Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i

XIII BO‘LIM · 6 bob · 1 055 test · 36 tuzilish testi

53-bob · 368–377 moddalar

Jami daromad

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Ellik uchinchi bob. Jami daromad. Uch yuz oltmish sakkizinchi modda. Jami daromad. Birinchi qism. Agar ushbu bo‘limda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, jami daromad soliq to‘lovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi: Birinchi band. O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun - O‘zbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan; Ikkinchi band. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari uchun - O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan. Uch yuz oltmish to‘qqizinchi modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar. Birinchi qism. Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi: Birinchi band. O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor bo‘lgan soliq to‘lovchi olgan bir yo‘la beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovg‘alarining qiymati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yo‘la beriladigan pul mukofoti, sovg‘alar va budjet subsidiyalari; Izoh: bir ming o‘n uch sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Ikkinchi band. donorlik uchun pul mukofotlari, shuningdek tibbiyot muassasalarining xodimlari tomonidan qon olganlik uchun olinadigan summalar; Uchinchi band. olingan alimentlar; To‘rtinchi band. fuqarolar tomonidan olinadigan sug‘urta tovoni summalari; Beshinchi band. qonunchilikda belgilangan miqdorlarda va tartibda to‘lanadigan stipendiyalar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Oltinchi band. qonunchilikka muvofiq uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yettinchi band. davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob a’zosini parvarish qilish bo‘yicha nafaqa) mustasno; Izoh: olti yuz qirq olti sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda. Sakkizinchi band. majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari, ular bo‘yicha foizli daromadlar, shuningdek jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlari. To‘qqizinchi band. o‘quvchilar va talabalarning O‘zbekiston Respublikasi professional va oliy ta’lim tashkilotlari hududida pulli o‘quv kurslarini, sport to‘garaklarini tashkil etishdan va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari; Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. O‘ninchi band. O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha daromadlar; O‘n birinchi band. egalik qilish, doimiy foydalanish yoki vaqtinchalik foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi natijasida mulkdorlarga yer uchastkasiga bo‘lgan huquq hamda ushbu yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlari uchun to‘langan kompensatsiya summasi; Izoh: bir ming yuz o‘ttiz bir sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Ikkinchi qism. Soliq agentlarining ushbu Kodeksning uch yuz sakson oltinchi moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq to‘lovchining daromadi sifatida qaralmaydi: Birinchi band. mehnat sharoitlari noqulay bo‘lgan ishlarda band bo‘lgan xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlari; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi band. kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar, shu jumladan a’zolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi a’zolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qo‘mitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar mustasno; Uchinchi band. favqulodda holatlar munosabati bilan yetkazilgan zararlar summasi doirasida beriladigan moddiy yordam summalari; To‘rtinchi band. xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish bo‘yicha xarajatlari; Beshinchi band. diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini o‘tkazish, vakillik xarajatlari, shahar yo‘lovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yo‘l kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini ta’minlash bilan bog‘liq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari; Oltinchi band. xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha xarajatlar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yettinchi band. xodim boshqa joyga ishga o‘tkazilganda yoxud ko‘chib borganda ko‘chish, mol-mulkini ko‘chirib borishga, joy ijarasiga (yo‘l xarajatlari uchun beriladigan pul) oid xarajatlarni to‘lash yoki bu xarajatlarning o‘rnini qoplash xarajatlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan so‘ng uch yil ichida ishga qabul qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa hududlarda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga to‘lanadigan boshlang‘ich yordam puli; Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Sakkizinchi band. xizmat safarlariga oid quyidagi kompensatsiya to‘lovlari: Uchinchi qism. tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq to‘lashni qo‘shgan holda haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yo‘l hujjatlari bo‘lmagan taqdirda, temir yo‘l transportidagi (agar temir yo‘l qatnovi bo‘lmasa, shaharlararo avtobusdagi) yo‘l haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining o‘ttiz foizidan oshmaydigan miqdorda; To‘rtinchi qism. uy-joyni ijaraga olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan to‘lovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, qonunchilikda belgilangan normalar doirasida; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Beshinchi qism. tasdiqlovchi hujjatlar asosida uy-joyni band qilish uchun to‘lovlar; Oltinchi qism. qonunchilikda belgilangan normalar doirasida xizmat safarida bo‘lingan vaqt uchun to‘lanadigan kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yettinchi qism. qonunchilikda belgilangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa to‘lovlar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘qqizinchi band. qonunchilikda nazarda tutilgan normalar doirasida xodimga to‘lanadigan kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar): Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Sakkizinchi qism. doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar); To‘qqizinchi qism. xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno; O‘ninchi qism. dala ta’minoti; O‘n birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan aniqlanadigan olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasidan bakalavriatni yoki magistraturani tamomlagandan so‘ng uch yil ichida ishga qabul qilingan xodimlarga, shuningdek mazkur olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan oilaviy shifokorlik punktlariga va oilaviy poliklinikalarga hamda ta’lim muassasalariga ishga qabul qilingan, boshqa hududda yashaydigan oliy ma’lumotli shifokorlarga va mutaxassislarga uy-joy ijarasi uchun har oylik pul kompensatsiyasi; Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n ikkinchi qism. qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va normalar bo‘yicha boshqa kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning uch yuz yetmish uch va uch yuz yetmish yettinchi moddalarida ko‘rsatilganlari mustasno; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘ninchi band. mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha quyidagi miqdordagi to‘lovlar: O‘n uchinchi qism. jabrlanuvchi mehnatda mayib bo‘lguniga qadar olgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik to‘lovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib bo‘lib qolgan taqdirda, zararning o‘rni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir butun yetmish olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda qoplanadi); Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n to‘rtinchi qism. maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qo‘shimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yetmish butun uch foizi miqdoridagi to‘lovlar; O‘n beshinchi qism. jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qo‘shimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘n yetti butun olti foizi miqdoridagi to‘lovlar; O‘n oltinchi qism. xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik o‘rtacha ish haqi miqdoridagi to‘lovlar; O‘n birinchi band. boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi to‘lovlar: O‘n yettinchi qism. marhumning o‘rtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga to‘g‘ri keladigan ulushi miqdoridagi to‘lovlar; O‘n sakkizinchi qism. boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli bo‘lgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa tariqasida marhumning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi to‘lovlar; O‘n ikkinchi band. o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishi uchun O‘zbekiston Respublikasining professional va oliy ta’lim tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha pulli-kontrakt asosida o‘tkaziladigan mablag‘lar; Izoh: yetti yuz sakson besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘n ikki bir band. nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va maktablarning qonunchilikda belgilangan normalar doirasida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning iste’dodli va iqtidorli farzandlarini, shuningdek maxsus kontingentdagi tarbiyalanuvchilarning muayyan sonini bepul o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlari; Izoh: yetti yuz sakson besh sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. O‘n uchinchi band. xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari. O‘n to‘rtinchi band. soliq to‘lovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar bo‘yicha olingan pul va natura shaklidagi daromadlari. Daromadlar soliq to‘lovchining jami daromadiga quyidagi hollarda qo‘shiladi: O‘n to‘qqizinchi qism. soliq to‘lovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan dasturlarda ishtirok etishi ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilganda; Yigirmanchi qism. soliq to‘lovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan mamlakatimizdagi va chet el tashkilotlarining dasturlariga, ularda aksept muddati o‘ttiz kundan kam va (yoki) ularda ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi ochiq ofertaga qo‘shilganda; Yigirma birinchi qism. ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan tashkilotchi bilan lavozim majburiyatlarini bajarishda mehnat munosabatlarida bo‘lgan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar bajarganlik, xizmatlar ko‘rsatganlik) uchun haq (mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi to‘lov shaklidagi daromad to‘langanda. O‘n beshinchi band. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamg‘armalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatilgan yordam: Yigirma ikkinchi qism. Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar; Yigirma uchinchi qism. davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironligi bo‘lgan shaxslarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish; Izoh: yetti yuz yetmish sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Yigirma to‘rtinchi qism. jismoniy shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish; Yigirma beshinchi qism. xayriya maqsadida boshqa shakllarda qo‘llab-quvvatlash (bundan pul shaklida qo‘llab-quvvatlash mustasno). Izoh: olti yuz qirq olti sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda. O‘n oltinchi band. soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtirok etishi natijasida olingan bonuslar, pul mukofotlari tarzidagi pul to‘lovlaridan iborat daromadlari. Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uch yuz yetmishinchi modda. Jami daromadning tarkibi. Birinchi qism. Quyidagilar jami daromadga kiradi: Birinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish birinchi moddasiga muvofiq mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar; Ikkinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish beshinchi moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar; Uchinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish oltinchi moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar; To‘rtinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish yettinchi moddasiga muvofiq boshqa daromadlar. Uch yuz yetmish birinchi modda. Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar. Birinchi qism. Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo‘lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda to‘lanadigan quyidagi barcha to‘lovlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi: Ikkinchi qism. mehnatga haq to‘lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi; Uchinchi qism. ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar; To‘rtinchi qism. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish ikkinchi moddasiga muvofiq rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; Beshinchi qism. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish uchinchi moddasiga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya); Oltinchi qism. ushbu Kodeksning uch yuz yetmish to‘rtinchi moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash; Yettinchi qism. haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa to‘lovlar. Sakkizinchi qism. Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi: To‘qqizinchi qism. predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga to‘lovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno); O‘ninchi qism. yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o‘xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar; O‘n birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni o‘tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to‘lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to‘lovlar. Izoh: yetti yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uch yuz yetmish ikkinchi modda. Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar. Birinchi qism. Rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar jumlasiga quyidagilar kiradi: Birinchi band. yillik ish yakunlari bo‘yicha pul mukofoti; Ikkinchi band. yuridik shaxsning mukofotlash to‘g‘risidagi nizomida nazarda tutilgan rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar; Uchinchi band. kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar; To‘rtinchi band. ta’tilga qo‘shimcha haqlar hamda ushbu Kodeks uch yuz yetmish yettinchi moddasining o‘ninchi bandida ko‘rsatilmagan moddiy yordam; Beshinchi band. ko‘p yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va to‘lovlar; Oltinchi band. ratsionalizatorlik taklifi uchun to‘lov; Yettinchi band. mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan bir yo‘la beriladigan mukofotlar. Uch yuz yetmish uchinchi modda. Kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiya). Birinchi qism. Mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadga kiritiladigan kompensatsiya to‘lovlari (kompensatsiyalar) jumlasiga quyidagilar kiradi: Birinchi band. tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylardagi ishlar bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog‘li, cho‘l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar bo‘yicha to‘lovlar). Bunda yuridik shaxslar xodimlarining cho‘l va suvsiz joylarda, baland tog‘li va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasini aniqlash hisoblash sanasida belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir butun qirq bir baravari miqdorida belgilanadi; Ikkinchi band. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli, o‘ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar; Uchinchi band. texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar; To‘rtinchi band. ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo‘lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar; Beshinchi band. doimiy ishi yo‘lda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega bo‘lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarning vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha to‘lanadigan ustamalar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Oltinchi band. ish beruvchi joylashgan yerdan (yig‘ilish punktidan) ishlash joyigacha borish va u yerdan qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan holda yo‘lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi yoki maosh miqdorida to‘lanadigan summalar; Yettinchi band. yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haqlar; Sakkizinchi band. qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha dala ta’minoti; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘qqizinchi band. xizmat safarlari vaqtida qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha kundalik xarajatlar uchun haq (sutkalik pullar); Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘ninchi band. ishlar vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to‘lovlar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n birinchi band. xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonunchilikda belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun to‘lovlar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n ikkinchi band. mehnatda mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bog‘liq zararning o‘rnini qoplash uchun ushbu Kodeks uch yuz oltmish to‘qqizinchi moddasi ikkinchi qismining o‘ninchi bandida ko‘rsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar; Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. O‘n uchinchi band. oziq-ovqat va yo‘l chiptalarining qiymati yoki oziq-ovqat va yo‘l chiptalarining qiymatini qoplash. Uch yuz yetmish to‘rtinchi modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash. Birinchi qism. Ishlanmagan vaqt uchun haq to‘lash jumlasiga quyidagilar kiradi: Birinchi band. qonunchilikka muvofiq: Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. A kichik band. yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’til uchun to‘lov, shuningdek ushbu ta’tildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya to‘lovi; B kichik band. noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qo‘shimcha ta’til uchun to‘lov; V kichik band. o‘qish bilan bog‘liq ta’til va ijodiy ta’tillar uchun to‘lov; G kichik band. o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolasi bor ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’til uchun to‘lov; Ikkinchi band. asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga beriladigan to‘lovlar; Uchinchi band. donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun to‘lov; To‘rtinchi band. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga to‘lov; Beshinchi band. qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi bo‘yicha saqlab qolinadigan ish haqi; Oltinchi band. ma’lum muddatga avvalgi ish joyi bo‘yicha lavozim maoshi miqdori saqlab qolingan holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turgan xodimlarga maoshdagi farq to‘lovi; Yettinchi band. xodimlarga kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda o‘qishlari vaqtida asosiy ish joyi bo‘yicha ularga to‘lanadigan ish haqi; Sakkizinchi band. xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun to‘lov; To‘qqizinchi band. mehnat layoqatini vaqtincha yo‘qotgan xodimlarga qo‘shimcha to‘lov; O‘ninchi band. qonunchilikka muvofiq yoki ish beruvchining qarori bilan majburiy progul vaqti uchun yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun to‘lov; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n birinchi band. o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun to‘lov; O‘n ikkinchi band. asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda o‘quvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga to‘lov; O‘n uchinchi band. ish beruvchining mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan pensiyalar va nafaqalarga qo‘shimchalar, stipendiyalar; O‘n to‘rtinchi band. oliy ta’lim tashkilotini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga ta’til vaqti uchun ish beruvchi hisobidan to‘lanadigan nafaqalar. Izoh: to‘qqiz yuz ellik yetti sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Uch yuz yetmish beshinchi modda. Mulkiy daromadlar. Birinchi qism. Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: Birinchi band. foizlar; Ikkinchi band. dividendlar; Uchinchi band. mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; To‘rtinchi band. soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa - kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi; Beshinchi band. sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutug‘iga oid patent (litsenziya) egasi bo‘lgan soliq to‘lovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi; Oltinchi band. royalti; Yettinchi band. ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk bo‘yicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad; Izoh: bir ming ellik yetti sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. To‘qqizinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz yigirma yettinchi – uch yuz yigirma to‘qqizinchi moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, qimmatli qog‘ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar bo‘yicha daromad; O‘ninchi band. ushbu Kodeksning VII bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi; O‘n birinchi band. ushbu Kodeksning uch yuz o‘n to‘qqizinchi moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar; O‘n ikkinchi band. ushbu moddaning birinchi – o‘n birinchi bandlarida ko‘rsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar. Uch yuz yetmish oltinchi modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar. Birinchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks uch yuz oltmish to‘qqizinchi moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagilardan iborat: Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Birinchi band. soliq agenti tomonidan soliq to‘lovchi manfaatlarini ko‘zlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini to‘lash, shu jumladan: Ikkinchi qism. soliq to‘lovchining bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitish, tarbiyalash haqini to‘lash; Izoh: olti yuz ellik uch sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda. Uchinchi qism. soliq to‘lovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash; To‘rtinchi qism. sanatoriy-kurortlarda davolanish yo‘llanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning o‘rnini qoplash qiymatini to‘lash; Beshinchi qism. soliq agentining soliq to‘lovchi daromadi bo‘lgan boshqa xarajatlarini to‘lash; Ikkinchi band. soliq to‘lovchining manfaatlarini ko‘zlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi bo‘yicha berilgan mol-mulkning va ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati; Uchinchi band. tovarlarni (xizmatlarni) soliq to‘lovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati o‘rtasidagi salbiy farq; To‘rtinchi band. qonunchilikka muvofiq xodimlarga temir yo‘l, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish bo‘yicha beriladigan imtiyozlar summasi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Beshinchi band. jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari; Oltinchi band. soliq agenti tomonidan to‘lovlar hisobiga to‘lanib, soliq to‘lovchidan ushlab qolinishi lozim bo‘lgan, lekin ushlab qolinmagan summalar. Oltinchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Yettinchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq agentidan aksiz to‘lanadigan tovarlar yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida aksiz solig‘ining va qo‘shilgan qiymat solig‘ining tegishli summasi hisobga olinadi. Uch yuz yetmish yettinchi modda. Boshqa daromadlar. Birinchi qism. Soliq to‘lovchining boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi: Birinchi band. fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamg‘armalari tomonidan soliq to‘lovchilarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam; Ikkinchi band. hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, mo‘ynali va boshqa hayvonlarni, baliqlarni va boshqalarni) tirik holda hamda ularni so‘yib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan, ipak qurtini, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar; Uchinchi band. jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari bo‘yicha) olingan mol-mulkning, mulkiy huquqlarning qiymati; To‘rtinchi band. musobaqalarda, ko‘riklarda, tanlovlarda sovrinli o‘rinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari; Beshinchi band. yutuqlar; Oltinchi band. grant beruvchidan olingan grantlarning, shu jumladan chet davlatlar grantlarining summalari; Yettinchi band. soliq to‘lovchilarning yaratilgan ilm-fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun olgan daromadlari; Sakkizinchi band. xalqaro sport musobaqalaridagi sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofoti; To‘qqizinchi band. xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi va boshqa to‘lovlar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘ninchi band. quyidagicha ko‘rsatiladigan moddiy yordam: Ikkinchi qism. vafot etgan xodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga ko‘rsatiladigan; Uchinchi qism. xodimga mehnatda mayib bo‘lganligi, kasb kasalligi yoxud sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikast yetganligi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladigan; To‘rtinchi qism. bola tug‘ilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan o‘tishi munosabati bilan ko‘rsatiladigan; Beshinchi qism. qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablag‘lar berish tarzida ko‘rsatiladigan moddiy yordam; O‘n birinchi band. ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan to‘lanadigan to‘lovlar; O‘n ikkinchi band. ma’naviy zararni kompensatsiya qilish bo‘yicha pullik to‘lovlar; O‘n uchinchi band. ushbu Kodeksning VI bo‘limida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatish kiritish tufayli olingan daromad; O‘n to‘rtinchi band. ushbu Kodeksning uch yuzinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan talab qilish huquqidan o‘zganing foydasiga voz kechish shartnomasi bo‘yicha olingan daromad; O‘n beshinchi band. soliq to‘lovchining ushbu Kodeksning uch yuz yetmish birinchi – uch yuz yetmish oltinchi moddalarida ko‘rsatilmagan boshqa daromadlari.
Savol berish