Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
XIII BO‘LIM · 6 bob · 1 055 test · 36 tuzilish testi
Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Ellik yettinchi bob. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish.
Uch yuz to‘qson uchinchi modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar.
Birinchi qism. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:
Ikkinchi qism. mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
Uchinchi qism. ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
To‘rtinchi qism. moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
Beshinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
Oltinchi qism. soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
Yettinchi qism. ushbu Kodeks uch yuz sakson beshinchi moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
Sakkizinchi qism. soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
To‘qqizinchi qism. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya, agar soliq to‘lovchining asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi bo‘yicha ushlab qolingan bo‘lsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida ko‘rsatilgan daromadlar mustasno.
O‘ninchi qism. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan yoki joriy yilning birinchi apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qat’i nazar, ushbu Kodeksning uch yuz to‘qson yettinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
Uch yuz to‘qson to‘rtinchi modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar tomonidan olingan daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Birinchi qism. Ushbu Kodeks uch yuz sakson beshinchi moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan soliq to‘lovchilar daromadlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega. Bunda soliq to‘lovchilarning ushbu Kodeks uch yuz sakson beshinchi moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jami daromadi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilinishidan olingan daromadlardan, shuningdek ushbu Kodeksning uch yuz yetmishinchi moddasida ko‘rsatilgan boshqa daromadlardan iborat.
Uch yuz to‘qson beshinchi modda. Mualliflik haqi tarzida olingan daromadlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Birinchi qism. Ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq to‘lovchilar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Ikkinchi qism. Ushbu moddaga muvofiq daromadlariga soliq solinadigan soliq to‘lovchilar soliqni soliq organining yozma xabarnomasi asosida to‘laydi.
Uchinchi qism. ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq to‘lovchi daromadlar olish bilan bog‘liq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin chegirma olingan jami daromad summasining o‘ttiz foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
To‘rtinchi qism. Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Beshinchi qism. ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish hamda ulardan foydalanish uchun zarur materiallar sotib olishga doir xarajatlar;
Oltinchi qism. faqat ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.
Uch yuz to‘qson oltinchi modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya.
Birinchi qism. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya soliq to‘lovchining olingan yillik daromadi to‘g‘risidagi yozma arizasidan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi qism. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risida soliq agentining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.
Uchinchi qism. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning shakli O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
To‘rtinchi qism. Soliq organi tomonidan soliq to‘lovchi taqdim etgan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyada to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada aniqlangan xatolar to‘g‘risida soliq to‘lovchiga bildirish xati yuboradi.
Beshinchi qism. Soliq organining xabarnomasini olgan soliq to‘lovchi o‘n kun ichida jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaga zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritishi shart.
Oltinchi qism. Agar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi ariza soliqni to‘lash muddati o‘tguniga qadar berilsa, soliq to‘lovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.
Yettinchi qism. Agar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani o‘zgartirish haqidagi ariza soliqni to‘lash muddati o‘tganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq to‘lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani to‘lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Sakkizinchi qism. Soliq to‘lovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada aniqlangan xato to‘g‘risidagi bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato aniqlangan kun, deb hisoblanadi.
Uch yuz to‘qson yettinchi modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi.
Birinchi qism. Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksning uch yuz to‘qson uchinchi moddasida ko‘rsatilgan daromadlar bo‘yicha jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning birinchi aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Ikkinchi qism. Deklaratsiya qilinishi shart bo‘lmagan daromadlarni olgan soliq to‘lovchilar doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin.
Uchinchi qism. Har qanday ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O‘zbekiston Respublikasining tashqarisida turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan e’tiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq to‘lanmaydi.
To‘rtinchi qism. Grant olgan soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant bo‘yicha olingan daromad summasini, soliq miqdorini ko‘rsatadi, shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi.
Beshinchi qism. Mol-mulkini ijaraga berishdan to‘lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu Kodeks uch yuz sakson beshinchi moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan va jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
Birinchi band. mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq to‘lovchilar - ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;
Ikkinchi band. ushbu Kodeks uch yuz sakson beshinchi moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan, jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni to‘laydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning birinchi fevralidan kechiktirmay. Yangi ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari - tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.
Oltinchi qism. Ko‘chmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Yettinchi qism. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq to‘lovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Sakkizinchi qism. Joriy yilning birinchi apreliga qadar O‘zbekiston Respublikasining rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshiradi.
To‘qqizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim bo‘lgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan bo‘lsa, uning O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan davrda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya bu jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning birinchi fevraliga qadar chet elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar bo‘yicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
O‘ninchi qism. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha hisoblangan va taqdim etish tartibi ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida belgilangan soliqni to‘lash deklaratsiya taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘n besh kun ichida amalga oshiriladi.
O‘n birinchi qism. Agar soliq to‘lovchi jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etmagan bo‘lsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan va (yoki) soliq to‘lovchi tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiyaning o‘zgarganligi haqidagi arizani ushbu Kodeks uch yuz to‘qson oltinchi moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarda taqdim etmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini o‘zidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va to‘lanishi lozim bo‘lgan, hisoblangan soliq summasi to‘g‘risida soliq to‘lovchiga o‘n kunlik muddatda to‘lov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq to‘lovchi tomonidan jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya yoki to‘g‘rilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.
Uch yuz to‘qson sakkizinchi modda. Jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya bo‘yicha soliq to‘lash tartibi.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni o‘tgan soliq davridan keyingi yilning birinchi iyunidan kechiktirmay to‘laydi.
Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvarag‘idan chet el valyutasida to‘lashi mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan soliq to‘langan sanadagi kurs bo‘yicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.
Uchinchi qism. Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar, shuningdek ushbu Kodeks uch yuz sakson beshinchi moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lovchi jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har oyda to‘laydi. Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasidagi farq kelgusi yilning birinchi iyunidan kechiktirmay soliq to‘lovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim.
To‘rtinchi qism. Quyidagilar soliq to‘langan sana deb hisoblanadi:
Beshinchi qism. soliq soliq agentlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvarag‘idan to‘langan taqdirda - bankdagi hisobvarag‘idan mablag‘lar hisobdan chiqarilgan kun;
Oltinchi qism. jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablag‘lari kiritilgan taqdirda - bank kassasiga mablag‘lar to‘langan sana.
Yettinchi qism. Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni to‘lash to‘lov xabarnomasida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
Uch yuz to‘qson to‘qqizinchi modda. Rezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida to‘langan soliqni hisobga olish.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida to‘langan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalari O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lashda ushbu Kodeksning uch yuz qirq ikkinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Ikkinchi qism. Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni bo‘yicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
To‘rt yuzinchi modda. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish to‘lov manbaida to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining ichkarisida yoki tashqarisida qilinganligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.
Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslarning daromadlariga O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi, bundan soliqni undirish o‘zarolik prinsipi bo‘yicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.
Uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsga daromadlarni to‘lash to‘lov manbaida soliqni ushlab qolmasdan yoki ushbu Kodeksning oltinchi moddasiga muvofiq ikkiyoqlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik masalalarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga va xalqaro shartnomalar bo‘yicha soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga muvofiq pasaytirilgan stavkani qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
To‘rtinchi qism. Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining qoidalari g‘ayriqonuniy tarzda qo‘llanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoki to‘liq ushlab qolinmasligiga sabab bo‘lgan taqdirda, Kodeksning ushbu bo‘limiga muvofiq soliq agenti deb e’tirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab qolinmagan soliq summasini va u bilan bog‘liq penya summasini qonunchilikka muvofiq budjetga kiritilishi shart.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Beshinchi qism. Ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi undan ushlanmasdan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘langanda, soliq agentining soliqni to‘lov manbaidan ushlab qolish va ko‘chirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
To‘rt yuz birinchi modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan soliqni qaytarish tartibi.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qo‘llanishi huquqiga ega bo‘lgan norezident jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan soliq ushlab qolingan va budjetga to‘langan taqdirda, bunday norezident ushbu Kodeksning o‘n ikkinchi bobida nazarda tutilgan tartibda to‘langan soliqni qaytarib olish huquqiga ega.
