Soliq nazorati

V BO‘LIM · 3 bob · 1 184 test · 42 tuzilish testi

19-bob · 169–175 moddalar

Soliq monitoringi

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

O‘n to‘qqizinchi bob. Soliq monitoringi. Yuz oltmish to‘qqizinchi modda. Soliq monitoringi to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Birinchi qism. Quyidagilar soliq monitoringining predmetidir: soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etish, o‘ziga nisbatan soliq monitoringi o‘tkazilayotgan yuridik shaxs tomonidan soliqlar va yig‘imlarni hisoblashning to‘g‘riligi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazib berilganligi). Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. Soliq monitoringi ushbu Kodeksga muvofiq yuridik shaxs qaysi soliqlar va yig‘imlarga nisbatan soliq to‘lovchi yoki soliq agenti bo‘lsa, barcha shunday soliqlar va yig‘imlarni qamrab oladi. Uchinchi qism. Soliq to‘lovchilar uchun soliq monitoringi ixtiyoriydir. To‘rtinchi qism. Soliq monitoringi soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror asosida soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Beshinchi qism. Yuridik shaxs, agar uning oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlariga ko‘ra kamida besh milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan soliq organiga murojaat qilishga haqli. Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Oltinchi qism. Yuridik shaxs soliq organiga soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etgan yildan keyingi kalendar yil soliq monitoringi o‘tkaziladigan davrdir. Yettinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish soliq monitoringi o‘tkaziladigan yilning birinchi yanvaridan boshlanadi va soliq monitoringi o‘tkazilgan davrdan keyingi yilning birinchi iyulida tugallanadi. Yuz yetmishinchi modda. Axborotga doir hamkorlik reglamenti. Birinchi qism. Soliq monitoringida ishtirok etuvchi yuridik shaxs va soliq organi o‘rtasidagi axborotga doir hamkorlik reglament asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi qism. Axborotga doir hamkorlik reglamentida soliqlar hamda yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash (ushlab qolish va o‘tkazib berish) uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlarni (axborotni) soliq organiga elektron shaklda taqdim etish tartibi va (yoki) ko‘rsatilgan hujjatlar (axborot) mavjud bo‘lgan yuridik shaxsning axborot tizimlariga kirish tartibi aks ettiriladi. Uchinchi qism. Yuridik shaxs axborotga doir hamkorlik tartibini mustaqil ravishda tanlashga haqli. To‘rtinchi qism. Yuridik shaxs axborotga doir hamkorlik reglamentida: Birinchi band. buxgalteriya (soliq) hisobi registrlarida daromad va xarajatlar, soliq solish obyektlarini aks ettirish tartibini; Ikkinchi band. soliq hisobining tahliliy registrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni; Uchinchi band. soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazib berilganligi) ustidan ichki nazorat tizimi to‘g‘risidagi axborotni ko‘rsatadi. Beshinchi qism. Ichki nazorat tizimi to‘g‘risidagi axborot bunday tizim mavjud bo‘lgan taqdirda taqdim etiladi. Oltinchi qism. Axborotga doir hamkorlik reglamentining shaklini va unga doir talablarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi. Yuz yetmish birinchi modda. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror. Birinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza soliq monitoringi o‘tkaziladigan davrdan oldingi yilning birinchi iyulidan kechiktirmay hisobga olish joyidagi soliq organiga yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi. Ikkinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaning shaklini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasdiqlaydi. Uchinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan birga quyidagilar taqdim etiladi: Birinchi band. belgilangan shakl bo‘yicha axborotga doir hamkorlik reglamenti; Ikkinchi band. soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etgan yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etadigan hamda bunday ishtirok ulushi yigirma besh foizni tashkil etadigan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborot; Uchinchi band. soliq solish maqsadi uchun amaldagi hisob siyosati. To‘rtinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risida ariza taqdim etgan yuridik shaxs soliq organi tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish yoki uni o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar chaqirib olish haqidagi yozma ariza asosida uni chaqirib olishi mumkin. Beshinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza chaqirib olingan taqdirda berilgan deb hisoblanmaydi. Oltinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi arizani va ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni (axborotni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) ariza berilgan yilning birinchi noyabriga qadar quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: Birinchi band. soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni; Ikkinchi band. soliq monitoringini o‘tkazishni rad etish haqidagi qarorni. Yettinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qaror asoslantirilgan bo‘lishi kerak. Sakkizinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asosdir: Birinchi band. ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) taqdim etmaslik yoki to‘liq hajmda taqdim etmaslik; Ikkinchi band. ushbu Kodeksning yuz oltmish to‘qqizinchi moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etmaslik; Uchinchi band. axborotga doir hamkorlik reglamentining belgilangan shakl va talablarga nomuvofiqligi. To‘qqizinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror (soliq monitoringini o‘tkazishni rad etish haqidagi qaror) qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida arizachiga yuboriladi. Yuz yetmish ikkinchi modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish. Birinchi qism. Soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi: Birinchi band. axborotga doir hamkorlik reglamenti yuridik shaxs tomonidan ijro etilmaganda, agar bunday ijro etmaslik soliq monitoringini o‘tkazish uchun to‘siq bo‘lgan bo‘lsa; Ikkinchi band. soliq organi tomonidan soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida yuridik shaxs tomonidan ishonchli bo‘lmagan axborot taqdim etilganligi fakti aniqlanganda; Uchinchi band. soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida ushbu Kodeksning yuz yetmish uchinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlar (axborot), tushuntirishlar soliq organiga muntazam ravishda (ikki marta va undan ortiq) taqdim etilmaganda. Ikkinchi qism. Soliq organi ushbu moddaning birinchi bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan kundan e’tiboran o‘n kun ichida, lekin soliq monitoringi o‘tkazilayotgan davrdan keyingi yilning birinchi iyunidan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida yozma shaklda xabardor qiladi. Yuz yetmish uchinchi modda. Soliq monitoringini o‘tkazish tartibi. Birinchi qism. Soliq monitoringi soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan o‘z xizmat majburiyatlariga muvofiq soliq organi joylashgan yer bo‘yicha o‘tkaziladi. Ikkinchi qism. Agar soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar o‘rtasida ziddiyatlar yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hamda soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar o‘rtasida nomuvofiqliklar aniqlansa, soliq organi bu haqda zarur tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan yuridik shaxsga xabar qiladi. Bunday tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi, tuzatishlar esa o‘n kun davomida kiritiladi. Uchinchi qism. Agar taqdim etilgan tushuntirishlar ko‘rib chiqilganidan keyin yoki ular mavjud bo‘lmagan taqdirda soliq organi soliqlar yoki yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganligi (o‘tkazilmaganligi) to‘g‘risida dalolat beruvchi faktni aniqlasa, soliq organi ushbu Kodeksning yuz yetmish to‘rtinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan fikrini tuzishi shart. To‘rtinchi qism. Soliq monitoringi o‘tkazilayotganda soliq organi soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazilganligi) bilan bog‘liq bo‘lgan zarur hujjatlarni (axborotni), tushuntirishlarni yuridik shaxsdan talab qilib olishga haqlidir. Beshinchi qism. Talab qilinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi, telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi yoki axborotga doir hamkorlik reglamentida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin. Oltinchi qism. Hujjatlarni qog‘oz shaklida taqdim etish yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yettinchi qism. Soliq organining talabiga ko‘ra telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron shaklda hujjatlar taqdim etish to‘g‘risidagi talabnomani yuborish va hujjatlarni taqdim etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Izoh: yetti yuz ellik sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Sakkizinchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazishda ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq talab qilingan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan tegishli talabnoma olingan kundan e’tiboran besh kun ichida taqdim etiladi. To‘qqizinchi qism. Agar talabnomani belgilangan muddatda ijro etish imkoni bo‘lmasa, yuridik shaxs talabnoma olingan kundan keyingi kun davomida soliq organining soliq monitoringini o‘tkazuvchi mansabdor shaxslarini uni ijro etish imkoni yo‘qligi to‘g‘risida sabablarini hamda u talab etilayotgan hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni qaysi muddatlar ichida taqdim etishi mumkin bo‘lsa, o‘sha muddatlarni ko‘rsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. Soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) mazkur bildirishnoma asosida u olingan kundan e’tiboran ikki kun ichida hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirishga yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli bo‘lib, bu haqda alohida qaror chiqariladi. O‘ninchi qism. Soliq monitoringini o‘tkazish davomida soliq organi yuridik shaxs tomonidan ilgari soliq organiga tasdiqlangan ko‘chirma nusxalar ko‘rinishida taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas. Yuz yetmish to‘rtinchi modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri. Birinchi qism. Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq organining soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligi (o‘tkazilganligi) masalalariga doir nuqtai nazarini ifodalaydi. Ikkinchi qism. Soliq organi soliq monitoringini o‘tkazish chog‘ida o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki yuridik shaxsning so‘roviga binoan asoslantirilgan fikr tuzadi. Uchinchi qism. Asoslantirilgan fikr soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) imzosi bilan yuridik shaxsga yuboriladi. To‘rtinchi qism. Soliq organi asoslantirilgan fikrining shakli va uni tuzishga doir talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Izoh: yetti yuz ellik sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Beshinchi qism. Agar soliq monitoringi o‘tkazilayotganda yuridik shaxs tomonidan soliqlar va yig‘imlar noto‘g‘ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to‘liq yoki o‘z vaqtida to‘lanmaganligi (o‘tkazilmaganligi) to‘g‘risida dalolat beruvchi fakt aniqlangan bo‘lsa, soliq organining asoslantirilgan fikri tuziladi. Oltinchi qism. Soliq organining asoslantirilgan fikri tuzilgan kundan e’tiboran besh kun ichida yuridik shaxsga yuboriladi. Yettinchi qism. Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq monitoringini o‘tkazish muddati tugaguniga qadar kamida uch oy oldin tuzilishi mumkin. Sakkizinchi qism. Asoslantirilgan fikr taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov yuridik shaxs tomonidan xo‘jalik faoliyatining sodir etilgan faktlari natijalariga ko‘ra soliq monitoringi o‘tkaziladigan davr uchun soliqlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblab chiqarilganligiga (ushlab qolinganligiga), to‘liq va o‘z vaqtida to‘langanligiga (o‘tkazilganligiga) nisbatan shubhalar mavjud bo‘lganda yoki ushbu masalalar yuzasidan noaniqliklar bo‘lgan taqdirda soliq organiga yuboriladi. To‘qqizinchi qism. Asoslantirilgan fikr taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovda yuridik shaxsning mazkur masalalarga doir nuqtai nazari bayon etiladi. O‘ninchi qism. Asoslantirilgan fikr taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov soliq monitoringi davridan keyingi yilning birinchi iyunidan kechiktirmay yuborilishi mumkin. O‘n birinchi qism. Yuridik shaxsning so‘rovi bo‘yicha soliq organining asoslantirilgan fikri ushbu yuridik shaxsga mazkur so‘rov olingan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida yuborilishi kerak. Bu muddat soliq organi tomonidan ushbu yuridik shaxsdan yoki boshqa shaxslardan asoslantirilgan fikrni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish uchun bir oyga uzaytirilishi mumkin. O‘n ikkinchi qism. Soliq organi asoslantirilgan fikrni yuborish muddatini uzaytirish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida yuridik shaxsga yozma shaklda xabar qiladi. O‘n uchinchi qism. Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga roziligi to‘g‘risida shu asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ilova qilgan holda asoslantirilgan fikr olingan kundan e’tiboran bir oy ichida xabardor qiladi. O‘n to‘rtinchi qism. Yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni soliq organining buxgalteriya (soliq) hisobidagi va soliq hisobotidagi asoslantirilgan fikrda bayon etilgan nuqtai nazarini e’tiborga olish orqali, aniqlashtirilgan soliq hisobotini berish orqali yoki boshqa usulda bajaradi. O‘n beshinchi qism. Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga rozi bo‘lmagan taqdirda, u olingan kundan e’tiboran bir oy ichida soliq organiga o‘z e’tirozlarini taqdim etadi. Mazkur e’tirozlarni olgan soliq organi ular olingan kundan e’tiboran uch kun ichida bu e’tirozlarni o‘zida mavjud bo‘lgan barcha materiallar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘zaro kelishuv tartib-taomili tashabbusi bilan chiqish uchun yuborishi shart. O‘n oltinchi qism. Soliq organi soliq monitoringi tugagan sanadan e’tiboran ikki oydan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini o‘tkazish jarayonida ushbu yuridik shaxsga yuborilgan, bajarilmagan asoslantirilgan fikrlar mavjudligi (mavjud emasligi) to‘g‘risida xabardor qiladi. Yuz yetmish beshinchi modda. O‘zaro kelishuv tartib-taomili. Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu Kodeksning yuz yetmish to‘rtinchi moddasi o‘n beshinchi qismiga muvofiq soliq organi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar va materiallar olinganidan keyin o‘zaro kelishuv tartib-taomilini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqadi. Ikkinchi qism. O‘zaro kelishuv tartib-taomili asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organi va e’tirozlarni taqdim etgan yuridik shaxs (uning vakili) ishtirokida, soliq organi tomonidan taqdim etilgan e’tirozlar va boshqa materiallar olingan kundan e’tiboran bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbari (rahbarining o‘rinbosari) tomonidan o‘tkaziladi. Uchinchi qism. O‘zaro kelishuv tartib-taomili natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi asoslantirilgan fikr o‘zgartirilganligi yoki o‘zgarishsiz qoldirilganligi to‘g‘risida yuridik shaxsni xabardor qiladi. To‘rtinchi qism. Asoslantirilgan fikrni o‘zgartirish yoki o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi bildirishnomani O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbari (rahbarining o‘rinbosari) imzolaydi. Beshinchi qism. Bildirishnoma u tuzilgan kundan e’tiboran uch kun ichida yuridik shaxsga beriladi yoki yuboriladi. Oltinchi qism. Asoslantirilgan fikrni o‘zgartirish yoki uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risidagi bildirishnoma olingan kundan e’tiboran bir oy ichida yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini asoslantirilgan fikrga rozi ekanligi (rozi emasligi) haqida mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ilova qilgan holda xabardor qiladi.
Savol berish