Mol-mulk solig‘i
XV BO‘LIM · 2 bob · 376 test · 14 tuzilish testi
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Oltmishinchi bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i.
To‘rt yuz o‘n sakkizinchi modda. Soliq to‘lovchilar.
Birinchi qism. Mulkida ushbu Kodeksning to‘rt yuz o‘n to‘qqizinchi moddasiga muvofiq soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki bo‘lgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb e’tirof etiladi.
Ikkinchi qism. Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni bo‘lmasa, shuningdek ko‘chmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida bo‘lsa, o‘sha shaxs soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.
To‘rt yuz o‘n to‘qqizinchi modda. Soliq solish obyekti.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
Birinchi band. uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
Ikkinchi band. tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari;
Uchinchi band. qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar.
Ikkinchi qism. Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran yigirma to‘rt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
To‘rtinchi band. ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
To‘rt yuz yigirmanchi modda. Soliq bazasi.
Birinchi qism. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.
Ikkinchi qism. Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi:
Uchinchi qism. ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n to‘qqizinchi moddasining bir, uch va to‘rtinchi bandlarida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha - qirq ikki million so‘mdan kam bo‘lishi mumkin emas;
To‘rtinchi qism. ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n to‘qqizinchi moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan obyektlarning bir kv. metri bo‘yicha - ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n ikkinchi moddasi birinchi qismi birinchi bandining to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas. Bunda ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n ikkinchi moddasi birinchi qismi birinchi bandining yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari qoidalari ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n to‘qqizinchi moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan obyektlarga nisbatan ham tatbiq etiladi;
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Beshinchi qism. davlat ko‘chmas mulk obyektini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olgan xaridorga mol-mulk solig‘i, agar mazkur obyekt uchun unga "tasarruf etish huquqisiz" belgisini qo‘ygan holda davlat orderi berilgan bo‘lsa, obyektning xaridor tomonidan mazkur obyekt bo‘yicha sotib olish to‘lovlarining to‘langan qismiga mutanosib ravishdagi ulushga (foizga) teng o‘rtacha yillik qoldiq qiymati.
Oltinchi qism. Bunda soliqlar davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash grafigiga amal qilgan holda undiriladi. Ushbu grafik Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasiga axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
Izoh: bir ming yuz yigirma ikki sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Yettinchi qism. Ushbu modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi qoidalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun berilgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Sakkizinchi qism. Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash bo‘yicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida - ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan summaning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa - ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
To‘qqizinchi qism. Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti bo‘yicha soliq to‘lovchi bo‘lgan taqdirda, soliq bazasi har bir obyekt bo‘yicha alohida hisoblab chiqiladi.
To‘rt yuz yigirma birinchi modda. Soliq imtiyozlari.
Birinchi qism. Quyidagilarning mulkida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
Birinchi band. "O‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
Ikkinchi qism. Mazkur imtiyoz tegishincha "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Ikkinchi band. urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Uchinchi qism. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi.
Izoh: yetti yuz yetmish sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Uchinchi band. sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari).
To‘rtinchi qism. Ushbu imtiyoz "Halok bo‘lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" yoki "Ichki ishlar organlari halok bo‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)", "O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi halok bo‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" shtampi qo‘yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Beshinchi qism. Agar mazkur shaxslar pensioner bo‘lmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli organlari va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi.
Oltinchi qism. Tegishincha sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi.
Izoh: yetti yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
Beshinchi band. yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular yigirma uch yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Yettinchi qism. Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
Birinchi band. o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Ikkinchi band. pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
Uchinchi band. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
Sakkizinchi qism. Uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarida umumiy quvvati yuz kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uchun soliq summasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil davomida, quyosh panellari quvvatidan yigirma besh foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to‘plash tizimi mavjud bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilganda esa mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e’tiboran o‘n yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmaydigan summaga kamaytiriladi. Ushbu imtiyoz energiya ta’minoti tashkiloti tomonidan jismoniy shaxsning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishi to‘g‘risida berilgan ma’lumotnomaga asosan uy-joy fondining bitta ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan faqat bir marotaba taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati bir kVtdan ortiq bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o‘rnatilgan taqdirda qo‘llaniladi.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘qqizinchi qism. Ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
O‘ninchi qism. Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno.
Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
To‘rt yuz yigirma ikkinchi modda. Soliq stavkalari. Soliq davri.
Birinchi qism. Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ikkinchi qism. T/r
Uchinchi qism. Soliq solish obyektlari
To‘rtinchi qism. Soliq stavkalari, foizlarda
Beshinchi qism. bir.
Oltinchi qism. Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni ikki yuz kv.m gacha bo‘lganlarini qo‘shib hisoblaganda), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
Yettinchi qism. nol butun o‘ttiz olti
Sakkizinchi qism. ikki.
To‘qqizinchi qism. Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:
O‘ninchi qism. ikki yuz kv.m dan ortiq va besh yuz kv.m gacha bo‘lgan
O‘n birinchi qism. nol butun qirq sakkiz
O‘n ikkinchi qism. besh yuz kv.m dan ortiq bo‘lgan
O‘n uchinchi qism. nol butun oltmish to‘rt
O‘n to‘rtinchi qism. uch.
O‘n beshinchi qism. Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni ikki yuz kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari
O‘n oltinchi qism. nol butun qirq sakkiz
O‘n yettinchi qism. to‘rt.
O‘n sakkizinchi qism. Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromadlar olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari
O‘n to‘qqizinchi qism. bir butun besh
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yigirmanchi qism. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qo‘llaniladi.
Yigirma birinchi qism. Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari o‘rnatilgan soliq stavkalariga nol butun yetti dan bir butun uch gacha bo‘lgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
Yigirma ikkinchi qism. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu modda birinchi qismining birinchi – uchinchi bandlarida belgilangan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.
Yigirma uchinchi qism. Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi uch foiz miqdorida belgilanadi.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Yigirma to‘rtinchi qism. Kalendar yil soliq davridir.
To‘rt yuz yigirma uchinchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Birinchi qism. Soliqni hisoblab chiqarish soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan:
Ikkinchi qism. ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n to‘qqizinchi moddasining bir, uch va to‘rtinchi bandlarida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari asosida;
Uchinchi qism. ushbu Kodeks to‘rt yuz o‘n to‘qqizinchi moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha - ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organning ma’lumotlari hamda ushbu Kodeks to‘rt yuz yigirmanchi moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi va uchinchi qismi asosida amalga oshiriladi.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Soliq summasi birinchi yanvar holatiga ko‘ra ushbu Kodeksning to‘rt yuz yigirmanchi moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Beshinchi qism. Soliq to‘lovchi tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun mo‘ljallangan, yashash uchun mo‘ljallanmagan ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yerdagi soliq organlariga baholovchi tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan, shu jumladan o‘tgan ikki yil ichida o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalarini (mavjud bo‘lgan taqdirda), shuningdek qonunchilikda belgilangan eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini taqdim etishga haqli.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
Oltinchi qism. Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki bo‘lgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda to‘lanadi.
Yettinchi qism. Mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga o‘tgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning birinchi yanvaridan e’tiboran u mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqini yo‘qotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
Sakkizinchi qism. Yangi imoratlar, binolar va inshootlar bo‘yicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
To‘qqizinchi qism. Meros bo‘yicha o‘tgan mol-mulk uchun soliq merosxo‘rda mulk huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to‘lanadi.
O‘ninchi qism. Soliq solish obyekti yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yo‘q qilingan, vayron bo‘lgan yoki buzib tashlangan oydan e’tiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan yo‘q qilinganlik, vayron bo‘lganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Izoh: bir ming yuz to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
O‘n birinchi qism. Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga bo‘lgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan e’tiboran amalga oshiriladi.
O‘n ikkinchi qism. Soliqni to‘lash to‘g‘risidagi to‘lov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga imzo qo‘ydirilgan holda yoki mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to‘lovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek to‘lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili birinchi martdan kechiktirmay topshiriladi.
Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda.
O‘n uchinchi qism. Soliq davri uchun soliqni to‘lash teng ulushlarda o‘n beshinchi aprelga va o‘n beshinchi oktabrga qadar amalga oshiriladi.
