Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
XIII BO‘LIM · 6 bob · 1 055 test · 36 tuzilish testi
Soliq stavkalari. Soliq davri
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Ellik beshinchi bob. Soliq stavkalari. Soliq davri.
Uch yuz sakson birinchi modda. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqa qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘n ikki foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
Ikkinchi qism. Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga besh foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
Uch yuz sakson ikkinchi modda. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar bo‘yicha soliq solinadi:
Ikkinchi qism. T/r
Uchinchi qism. Soliq obyekti
To‘rtinchi qism. Soliq stavkalari, foizlarda
Beshinchi qism. bir
Oltinchi qism. Dividendlar va foizlar
Yettinchi qism. o‘n
Sakkizinchi qism. ikki
To‘qqizinchi qism. Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar).
O‘ninchi qism. olti
O‘n birinchi qism. uch
O‘n ikkinchi qism. Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar bo‘yicha olingan daromadlar, bir va ikkinchi bandlarda ko‘rsatilmagan boshqa daromadlar
O‘n uchinchi qism. o‘n ikki
Izoh: yetti yuz sakson besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uch yuz sakson to‘rtinchi modda. Soliq davri. Hisobot davri.
Birinchi qism. Kalendar yil soliq davridir.
Ikkinchi qism. Soliq agentlari uchun hisobot davri bir oydir.
