Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik
VIII BO‘LIM · 3 bob · 313 test · 21 tuzilish testi
Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun banklarning javobgarligi
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Yigirma to‘qqizinchi bob. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun banklarning javobgarligi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikki yuz yigirma sakkizinchi modda. Soliq (yig‘im), bo‘nak to‘lovi, penyalar va jarimalarni o‘tkazish to‘g‘risidagi topshiriqnomalarni bajarish muddatlarini buzish.
Birinchi qism. Bank tomonidan soliq (yig‘im), bo‘nak to‘lovi, penya va jarima summasini o‘tkazish to‘g‘risidagi soliq to‘lovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) -
Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun o‘tkazilmagan summa bir foizining beshdan bir qismidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ikki yuz yigirma to‘qqizinchi modda. Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va operatsiyalar bo‘yicha ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) soliq organiga taqdim etmaslik.
Birinchi qism. Ushbu Kodeksning yuz o‘ttiz to‘rtinchi moddasida nazarda tutilgan ma’lumotnomani (ko‘chirmalarni) bank tomonidan soliq organiga taqdim etmaslik, shuningdek ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) belgilangan muddatni buzgan holda yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lgan ma’lumotnomalarni (ko‘chirmalarni) taqdim etish, -
Ikkinchi qism. ikki million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
