Aksiz solig‘i
XI BO‘LIM · 2 bob · 294 test · 14 tuzilish testi
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Qirq birinchi bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq to‘lash tartibi.
Ikki yuz to‘qsoninchi modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi.
Birinchi qism. Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ikkinchi qism. Import qilingan, aksiz to‘lanadigan, o‘ziga nisbatan aralash - advalor va qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar bo‘yicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qat’iy belgilangan stavka qo‘llanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam bo‘lishi mumkin emas.
Ikki yuz to‘qson birinchi modda. Soliq davri.
Birinchi qism. Bir oy soliq davridir.
Ikki yuz to‘qson ikkinchi modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.
Birinchi qism. Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Ikkinchi qism. Benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning o‘ninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Ikki yuz to‘qson uchinchi modda. Soliq to‘lash tartibi.
Birinchi qism. Soliqni to‘lash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ikkinchi qism. Import qilinadigan tovarlar bo‘yicha soliqni to‘lash bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamg‘alanishi lozim bo‘lgan olib kiriladigan aksiz to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar to‘lanadi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
