Yig‘imlar

XIX BO‘LIM · 1 bob · 77 test · 0 tuzilish testi

65-bob · 455–460 moddalar

Yig‘imlar

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Oltmish beshinchi bob. Yig‘imlar. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rt yuz ellik beshinchi modda. Yig‘imlarning turlari. Birinchi qism. Yig‘imlar jumlasiga quyidagilar kiradi: Birinchi band. chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im; O‘n birinchi band. yuk ko‘tarish quvvati o‘n tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im; Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Ikkinchi band. alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar, jumladan: Ikkinchi qism. alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘im; Uchinchi qism. umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘im; Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi band. pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im; To‘rtinchi band. tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im. Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rt yuz ellik oltinchi modda. Soliq to‘lovchilar. Birinchi qism. Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Yuk ko‘tarish quvvati o‘n tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining egalari ushbu vositalarning avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Uchinchi qism. Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish korxonalari hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish boshlanganligi haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Beshinchi qism. Tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik haqida vakolatli davlat organi xabardor qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imning soliq to‘lovchilari deb e’tirof etiladi. Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. To‘rt yuz ellik yettinchi modda. Soliq solish obyekti. Birinchi qism. Quyidagilar yig‘imlarning soliq solish obyektidir: Ikkinchi qism. chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi va uning hududi orqali tranziti; Uchinchi qism. yuk ko‘tarish quvvati o‘n tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari. To‘rtinchi qism. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliq solish obyekti jumlasiga quyidagilar kirmaydi: Birinchi band. karyerlar hududida ishlaydigan og‘ir yuk ko‘taradigan avtosamosvallar; Ikkinchi band. avtokranlar; Uchinchi band. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tasarrufidagi avtotransport vositalari. Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. To‘rt yuz ellik sakkizinchi modda. Soliq bazasi. Birinchi qism. Quyidagilar yig‘imlarning soliq bazasi hisoblanadi: Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida yoki uning hududi orqali tranzit o‘tayotganida - chet davlatlarning avtotransport vositalari; Uchinchi qism. yuk ko‘tarish quvvati o‘n tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari. Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rt yuz oltmishinchi modda. Yig‘imlarni to‘lash tartibi. Birinchi qism. Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘im chet davlatning avtotransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirayotganda yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida undiriladi. Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Ikkinchi qism. Yuk ko‘tarish quvvati o‘n tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im qonunchilikda belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi va hududiy transport boshqarmalari tomonidan undiriladi. Bunda to‘langan yig‘im yuk avtotransporti vositalari va tirkamalariga avtomobil yo‘llari bo‘ylab bir yil davomida harakatlanish huquqini beradi. Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Uchinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz ellik beshinchi moddasining ikki, uch va to‘rtinchi bandlarida nazarda tutilgan yig‘imlar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish boshlanganligi to‘g‘risida tegishincha xabarnoma yuborilgan paytdan e’tiboran to‘lanadi. Bunda xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasiga qadar yuborilganda yig‘im mazkur oy uchun to‘liq hajmda, xabarnoma joriy oyning yigirmanchi sanasidan keyin yuborilganda esa keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab hisoblab chiqariladi. Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Agar alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, shu jumladan umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish bir nechta statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlari orqali amalga oshirilsa, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsuloti bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlar belgilangan stavkalar doirasida statsionar savdo va (yoki) umumiy ovqatlanish punktlarining soniga, shuningdek ularning har biri joylashgan hudud o‘lchamlariga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi hamda undiriladi. Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Beshinchi qism. Alkogol mahsulotlari yoki pivo va pivo ichimliklari yoxud tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish faoliyati to‘xtatib turilganda yoki tugatilganda yig‘imni hisoblab chiqarish keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to‘xtatib turiladi. Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Oltinchi qism. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im har oyda oldindan to‘lov tarzida, joriy oyning o‘ninchi sanasiga qadar to‘lanadi. Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Yettinchi qism. Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish yoki tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun undiriladigan yig‘imlar qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadi. Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Savol berish