Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
XIII BO‘LIM · 6 bob · 1 055 test · 36 tuzilish testi
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Ellik oltinchi bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi.
Uch yuz sakson beshinchi modda. Umumiy qoidalar.
Birinchi qism. Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lanadi:
Birinchi band. soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan soliq agentlari tomonidan;
Ikkinchi band. soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda.
Ikkinchi qism. Soliq to‘lovchilarning alohida toifalari soliqni ushbu Kodeksning uch yuz to‘qson yettinchi moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida to‘lashni tanlashga haqli.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uchinchi qism. Ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga tatbiq etiladi:
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Uchinchi band. yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolariga;
To‘rtinchi band. "Hunarmand" uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga.
To‘rtinchi qism. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchilar soliq to‘lash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli:
Birinchi band. tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi chog‘ida tanlangan soliq to‘lash tartibini ko‘rsatish;
Ikkinchi band. doimiy yashash joyi bo‘yicha soliq organlariga joriy yilning yigirma beshinchi yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq to‘lash tartibi to‘g‘risida bildirish xati taqdim etish.
Beshinchi qism. Ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi tomonidan bildirish xati ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan muddatlarda taqdim etilmasligi uning aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashga roziligini bildiradi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Oltinchi qism. Soliq ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq organi tomonidan ham hisoblab chiqarilishi mumkin.
Yettinchi qism. Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o‘tkaziladigan majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Sakkizinchi qism. Ushbu modda birinchi qismining birinchi bandiga muvofiq yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxslardan olinadigan soliq soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va to‘lov manbaida ushlab qolinadi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uch yuz sakson oltinchi modda. Soliq agentlarining majburiyati va javobgarligi.
Birinchi qism. Soliqni to‘lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazish majburiyati soliq to‘lovchiga daromad to‘laydigan va soliq agentlari deb e’tirof etilgan quyidagi shaxslarning zimmasiga yuklatiladi:
Birinchi band. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga;
Ikkinchi band. yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
Uchinchi band. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarga;
To‘rtinchi band. O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatxonalariga;
Beshinchi band. ushbu Kodeks uch yuz ellik birinchi moddasi ikkinchi qismining beshinchi bandida ko‘rsatilgan mol-mulkni sotib olgan jismoniy shaxslarga;
Oltinchi band. soliq to‘lovchining mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi ishonchli boshqaruvchiga.
Ikkinchi qism. Ushbu modda birinchi qismining beshinchi bandida ko‘rsatilgan shaxslar mazkur Kodeksning uch yuz ellik oltinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga o‘tkazishni amalga oshiradi.
Uchinchi qism. Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani va u bilan bog‘liq penyani ushbu Kodeksga muvofiq budjetga o‘tkazishi shart.
To‘rtinchi qism. Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summasi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shaklda ma’lumotnoma berishi shart.
Uch yuz sakson yettinchi modda. Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar.
Birinchi qism. Soliq agentida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
Birinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish birinchi moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari;
Ikkinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish oltinchi moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar;
Uchinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish beshinchi moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar;
To‘rtinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish yettinchi moddasiga muvofiq boshqa daromadlar.
Ikkinchi qism. O‘zi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad to‘lovchi soliq agenti jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli. Bunda soliq to‘lovchi moddiy naf tarzidagi daromad bo‘yicha ushbu Kodeksning uch yuz to‘qson uchinchi moddasiga muvofiq soliqni to‘lashi shart.
Uch yuz sakson sakkizinchi modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi.
Birinchi qism. Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga to‘lov manbaida qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
Ikkinchi qism. Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy ma’lumotlarini hamda birlamchi hisobga olish hujjatlari ma’lumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Mazkur shakllarda soliq to‘lovchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar, soliq to‘lovchilarga to‘lanadigan daromad turlari va to‘lov manbaida unga qo‘llanilgan soliq imtiyozlari, ularni to‘lash sanasi, soliq to‘lovchining maqomi, soliqni ushlab qolish va to‘lash sanasi ko‘rsatilishi kerak.
Uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan soliq bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
To‘rtinchi qism. Soliq agentlari soliq to‘lovchining ushbu Kodeksning uch yuz sakson yettinchi moddasida ko‘rsatilgan daromadlaridan hisoblangan soliq summasini ushlab qolishi shart.
Beshinchi qism. Soliqning hisoblangan summasini soliq to‘lovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq to‘lovchiga to‘layotgan har qanday pul mablag‘lari hisobidan, bu pul mablag‘lari soliq to‘lovchiga yoki uning topshirig‘iga binoan uchinchi shaxslarga to‘lanayotganda amalga oshiriladi.
Oltinchi qism. Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu bo‘limda belgilangan soliq bazasi hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan e’tiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq to‘lovchining ish joyi bo‘yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Yettinchi qism. Asosiy bo‘lmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovg‘a, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs yillik jami daromadi to‘g‘risida deklaratsiya topshirganda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sakkizinchi qism. Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi o‘zgargan taqdirda, soliq to‘lovchi joriy yilda o‘ziga to‘langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyidagi soliq agentiga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o‘qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq ushbu Kodeks uch yuz yetmish sakkizinchi moddasi birinchi bandining uchinchi xatboshisida va uch yuz saksoninchi moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilmagan holda ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda, soliq summasi ilgari asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
To‘qqizinchi qism. Yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyida soliqni hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan e’tiboran ilgarigi va yangi asosiy ish (xizmat, o‘qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
O‘ninchi qism. Mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan to‘lov amalga oshirilganda, bunday to‘lovlar ushbu Kodeks uch yuz yetmish sakkizinchi moddasi birinchi bandining uchinchi xatboshisida va uch yuz saksoninchi moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qo‘llanilmagan holda soliqqa tortiladi.
O‘n birinchi qism. Jismoniy shaxslarning asosiy bo‘lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning yakuniy summasi jami yillik daromad to‘g‘risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo‘yicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
Uch yuz sakson to‘qqizinchi modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari.
Birinchi qism. Soliq agentlari o‘zlarining soliq bo‘yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
Birinchi band. soliq davri tugaganidan keyin o‘ttiz kun ichida - soliq organlariga to‘lov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi ma’lumotnomani;
Ikkinchi band. har oyda, hisobot davridan keyingi oyning o‘n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa - keyingi yilning o‘n beshinchi fevralidan kechiktirmay;
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bo‘lgan, xodimlari yigirma besh nafardan ortiq bo‘lgan alohida bo‘linmalarga va (yoki) filiallarga ega soliq agentlari, ushbu alohida bo‘linmalar va (yoki) filiallar xodimlariga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq hisobotini - alohida bo‘linmalar va (yoki) filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Izoh: yetti yuz sakson besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Uchinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan soliq agentlari, agar ushbu Kodeksning ellik yettinchi bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘zlarining yollanma xodimlariga oid mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq hisobotini o‘zi soliq bo‘yicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Uch yuz to‘qsoninchi modda. Soliqni to‘lash tartibi.
Birinchi qism. To‘lov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga daromadlarni to‘lash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan to‘lanadi.
Ikkinchi qism. Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi to‘lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida to‘lanadi.
Uch yuz to‘qson birinchi modda. Ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish tartibi.
Birinchi qism. Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchining daromadidan ortiqcha ushlangan soliq summasi soliq to‘lovchining yozma arizasiga asosan qaytarilishi lozim.
Ikkinchi qism. Soliq agenti tomonidan bir soliq davri ichida ortiqcha ushlangan soliq summasi qaytariladi.
Uchinchi qism. Soliq to‘lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish daromadlaridan bunday soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan soliq to‘lovchi bo‘yicha ham, boshqa soliq to‘lovchilar bo‘yicha ham kelgusi to‘lovlar hisobidan budjet tizimiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ushbu soliq summasi hisobidan, soliq agenti soliq to‘lovchining tegishli arizasini olgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
To‘rtinchi qism. Soliq to‘lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchining arizasida ko‘rsatilgan bankdagi hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Beshinchi qism. Soliq agenti bo‘lmaganda yoxud ushbu bandning ikkinchi qismida belgilangan soliq davri tugaganda, soliq to‘lovchi soliq davrining yakuniga ko‘ra soliq deklaratsiyasini bir vaqtning o‘zida taqdim etgan holda, ilgari soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlangan va budjet tizimiga o‘tkazilgan soliq summasini qaytarish to‘g‘risida soliq organiga ariza berishga haqli.
Oltinchi qism. Soliq davrida O‘zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini olgan soliq to‘lovchi ushbu soliq davrida norezident maqomida to‘lagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilishga va qaytarib olishga haqli. Soliq summasini soliq to‘lovchiga qaytarish soliq to‘lovchi ushbu Kodeksning uch yuz to‘qson yettinchi moddasida belgilangan tartibda ko‘rsatilgan soliq davri yakuniga ko‘ra soliq deklaratsiyasini taqdim etgan taqdirda yashash joyi (turgan joyi) bo‘yicha hisobga qo‘yilgan soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu deklaratsiyaga mazkur soliq davrida O‘zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
