloyati
Yigirma sakkizinchi qism. ellik bir butun sakkiz
Yigirma to‘qqizinchi qism. Samarqand viloyati
O‘ttizinchi qism. ellik bir butun sakkiz
O‘ttiz birinchi qism. Surxondaryo viloyati
O‘ttiz ikkinchi qism. o‘ttiz yetti butun yetti
O‘ttiz uchinchi qism. Sirdaryo viloyati
O‘ttiz to‘rtinchi qism. o‘ttiz bir butun sakkiz
O‘ttiz beshinchi qism. Toshkent viloyati
O‘ttiz oltinchi qism. qirq uch butun besh
O‘ttiz yettinchi qism. Farg‘ona viloyati
O‘ttiz sakkizinchi qism. qirq uch butun besh
O‘ttiz to‘qqizinchi qism. Xorazm viloyati
Qirqinchi qism. qirq ikki butun to‘rt
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Qirq birinchi qism. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qirq ikkinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari nol butun besh dan ikki butun nol gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
Qirq uchinchi qism. tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa - ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nol butun yetti dan uch butun nol gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko‘cha kesimida kiritadi.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Qirq to‘rtinchi qism. Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili o‘ninchi yanvarga qadar taqdim etiladi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to‘lovchilarga ma’lumot uchun yetkazishlari kerak.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Qirq beshinchi qism. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan nol butun to‘qson besh foiz miqdorda belgilanadi.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Qirq oltinchi qism. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida har yili birinchi mayga qadar maqbul ekin ekilmaganligi to‘g‘risida ushbu Kodeks yuz o‘ttiz uchinchi moddasining to‘rtinchi qismiga binoan taqdim etilgan axborotga asosan mazkur yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig‘i stavkasi uch baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanadi.
Izoh: bir ming yuz yigirma sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Qirq yettinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan nol butun besh dan bir butun ikki gacha bo‘lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashga haqli.
Qirq sakkizinchi qism. Issiqxona xo‘jaliklari egallagan yerlar uchun soliq qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga nisbatan belgilangan stavkalarda to‘lanadi. Bunda mazkur yer uchastkalarining normativ qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Qirq to‘qqizinchi qism. Qishloq xo‘jaligi korxonalari balansida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan binolar va inshootlar joylashgan yerlar (bundan ijara huquqi asosida foydalanilayotgan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan obyektlar mustasno) uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan nol butun ikki koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Ellikinchi qism. Yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo‘lgan va xodimlar umumiy sonining kamida ellik foizini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida ellik foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga nol butun bir koeffitsiyent qo‘llaniladi.
Izoh: bir ming yuz to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Ellik birinchi qism. Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga nol butun qirq sakkiz koeffitsiyent qo‘llaniladi:
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ellik ikkinchi qism. elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
Ellik uchinchi qism. umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko‘rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
Ellik to‘rtinchi qism. umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, shu jumladan tuproq ko‘tarmasi, sun’iy inshootlar, liniya-yo‘l binolari, temir yo‘l aloqasi hamda elektr ta’minoti qurilmalari, inshootlar va yo‘l qurilmalaridan iborat temir yo‘l stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
Ellik beshinchi qism. magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yong‘inga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o‘xshash inshootlar band etgan yerlar;
Ellik oltinchi qism. samolyotlarning uchish-qo‘nish maydonlari, yerda boshqarish yo‘lkalari va to‘xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
Ellik yettinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar - qurilishning normativ muddati davrida;
Ellik sakkizinchi qism. konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar - ularning konservatsiyasi davrida.
Ellik to‘qqizinchi qism. Ushbu moddaning sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari belgilangan tartibda yuridik shaxslarga ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qo‘llaniladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Oltmishinchi qism. Bunda ushbu modda to‘qqizinchi qismining ikkinchi - beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari bo‘yicha o‘rtacha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan nol butun qirq sakkiz koeffitsiyent qo‘llaniladi. Har bir tuman va shahar bo‘yicha o‘rtacha soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili beshinchi yanvarga qadar soliq to‘lovchilar e’tiboriga yetkaziladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Oltmish birinchi qism. Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo‘lgan bonitent balidan kelib chiqkan holda to‘lanadi.
Oltmish ikkinchi qism. Qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o‘tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligi yerlarining normativ qiymati bo‘yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to‘lanadi.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Oltmish uchinchi qism. Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi, shuningdek qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar mazkur yer uchastkalarida qurilish tugallanguniga qadar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Oltmish to‘rtinchi qism. Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
Oltmish beshinchi qism. Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to‘rt baravari miqdorida belgilanadi.
Oltmish oltinchi qism. Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan nol butun bir koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa - nol butun besh koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi.
Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Oltmish yettinchi qism. Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan nol butun uch koeffitsiyent qo‘llanilgan holda to‘lanadi, bundan ushbu moddaning o‘n yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rt yuz o‘ttizinchi modda. Soliq davri.
Birinchi qism. Kalendar yil soliq davridir.
To‘rt yuz o‘ttiz birinchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi.
Birinchi qism. Soliq har bir soliq davrining birinchi yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:
Ikkinchi qism. qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha - joriy soliq davrining yigirmanchi yanvaridan kechiktirmay;
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Uchinchi qism. qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha - joriy soliq davrining birinchi mayidan kechiktirmay.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning to‘rt yuz yigirma yettinchi moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Beshinchi qism. Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida o‘zgarish bo‘lganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Oltinchi qism. Soliq davri mobaynida qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida o‘zgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlari bo‘yicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning birinchi dekabriga qadar taqdim etadi.
Yettinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz yigirma oltinchi moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining yigirmanchi yanvaridan kechiktirmay mazkur obyektlarning joylashgan yeri bo‘yicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan yer uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Sakkizinchi qism. Ko‘p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha soliq turar joy bo‘lmagan ko‘chmas mulk obyektining qavatlar soniga bo‘lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
To‘rt yuz o‘ttiz ikkinchi modda. Soliqni to‘lash tartibi.
Birinchi qism. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
Ikkinchi qism. aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun ' yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining yigirmanchi sanasidan kechiktirmay;
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Uchinchi qism. aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun - yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning o‘ninchi sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun yigirmanchi yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Soliq davri davomida soliq to‘lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Beshinchi qism. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
Oltinchi qism. hisobot yilining birinchi sentabriga qadar - yillik soliq summasining o‘ttiz foizi;
Yettinchi qism. hisobot yilining birinchi dekabriga qadar - soliqning qolgan summasi.
