Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik
VIII BO‘LIM · 3 bob · 313 test · 21 tuzilish testi
Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Yigirma sakkizinchi bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik.
Ikki yuz o‘n to‘qqizinchi modda. Soliq organida hisobga qo‘yish tartibini buzish.
Birinchi qism. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining soliq to‘lovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qo‘yishning belgilangan tartibi soliq to‘lovchi tomonidan buzilganda, -
Ikkinchi qism. soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hisobga qo‘yish sanasidan haqiqatda hisobga qo‘yilgan sanagacha bo‘lgan davrda olgan daromadining besh foizi miqdorida, lekin besh million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Uchinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvardan boshlab ilk marta aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashdan qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tgan soliq to‘lovchilarga nisbatan ular qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish majburiyati yuzaga kelgan muddatdan e’tiboran bir yil ichida ro‘yxatdan o‘tgan hollarda tatbiq etilmaydi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Ushbu Kodeksning yuz o‘ttiz birinchi moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq solish obyekti bo‘yicha soliq organlarida hisobga qo‘yish muddatlari buzilganda, agar hisobga qo‘yishning belgilangan muddatidan o‘tishi:
Beshinchi qism. o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lmaganda, - bir million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
Oltinchi qism. o‘ttiz kundan ko‘p bo‘lganda, - ikki million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Yettinchi qism. Chet el yuridik shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasini tashkil etishga olib keluvchi faoliyatning soliq organida hisobga qo‘ymasdan amalga oshirilishi -
Sakkizinchi qism. bunday faoliyatni amalga oshirish boshlangandan haqiqatda hisobga qo‘yilgan sanagacha bo‘lgan davrda olingan daromaddan o‘n foiz miqdorida, lekin o‘n million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
To‘qqizinchi qism. Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, -
O‘ninchi qism. bunday faoliyatdan olingan daromadlarning o‘n foizi miqdorida, lekin bir million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ikki yuz yigirmanchi modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibini buzish.
Birinchi qism. Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikki yuz yigirma birinchi modda. Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron to‘lov tizimlarining va to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qo‘llanilish tartibini buzish.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Birinchi qism. Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron to‘lov tizimlarining va (yoki) to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qo‘llanilishi majburiy bo‘lgani holda, ularni qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari, elektron to‘lov tizimlari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlar orqali to‘lovlarni qabul qilishni rad etganlik, -
Ikkinchi qism. besh million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Uchinchi qism. Soliq organlarida ro‘yxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qo‘llagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar ko‘rsatganlik, -
To‘rtinchi qism. yetti million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Beshinchi qism. Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan yoki to‘lov tashkilotlarining raqamli platformalaridan ro‘yxatdan o‘tgan boshqa soliq to‘lovchilarga tegishli bo‘lgan maxsus QR-koddan soliq to‘lovchi tomonidan foydalanilishi, -
Oltinchi qism. yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yettinchi qism. Texnik talablarga muvofiq bo‘lmagan yoki xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, -
Sakkizinchi qism. yigirma million so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ikki yuz yigirma ikkinchi modda. Daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish qoidalarini buzish.
Birinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish (daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish kitobi) qoidalarini buzish -
Ikkinchi qism. besh yuz ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ikki yuz yigirma uchinchi modda. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish).
Birinchi qism. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) -
Ikkinchi qism. yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Uchinchi qism. Yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasidan ushbu Kodeksga muvofiq soliqlarni hisoblash amalga oshiriladi.
To‘rtinchi qism. Ushbu moddaning maqsadida soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof etiladi:
Beshinchi qism. tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik;
Oltinchi qism. yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar bo‘yicha tashish;
Yettinchi qism. hisobda realizatsiya qilinmagan deb ko‘rsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
Sakkizinchi qism. rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish;
To‘qqizinchi qism. tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yo‘q qilish;
O‘ninchi qism. qalbaki birlamchi buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish;
O‘n birinchi qism. nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda o‘zgartirish kiritish;
O‘n ikkinchi qism. foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qo‘shish;
O‘n uchinchi qism. tovarlarni sotishdan (xizmat ko‘rsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);
O‘n to‘rtinchi qism. moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sun’iy ravishda oshirish yoki normativlarni noto‘g‘ri qo‘llash;
O‘n beshinchi qism. ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
O‘n oltinchi qism. mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
O‘n yettinchi qism. realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar bo‘yicha aks ettirish;
O‘n sakkizinchi qism. qazib olingan foydali qazilmalar hajmining soliq hisobotida to‘liq aks ettirilmaganligi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n to‘qqizinchi qism. Ushbu modda uchinchi qismining o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bo‘yicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi o‘n ikki oy uchun aniqlanadi.
Yigirmanchi qism. Hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida olingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga yoxud faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlariga va amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lmagan identifikatsiya kodlarini aks ettirish -
Yigirma birinchi qism. hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida ko‘rsatilgan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikki yuz yigirma to‘rtinchi modda. Soliqni (yig‘imni) to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik.
Birinchi qism. Soliqni (yig‘imni) noto‘g‘ri hisoblab chiqarish yoki boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) natijasida soliq (yig‘im) summasini to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik, agar bunday qilmish ushbu Kodeksning ikki yuz yigirma uch, ikki yuz yigirma olti va ikki yuz yigirma yettinchi moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlarini o‘z ichiga olmagan bo‘lsa, -
Ikkinchi qism. to‘lanmagan soliq (yig‘im) summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ikki yuz yigirma beshinchi modda. Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish.
Birinchi qism. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik, -
Ikkinchi qism. mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan soliq summasini budjetga to‘lashi shart.
Ikki yuz yigirma oltinchi modda. Transfert narxni belgilashda soliqlarni to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik.
Birinchi qism. Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida mustaqil shaxslar o‘rtasidagi bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari bilan solishtirib bo‘lmaydigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlar qo‘llanilishi natijasida soliq summalarini soliq to‘lovchi tomonidan to‘lamaganlik yoki to‘liq to‘lamaganlik, -
Ikkinchi qism. to‘lanmagan soliq summasining qirq foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ikki yuz yigirma yettinchi modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliqni to‘lamaslik yoki to‘liq to‘lamaslik.
Birinchi qism. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs bo‘lgan nazorat qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliq summalarini to‘lamaganlik yoki to‘liq to‘lamaganlik, -
Ikkinchi qism. nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasiga kiritilishi lozim bo‘lgan foydasiga nisbatan tegishincha foyda solig‘i bo‘yicha yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha to‘lanmagan soliq summasining yigirma foizi miqdorida, lekin o‘n million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ikki yuz yigirma yetti bir modda. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish.
Birinchi qism. Fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish -
Ikkinchi qism. realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Uchinchi qism. Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, -
To‘rtinchi qism. realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Izoh: to‘qqiz yuz yigirma yetti sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda.
