Transfert narxni belgilashda soliq nazorati
VI BO‘LIM · 6 bob · 1 171 test · 27 tuzilish testi
Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Yigirma beshinchi bob. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim.
Yuz to‘qson oltinchi modda. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim haqidagi umumiy qoidalar.
Birinchi qism. Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi (bundan buyon ushbu bobda soliq to‘lovchi deb yuritiladi) soliq solish maqsadida narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim (bundan buyon matnda narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim deb yuritiladi) tuzish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilishga haqli.
Ikkinchi qism. Soliq to‘lovchi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan, o‘zining amal qilishi muddati davomida soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimlarda narxlarni aniqlash va (yoki) narxlarni belgilash usullarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi bitim narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim deb hisoblanadi.
Uchinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning maqsadi soliq to‘lovchi tomonidan tuziladigan bitimlarda bozor narxlarini qo‘llashdan iboratdir.
To‘rtinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim predmeti quyidagilardan iborat:
Birinchi band. nazorat qilinadigan bitimlarning hamda o‘ziga nisbatan narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim tuziladigan tovarlarning (xizmatlarning) turlari va (yoki) ro‘yxatlari;
Ikkinchi band. soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash tartibi va (yoki) narxni belgilash usullarining (formulalarining) tavsifi hamda ularning qo‘llanilish tartibi;
Uchinchi band. bitimlar narxlarining narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiqligini aniqlashda foydalaniladigan axborot manbalarining ro‘yxati;
To‘rtinchi band. narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati;
Beshinchi band. narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning ro‘yxati, ularni taqdim etish tartibi va muddatlari.
Beshinchi qism. Taraflarning kelishuvi bo‘yicha boshqa shartlar ham narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim predmeti bo‘lishi mumkin.
Yuz to‘qson yettinchi modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning taraflari.
Birinchi qism. Soliq to‘lovchi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi nomidan uning rahbari (rahbar o‘rinbosari), agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflaridir.
Ikkinchi qism. Agar tashqi savdo bitimiga nisbatan narxlarni belgilash to‘g‘risida taraflardan hech bo‘lmaganda biri chet davlatning soliq rezidenti hisoblanib, bitim tuzish nazarda tutilsa, soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga bunday chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli organi ishtirokida narxni belgilash to‘g‘risida shunday bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat etishga haqli. Chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli organi ishtirokidagi bunday bitimni tuzish, basharti ushbu davlat bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish maqsadida shartnoma (bitim) tuzilsa, mumkin bo‘ladi. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bunday bitimlarni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Uchinchi qism. Agar bir turdagi nazorat qilinadigan bitimlar O‘zbekiston Respublikasining bir nechta o‘zaro bog‘liq yuridik shaxsi (yuridik shaxslar guruhi) o‘rtasida tuzilsa, mazkur yuridik shaxslar bilan narxni belgilash to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitim tuzilishi mumkin. Bunday bitimning shartlari ushbu bitimni tuzgan barcha yuridik shaxslar guruhiga nisbatan tatbiq etiladi.
To‘rtinchi qism. Ushbu Kodeksning tegishincha yuz to‘qson to‘qqiz va ikki yuzinchi moddalarida belgilangan tartibda narx belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzishda, uning shartlarini o‘zgartirishda va uning shartlari bajarilishi yuzasidan tekshirish o‘tkazishda yuridik shaxslar guruhining umumiy manfaatlarini ushbu guruhdan bitta yuridik shaxs ifodalashi mumkin. Bunday shaxsning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan ishonchnomalar bilan tasdiqlanadi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Beshinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzgan soliq to‘lovchi bitim qaysi shaxslar bilan tuzilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarni bunday bitim tuzilganligi fakti haqida va unda belgilangan, soliqqa tortish maqsadida qo‘llaniladigan narxni aniqlash tartibi to‘g‘risida xabardor qilishga haqli.
Yuz to‘qson sakkizinchi modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati.
Birinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim bitta bitim yoki ayni bir predmetga ega bo‘lgan bir nechta bitim (bir turdagi bitimlar guruhi) bo‘yicha uch yildan oshmaydigan muddatga tuzilishi mumkin.
Ikkinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning amal qilishi soliq to‘lovchi mazkur bitim kuchga kirgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan kalendar yilning birinchi sanasidan e’tiboran o‘tgan davrga nisbatan tatbiq etiladi.
Uchinchi qism. Soliq to‘lovchi, agar u narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning barcha shartlariga rioya etsa, narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilishga haqli.
To‘rtinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflarning kelishuviga ko‘ra ushbu Kodeksning yuz to‘qson to‘qqizinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda ikki yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Beshinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim, agar bevosita mazkur bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, bitim imzolangan yildan keyingi kalendar yilning birinchi yanvaridan e’tiboran kuchga kiradi.
Yuz to‘qson to‘qqizinchi modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish tartibi.
Birinchi qism. Soliq to‘lovchining narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish haqida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etilgan arizasiga soliq to‘lovchi tomonidan quyidagilar ilova qilinadi:
Birinchi band. narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim loyihasi;
Ikkinchi band. soliq to‘lovchining nazorat qilinadigan bitimlar bilan bog‘liq faoliyati haqidagi hujjatlar, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish taklif qilinayotgan nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi hujjatlar;
Uchinchi band. soliq to‘lovchi ta’sis hujjatlarining ko‘chirma nusxalari;
Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
Beshinchi band. soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan joydagi soliq organida soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yilganligi haqidagi guvohnomaning ko‘chirma nusxasi;
Oltinchi band. soliq to‘lovchining oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisoboti;
Yettinchi band. narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzishda ahamiyatga ega axborot mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar.
Ikkinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida sanab o‘tilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, erkin shaklda taqdim etiladi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, narx belgilash haqidagi bitim maqsadi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olishga haqli.
To‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchi tomonidan ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan arizani va boshqa hujjatlarni ular olingan kundan e’tiboran olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi. Mazkur muddat to‘qqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
Beshinchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish asoslari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Oltinchi qism. Ushbu moddaning birinchi - uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Birinchi band. narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish haqidagi qaror;
Ikkinchi band. narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qaror;
Uchinchi band. narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim loyihasini maromiga yetkazish zarurligi haqidagi qaror.
Yettinchi qism. Tegishli qaror soliq to‘lovchiga (uning vakiliga) qabul qilingan sanadan e’tiboran besh kun ichida yuboriladi.
Sakkizinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish haqidagi qaror qabul qilingan taqdirda, qarorda bitim imzolangan joy, sana va vaqt ko‘rsatiladi.
To‘qqizinchi qism. Takroran taqdim etilgan bitim loyihasi bo‘yicha qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi.
O‘ninchi qism. Quyidagilar narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzishni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi, xususan:
Birinchi band. ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning taqdim etilmaganligi yoki to‘liq hajmda taqdim etilmaganligi;
Ikkinchi band. narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim loyihasida taklif etilgan narxlarni aniqlash tartibini va (yoki) narxni belgilash usullarini qo‘llash natijasida bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligi ta’minlanmasligi haqidagi asoslantirilgan xulosa.
O‘n birinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risida tuzilgan bitimning ko‘chirma nusxasi soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga ushbu bitim imzolangan kundan e’tiboran uch kun ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yuboriladi.
O‘n ikkinchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etilgan narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish haqidagi arizani uning o‘zi chaqirib olishi mumkin.
O‘n uchinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
Ikki yuzinchi modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning bajarilishini tekshirish.
Birinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning soliq to‘lovchi tomonidan bajarilishini tekshirish ushbu Kodeksning yigirma to‘rtinchi bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ikkinchi qism. Agar soliq to‘lovchi o‘zi tuzgan narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning barcha shartlariga rioya qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mazkur bitimda narxlari (narxlarni aniqlash usullari) kelishilgan nazorat qilinadigan bitimlarga nisbatan soliqlarning, penyalarning yoki jarimalarning qo‘shimcha hisoblanishini yoxud zarar summalarini kamaytirishni nazarda tutadigan qarorni qabul qilishga haqli emas.
Ikki yuz birinchi modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tugatish tartibi.
Birinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim uning amal qilish muddati o‘tganidan keyin tugatiladi yoki ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Ikkinchi qism. Soliq to‘lovchi narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni uning amal qilishi muddati davomida soliqlarning to‘liq to‘lanmasligini keltirib chiqargan holda buzgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) qaroriga ko‘ra ushbu bitim muddatidan oldin tugatiladi.
Uchinchi qism. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim taraflarning kelishuviga yoki sudning qaroriga ko‘ra ham muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
To‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tugatish haqidagi qarori soliq to‘lovchiga (uning vakiliga) undan tilxat olingan holda topshiriladi yoki unga qaror olingan sana to‘g‘risida dalolat beruvchi boshqa usul bilan beriladi yoxud soliq to‘lovchiga tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Beshinchi qism. Soliq to‘lovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan qaror ushbu buyurtma xat yuborilgan kundan e’tiboran besh kun o‘tgach olingan deb hisoblanadi.
Oltinchi qism. Soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tugatish haqidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikki yuz ikkinchi modda. Narxni belgilash to‘g‘risidagi bitim shartlarining barqarorligi.
Birinchi qism. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik o‘zgartirilganda narxni belgilash haqidagi bitimning narxni belgilash to‘g‘risida bitim tuzish, unga o‘zgartishlar kiritish va uning amal qilishini tugatishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish qismiga taalluqli shartlari o‘zgarishsiz qoladi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliq to‘lovchining faoliyatiga va narx belgilashga ta’sir qiluvchi o‘zgartirishlar bo‘lgan taqdirda, bitim taraflari narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimning matniga tegishli o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
