Transfert narxni belgilashda soliq nazorati

VI BO‘LIM · 6 bob · 1 171 test · 27 tuzilish testi

21-bob · 180–182 moddalar

Nazorat qilinadigan bitimlar

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Yigirma birinchi bob. Nazorat qilinadigan bitimlar. Yuz saksoninchi modda. O‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar. Birinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida, ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti bo‘lgan o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitim quyidagi holatlardan hech bo‘lmaganda bittasi mavjud bo‘lganda nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etiladi: Birinchi band. mazkur shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha tegishli kalendar yildagi daromadlar summasi (bitimlar narxlarining summasi) besh milliard so‘mdan oshsa; Ikkinchi band. bitimning hech bo‘lmaganda bitta tarafi maxsus soliq rejimini qo‘llasa yoki maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi bo‘lsa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida maxsus soliq rejimlarini qo‘llamaydigan shaxs bo‘lsa; Uchinchi band. bitimning hech bo‘lmaganda bitta tarafi foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa, pasaytirilgan soliq stavkasini yoki boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llasa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida bunday soliqni to‘lashdan ozod etilmagan va imtiyozlarni qo‘llamaydigan shaxs bo‘lsa; To‘rtinchi band. bitimning taraflaridan biri tomonidan qazib olingan foydali qazilma bitim predmeti bo‘lsa, agar ushbu foydali qazilmaga nisbatan yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning advalor soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa. Uchinchi qism. Ushbu moddaning ikkinchi qismi ikkinchi – to‘rtinchi bandlarida nazarda tutilgan bitimlar, agar mazkur shaxslar o‘rtasidagi bitimlar bo‘yicha daromadlarning tegishli kalendar yildagi summasi besh yuz million so‘mdan ortiq bo‘lsa. To‘rtinchi qism. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) birinchi sotuvchisi va oxirgi xaridori bilan o‘zaro aloqador bo‘lmagan shaxslar ishtirokida (vositachiligida) tuziladigan bitimlar ketma-ketligi yoki majmui, agar mazkur sotuvchi va xaridor o‘zaro aloqador shaxslar bo‘lsa, ushbu Kodeks maqsadida o‘zaro aloqador shaxslar o‘rtasidagi bitimga tenglashtiriladi. Bunday hollarda, o‘z ishtirokida (vositachiligida) bitimlarning mazkur ketma-ketligi yoki majmui amalga oshiriladigan uchinchi shaxslarning mavjudligi e’tiborga olinmaydi. Beshinchi qism. Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan qoida, basharti bitimlarning mazkur ketma-ketligida yoki majmuida ishtirok etuvchi bunday uchinchi shaxslar: Birinchi band. bitimlarning ushbu ketma-ketligida yoki majmuida hech qanday qo‘shimcha vazifalarni bajarmasa, bundan tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish mustasno; Ikkinchi band. o‘z zimmasiga hech qanday tavakkalchiliklarni qabul qilmasa va tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish uchun hech qanday aktivlardan foydalanmasa, qo‘llaniladi. Oltinchi qism. Ushbu modda maqsadida kalendar yil uchun bitimlar bo‘yicha daromadlar summasi bir shaxs (o‘zaro aloqador shaxslar) bilan tuzilgan shunday bitimlar bo‘yicha kalendar yilda olingan daromadlar summasini foyda solig‘i uchun belgilangan daromadlarni e’tirof etish tartibini hisobga olgan holda qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Yettinchi qism. Nazorat qilinadigan bitimlardagi daromadlarni soliq solish maqsadida aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bunday bitimlarni yoki jami shunday bitimlarni (bundan buyon ushbu bo‘limda tahlil etiladigan bitim deb yuritiladi) taraflari mustaqil shaxslar bo‘lgan bitta yoki bir nechta bitim (bundan buyon ushbu bo‘limda taqqoslanadigan bitimlar deb yuritiladi) bilan taqqoslashni amalga oshiradi. Bunday taqqoslash ushbu bo‘limda nazarda tutilgan transfert narx belgilash chog‘ida daromadlarni aniqlash uslublarini tanlash va ularni keyinchalik qo‘llash maqsadida amalga oshiriladi. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Sakkizinchi qism. Bitimlar bo‘yicha daromadlar summasini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bitimlar bo‘yicha olingan daromadlar summasini ularning bozordagi darajasiga muvofiqligini ushbu Kodeksning yigirma ikki va yigirma uchinchi boblari qoidalarini inobatga olgan holda tekshirishga haqli. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. To‘qqizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining arizasiga ko‘ra, sud bitimni mazkur bitimning ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab bo‘ladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etishi mumkin. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. O‘ninchi qism. Foizsiz qarz (mablag‘lar) berish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasida tuzilgan bitimlar, agar bunday bitimlarda ishtirok etuvchi barcha taraflar va foyda oluvchilar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari hisoblansa hamda ushbu qarz shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida bajarilsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etilmaydi. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Yuz sakson birinchi modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari. Birinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, nazorat qilinadigan bitimlar deb quyidagilar e’tirof etiladi: Birinchi band. jahon birja savdosi tovarlarining tashqi savdosi sohasidagi bitimlar; Ikkinchi band. taraflaridan birining ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi, yashash joyi yoki soliq rezidentligi joyi ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs hisoblanadigan bitimlar. Ikkinchi qism. Agar bunda O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining faoliyati ofshor yurisdiksiyada doimiy muassasani tashkil etsa va nazorat qilinadigan bitim ushbu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lsa, ushbu bitim qismida mazkur yuridik shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazilish joyi ushbu ofshor yurisdiksiya bo‘lgan shaxs sifatida qaraladi. Uchinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida soliq solish bo‘yicha imtiyozli rejimni taqdim etadigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etishni hamda taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlar ofshor yurisdiksiyalar deb e’tirof etiladi. To‘rtinchi qism. Ofshor yurisdiksiyalarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tasdiqlanadi. Beshinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismi birinchi bandida nazarda tutilgan bitimlar, agar bunday bitimlarning predmeti quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga kiruvchi tovarlar bo‘lsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb e’tirof etiladi: Birinchi band. rangli metallar; Ikkinchi band. qimmatbaho metallar; Uchinchi band. mineral o‘g‘itlar; To‘rtinchi band. uglevodorod xom ashyosi va neft mahsulotlari; Beshinchi band. paxta tolasi va kalava ip. Oltinchi qism. Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab o‘tilgan tovarlarning kodlarini Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi belgilaydi. Yettinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining arizasiga ko‘ra sud bitimni ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab bo‘ladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda ham nazorat qilinadigan bitim deb e’tirof etishi mumkin. Yuz sakson ikkinchi modda. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnoma. Birinchi qism. Soliq to‘lovchilar soliq organlarini kalendar yilda o‘zlari tuzgan, ushbu Kodeksning yuz sakson va yuz sakson birinchi moddalarida ko‘rsatilgan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risida xabardor qilishi shart. Ikkinchi qism. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘zi hisobda turgan joydagi soliq organiga nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yilga oid yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay yuboriladigan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomalarda ko‘rsatiladi. Uchinchi qism. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda quyidagi axborot bo‘lishi kerak: Birinchi band. tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilayotgan kalendar yil; Ikkinchi band. bitimlarning predmeti; Uchinchi band. bitimlarning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar: A kichik band. yuridik shaxsning to‘liq nomi va uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (agar yuridik shaxs O‘zbekiston Respublikasining soliq organlarida hisobda tursa); B kichik band. yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va uning soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; V kichik band. yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lmagan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqaroligi; To‘rtinchi band. narxlari tartibga solinishi lozim bo‘lgan bitimlar bo‘yicha daromadlar (xarajatlar) summalarini ajratgan holda nazorat qilinadigan bitimlar bo‘yicha olingan daromadlarning summasi va (yoki) qilingan xarajatlarning (ko‘rilgan zararning) summasi. Ushbu qismda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bir turdagi bitimlarning guruhi bo‘yicha tayyorlanishi mumkin. To‘rtinchi qism. Soliq to‘lovchi nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risida taqdim etilgan xabarnomada ma’lumotlarning to‘liq emasligi, ularni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar yoki xatolar aniqlanganda aniqlashtirilgan xabarnomani yuborishga haqli. Beshinchi qism. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnoma soliq organiga belgilangan shakl bo‘yicha qog‘ozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. Oltinchi qism. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomaning shaklini, shuningdek uni to‘ldirish va nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomani elektron shaklda taqdim etish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yettinchi qism. Nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi xabarnomani olgan soliq organi u olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu xabarnomani O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga elektron shaklda yuboradi. Sakkizinchi qism. Agar soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini o‘tkazishda soliq organi ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ma’lumotlar taqdim etilmagan nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi faktini aniqlagan bo‘lsa, soliq organi aniqlangan faktlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga mustaqil tarzda xabar qiladi va o‘zi olgan bunday bitimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi. To‘qqizinchi qism. Soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini o‘tkazayotgan soliq organi xabarnoma yuborilgan sanadan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay xabarnoma va tegishli ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuborilganligi to‘g‘risida soliq to‘lovchiga xabar qilishi shart. O‘ninchi qism. Xabarnomaning shaklini va uni yuborish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi. O‘n birinchi qism. Soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organi tomonidan nazorat qilinadigan bitimlar to‘g‘risidagi o‘zi tomonidan olingan ma’lumotlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga yuborilishi bunday tekshiruvni davom ettirish va (yoki) tugatish hamda tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra qaror chiqarish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Savol berish