Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

XIII BO‘LIM · 6 bob · 1 055 test · 36 tuzilish testi

54-bob · 378–380 moddalar

Soliq imtiyozlari

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Ellik to‘rtinchi bob. Soliq imtiyozlari. Uch yuz yetmish sakkizinchi modda. Soliq solinmaydigan daromadlar. Birinchi qism. Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi: Birinchi band. moddiy yordam summalari: Ikkinchi qism. vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt butun yigirma ikki baravarigacha miqdorda; Uchinchi qism. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish yettinchi moddasida ko‘rsatilgan boshqa hollarda, - soliq davri uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt butun yigirma ikki baravarigacha miqdorda; Ikkinchi band. soliq agenti tomonidan quyidagi yo‘llanmalar qiymatini to‘liq yoki qisman qoplash summalari, bundan turistik yo‘llanmalar mustasno: To‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga yo‘llanmalar qiymatini nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘liq yoki qisman qoplash summalari; Beshinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sog‘lomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sog‘lomlashtirish muassasalariga o‘z xodimlarining o‘n olti yoshgacha bolalari (o‘qiydiganlarga - o‘n sakkiz yoshgacha) uchun yo‘llanmalar qiymatini to‘liq yoki qisman qoplash summalari; Uchinchi band. o‘z xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat ko‘rsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan to‘langan summalar, shuningdek ish beruvchining davolashga hamda tibbiy xizmat ko‘rsatishga, nogironlik profilaktikasi va nogironligi bo‘lgan shaxslarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olishga oid xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatganlik uchun ish beruvchilar tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq to‘langan taqdirda, shuningdek sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan naqd pul mablag‘lari bevosita xodimga, xodim yo‘qligida esa - uning oila a’zolariga, ota-onasiga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar xodimning bankdagi hisobvarag‘iga kiritilgan taqdirda, bu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi; To‘rtinchi band. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan qonunchilikda belgilangan summalar doirasida budjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Beshinchi band. vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa; Oltinchi band. xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti; Yettinchi band. soliq to‘lovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno: Oltinchi qism. qimmatli qog‘ozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini); Yettinchi qism. noturar joylarni; Sakkizinchi qism. o‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni; Sakkizinchi band. uy xo‘jaligida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni so‘yib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bog‘dorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno; To‘qqizinchi band. xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati; O‘ninchi band. ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining ikki butun o‘n bir baravarigacha bo‘lgan qiymatdagi: To‘qqizinchi qism. xodimlar natura shaklida olgan sovg‘alar; O‘ninchi qism. ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari bo‘lgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila a’zolari tomonidan olingan sovg‘alar hamda boshqa turlardagi yordam; O‘n birinchi band. jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan quyidagilar mustasno: O‘n birinchi qism. ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarining, adabiyot hamda san’at asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxo‘rlariga (huquqiy vorislariga) to‘lanadigan pul mukofotlari; O‘n ikkinchi qism. yaqin qarindosh bo‘lmagan shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qog‘ozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar; O‘n ikkinchi band. davlat zayomining obligatsiyalari bo‘yicha yutuqlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha foizlar; O‘n uchinchi band. jamg‘arma sertifikatlari, davlat qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlar, shuningdek banklardagi omonatlar bo‘yicha foizlar va yutuqlar; O‘n to‘rtinchi band. nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek vakolatli organning xulosasi mavjud bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida soliq to‘lovchi grant beruvchidan bevosita olgan grantning summasi; Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘n oltinchi band. soliq to‘lovchining quyidagilarga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlari: O‘n uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish (o‘zining, farzandlarining, shuningdek yigirma olti yoshga to‘lmagan erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lov. Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi; Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. O‘n to‘rtinchi qism. farzandlariga nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va (yoki) maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun, shuningdek uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanadigan ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan har bir farzand uchun to‘lanadigan oyiga uch million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar; Izoh: bir ming yuz yigirma to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda. O‘n beshinchi qism. soliq bazasining ellik foizidan oshmagan holda, metsenatlik ko‘magini ko‘rsatish; O‘n oltinchi qism. olingan ipoteka kreditlarini va ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining sakson baravarigacha bo‘lgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan bo‘lsa. Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga to‘lguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan subsidiyalar bo‘yicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qo‘llaniladi. Agar ikki ming yigirma uchinchi yil birinchi yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining ko‘chmas mulk obyektlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran o‘ttiz olti oy ichida boshqa shaxsga o‘tkazilgan bo‘lsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qo‘llashning butun davri uchun soliqni to‘lash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi; Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘n yettinchi qism. fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga; O‘n yettinchi band. jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo‘yicha) olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlarni, paylarni va aksiyalarni berish yaqin qarindoshlar o‘rtasida amalga oshirilsa. O‘n sakkizinchi qism. Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi uchun ro‘yxatdan o‘tish mamlakatining qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘sha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday huquqlar ularni bir oilaning a’zolari va (yoki) yaqin qarindoshlar bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘tkazish natijasida olingan bo‘lsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining yuzaga kelishi deb e’tirof etilmaydi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n sakkizinchi band. paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq to‘lovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari; O‘n to‘qqizinchi band. soliq to‘lovchi bo‘lgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olish yo‘li bilan ega bo‘lgan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n to‘qqiz bir band. soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari; Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirmanchi band. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamg‘armalari tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablag‘lari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida o‘n besh million so‘mdan oshmagan holda; Izoh: olti yuz qirq olti sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda. Yigirma bir band. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan homiylik tashkilotlari tomonidan soliq davri mobaynida bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladigan pul mablag‘lari tarzidagi homiylik xayriyalari; Izoh: bir ming yuz ikki sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Yigirma birinchi band. soliq to‘lovchining soliq davri davomida quyidagilarni to‘lash uchun yo‘naltiriladigan, bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari: O‘n to‘qqizinchi qism. xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot a’zosi sifatida bunday badallarning to‘langanligi to‘g‘risida hujjat mavjud bo‘lganda; Yigirmanchi qism. qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga to‘lovlarni, kursni tugatganlik to‘g‘risida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud bo‘lganda. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirma ikkinchi band. aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korxonalar xodimlarining o‘z oylik ish haqidan va unga tenglashtirilgan to‘lovlardan oshmaydigan, ushbu korxonalar xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi doirasida aksiyalarni sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lari; Yigirma uchinchi band. soliq to‘lovchilar ish haqining va boshqa daromadlarining soliq davri davomida qimmatli qog‘ozlarning mahalliy bozorida chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan qismi, quyidagi barcha shartlar bajarilgan taqdirda: Yigirma birinchi qism. yo‘naltirilgan mablag‘larning jami summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yuz baravaridan oshmaydigan miqdorni tashkil etadi; Yigirma ikkinchi qism. pul mablag‘lari shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga birinchi marta o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘n ikki oy ichida qaytarib olinmaydi. Bunda oy davomida shaxsiy investitsiya hisobvarag‘iga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasi mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining yigirma baravaridan oshishi mumkin emas; Yigirma uchinchi qism. shaxsiy investitsiya hisobvarag‘idagi pul mablag‘laridan qimmatli qog‘ozlar olish uchun foydalaniladi. Yigirma to‘rtinchi qism. Ushbu bandning shartlari buzilgan taqdirda, shaxsiy investitsiya hisobvarag‘idagi mablag‘larga to‘lov manbaida soliq solinishi lozim; Izoh: bir ming ellik yetti sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Yigirma to‘rtinchi band. Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolarning, shuningdek ularning xotinining (erining) daromadlari. Mazkur soliq imtiyozi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasiga, nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga, Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasiga, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo‘ladigan boshqa hujjatlarga asosan beriladi; Yigirma beshinchi band. "Mahalla servis" kompaniyalari xodimlarining faoliyati natijasida olingan, ularning soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi tarzidagi daromadlari. Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Uch yuz yetmish to‘qqizinchi modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish. Birinchi qism. Quyidagilarning daromadlariga soliq solinmaydi: Birinchi band. chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa - O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha; Ikkinchi band. chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning o‘zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, - O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo‘yicha; Uchinchi band. chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko‘rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa - o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha; To‘rtinchi band. chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa - o‘z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo‘yicha; Beshinchi band. xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari - agar ular O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo‘yicha. Uch yuz saksoninchi modda. Ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarning jami daromadini kamaytirish. Birinchi qism. Quyidagi soliq to‘lovchilar soliq solishdan qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir butun qirq bir baravari miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning uchinchi bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) ozod etiladi: Izoh: yetti yuz oltmish yetti sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Birinchi band. "O‘zbekiston Qahramoni", Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Bu imtiyoz tegishincha "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning ma’lumotnomasi asosida beriladi; Ikkinchi band. urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, nogironligi bo‘lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo‘lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida beriladi; Izoh: yetti yuz yetmish sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Uchinchi band. bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, bundan Chernobil AESdagi halokat oqibatida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar mustasno. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi; Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. To‘rtinchi band. sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Bu imtiyoz "Halok bo‘lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" yoki "Ichki ishlar organlari halok bo‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)", "O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi halok bo‘lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)" shtampi qo‘yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner bo‘lmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli organlari va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining halok bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi; Izoh: yetti yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Beshinchi band. ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz onalar. Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma asosida beriladi; Oltinchi band. ikki va undan ortiq o‘n olti yoshga to‘lmagan bolalari bor hamda boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Bu imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma, bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar, yangi nikohdan o‘tmaganlik hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining boquvchisini yo‘qotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi; Yettinchi band. bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi. Ikkinchi qism. Ushbu moddada nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qo‘llaniladi. Uchinchi qism. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi. To‘rtinchi qism. Agar soliq to‘lovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos bo‘yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi. Beshinchi qism. Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa - yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, soliq to‘lovchi imtiyozga bo‘lgan huquqni yo‘qotgan paytidan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak. Oltinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan soliq imtiyozlari soliq to‘lovchining foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi bo‘yicha hisoblansa, soliq imtiyozini qo‘llash asosiy ish joyi bo‘yicha amalga oshiriladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy bo‘lmagan ish joyi bo‘yicha hisoblansa, soliq imtiyozi jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish chog‘ida soliq to‘lovchining yashash joyidagi soliq organlari tomonidan qo‘llaniladi. Shunga o‘xshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Savol berish