Ijtimoiy soliq

XIV BO‘LIM · 1 bob · 163 test · 0 tuzilish testi

58-bob · 402–409 moddalar

Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Ellik sakkizinchi bob. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash. To‘rt yuz ikkinchi modda. Soliq to‘lovchilar. Birinchi qism. Ijtimoiy soliqni soliq to‘lovchilari (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq to‘lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e’tirof etiladi: Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; Uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari; To‘rtinchi qism. ushbu Kodeksning to‘rt yuz sakkiz va to‘rt yuz to‘qqizinchi moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq to‘laydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari. To‘rt yuz uchinchi modda. Soliq solish obyekti. Birinchi qism. Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to‘lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo‘limda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir. Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxsga to‘lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir. Uchinchi qism. Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir. To‘rtinchi qism. Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi: Beshinchi qism. ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi yoki sog‘ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks uch yuz oltmish to‘qqizinchi moddasi ikkinchi qismining o‘ninchi bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari; Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Oltinchi qism. paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar; Yettinchi qism. "Mahalla servis" kompaniyalarining mahallalarni obod qilish bilan bog‘liq ishlarni bajarayotgan hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar ko‘rsatayotgan xodimlariga mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlari. Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. To‘rt yuz to‘rtinchi modda. Soliq bazasi. Birinchi qism. Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning uch yuz yetmish birinchi moddasiga muvofiq to‘lanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq to‘lash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Uchinchi qism. Ushbu Kodeks to‘rt yuz uchinchi moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga to‘lanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta’minlash yuzasidan xizmatlar ko‘rsatishga doir shartnoma bo‘yicha xarajatlar umumiy summasining to‘qson foizidan kam bo‘lmagan summada belgilanadi. To‘rt yuz beshinchi modda. Soliq stavkalari. Birinchi qism. Soliq stavkalari, agar ushbu Kodeksning to‘rt yuz sakkizinchi moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi: Ikkinchi qism. T/r Uchinchi qism. Soliq to‘lovchilar To‘rtinchi qism. Soliq stavkalari, foizlarda Beshinchi qism. bir. Oltinchi qism. Soliq to‘lovchilar, bundan ikkinchi – to‘rtinchi bandlarda nazarda tutilganlar mustasno Yettinchi qism. o‘n ikki Sakkizinchi qism. ikki. To‘qqizinchi qism. Budjet tashkilotlari O‘ninchi qism. yigirma besh O‘n birinchi qism. uch. O‘n ikkinchi qism. "SOS - O‘zbekiston Bolalar mahallalari" uyushmalari O‘n uchinchi qism. yetti O‘n to‘rtinchi qism. to‘rt. O‘n beshinchi qism. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi bo‘lgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq to‘lovchilar O‘n oltinchi qism. to‘rt butun yetti O‘n yettinchi qism. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin. To‘rt yuz oltinchi modda. Soliq davri. Hisobot davri. Birinchi qism. Kalendar yil soliq davridir. Ikkinchi qism. Yil oyi hisobot davridir. To‘rt yuz yettinchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. Birinchi qism. Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi. Ikkinchi qism. Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar bo‘yicha soliqni to‘lash majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi. To‘rtinchi qism. Soliq hisoboti soliq to‘lovchi tomonidan soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa - keyingi yilning o‘n beshinchi fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Beshinchi qism. Soliqni to‘lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. To‘rt yuz sakkizinchi modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari. Birinchi qism. Soliq, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar: Izoh: sakkiz yuz qirq yetti sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Birinchi band. yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda; Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Uchinchi band. faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan: Ikkinchi qism. yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi tomonidan - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda; Uchinchi qism. oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) - oyiga bazaviy hisoblash miqdorining ellik foizi miqdorida majburiy tartibda to‘lanadi/ Izoh: sakkiz yuz qirq yetti sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida: Beshinchi qism. o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar; Oltinchi qism. shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida band bo‘lgan yoki mazkur maydonda chorvachilik (qoramol, qo‘ylar, echkilar, otlar va boshqalar), issiqxona xo‘jaligi, parrandachilik (tovuqlar, bedanalar, kurkalar, g‘ozlar, o‘rdaklar), quyonchilik, asalarichilik, baliqchilik, bog‘dorchilik, limonchilik, gulchilik bilan shug‘ullanayotgan shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining egalari yoki ularning oila a’zolari bo‘lgan fuqarolar tomonidan (ularga tegishli tomorqa yer uchastkasining maydonidan yoki ular tomonidan parvarish qilinayotgan uy hayvonlari va parrandalarning sonidan qat’i nazar); Yettinchi qism. dehqon xo‘jaligining a’zolari (bundan dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mustasno) va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar; Sakkizinchi qism. mehnat shartnomasi asosida chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; To‘qqizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va boshqa tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan (ochilgan) savdo uylarida, vakolatxonalarda (shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan), tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari; O‘ninchi qism. ishlamaydigan eri (xotini) uchun soliq to‘lovini amalga oshiruvchi ishlayotgan fuqarolar tomonidan ixtiyoriy tartibda soliq to‘lanadi. O‘n birinchi qism. Mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida: O‘n ikkinchi qism. "Hunarmand" uyushmasining a’zosi bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlari; O‘n uchinchi qism. "Usta-shogird" maktablari o‘quvchilari - ular yigirma besh yoshga to‘lguniga qadar ishlagan davrda; O‘n to‘rtinchi qism. dehqon xo‘jaligi boshlig‘i; O‘n beshinchi qism. yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan majburiy tartibda soliq to‘lanadi. Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. O‘n oltinchi qism. Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo‘lgan "Hunarmand" uyushmasining a’zolari soliq to‘lashdan ozod etiladi, ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan, yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan qolgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida ellik foizini tashkil etishi kerak. Mazkur imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi. Imtiyozlarga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan yoki tugatilgan taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq yuzaga kelgan yoki tugatilgan oydan e’tiboran amalga oshiriladi. Izoh: sakkiz yuz qirq yetti sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. O‘n yettinchi qism. Soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi: O‘n sakkizinchi qism. ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan - har oyda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay; O‘n to‘qqizinchi qism. ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan - hisobot yilining o‘ttiz birinchi dekabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Izoh: bir ming o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Yigirmanchi qism. Yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila a’zolari tomonidan soliqni to‘lash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiriladi. Yigirma birinchi qism. Soliqni to‘lash majburiyati: Yigirma ikkinchi qism. yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolari uchun - oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosining; Yigirma uchinchi qism. yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun - ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi. Izoh: sakkiz yuz qirq yetti sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Yigirma to‘rtinchi qism. To‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq to‘lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va to‘lov kiritilayotgan davr ko‘rsatilishi shart. Bunda oila a’zolari - oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila a’zosi uchun va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xo‘jaliklari a’zolari va dehqon xo‘jaligida band bo‘lgan jismoniy shaxslar, shuningdek ushbu modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar uchun - yil) uchun to‘langan deb hisoblanadi. Izoh: sakkiz yuz qirq yetti sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Yigirma beshinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik to‘xtatib turilganligi to‘g‘risida soliq organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. Yigirma oltinchi qism. Soliq organlari tomonidan olingan, har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga soliqni hisoblashni to‘xtatib turish uchun asos bo‘ladi. Yigirma yettinchi qism. Agar faoliyatini to‘xtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga belgilangan muddatlarda topshirmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari bo‘yicha soliqni hisoblash to‘xtatilmaydi. Yigirma sakkizinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida, uchinchi qismi beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliqni ushbu Kodeksning to‘rt yuz beshinchi moddasida ko‘rsatilgan soliq stavkalari bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risida deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib chiqib, biroq ushbu moddada belgilangan uning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida to‘lashga haqli. Bunda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi - oltinchi qismlariga muvofiq to‘langan summalarni hisobga olgan holda aniqlanadi. Izoh: sakkiz yuz qirq yetti sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. To‘rt yuz to‘qqizinchi modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab chiqarish va to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari. Birinchi qism. Qonunchilikka muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar soliqni jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada ko‘rsatilgan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda to‘lash haqida jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy asosda to‘laydi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan soliqni to‘lash jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya ma’lumotlari bo‘yicha soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddatlarida amalga oshiriladi.
Savol berish