Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish

IX BO‘LIM · 1 bob · 172 test · 0 tuzilish testi

30-bob · 230–236 moddalar

Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

O‘ttizinchi bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi. Ikki yuz o‘ttizinchi modda. Shikoyat berish huquqi. Birinchi qism. Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu shaxsning fikriga ko‘ra bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga ega. Ikkinchi qism. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka yoki idoraviy normativ hujjatlarga muvofiq tuzilgan, soliq organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan hujjat soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati deb e’tirof etiladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi qism. Soliq organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. To‘rtinchi qism. Soliq organining sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ushbu qaror bo‘yicha soliqlarning va moliyaviy sanksiyalarning undirilgan (to‘langan) summalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu summalar undirilgan (to‘langan) davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda qaytarilishi (hisobga olinishi) lozim. Ikki yuz o‘ttiz birinchi modda. Shikoyat berish tartibi. Birinchi qism. Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Ikkinchi qism. Shaxsning soliq organiga yoki sudga soliq organining kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga ko‘ra mazkur hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb e’tirof etiladi. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Uchinchi qism. Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat bo‘yicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va yig‘imlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishini to‘xtatib turadi. Soliq to‘lovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan bo‘lsa, o‘sha organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi to‘g‘risida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan, shikoyatlarni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qabul qilingan hujjatlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga ham shikoyat qilinishi mumkin. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Beshinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinadi. Oltinchi qism. Yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat bergan shaxs shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinishiga qadar uni ko‘rib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yo‘li bilan shikoyatni to‘liq yoki qisman chaqirib olishi mumkin. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Yettinchi qism. Yuqori turuvchi soliq organidan shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni o‘sha asoslarda shikoyat bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etadi. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Sakkizinchi qism. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Ikki yuz o‘ttiz ikkinchi modda. Soliq tekshiruvlari natijalari bo‘yicha qabul qilingan soliq organlarining qarorlari ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat berish tartibi va muddatlari. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Birinchi qism. Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi. Ikkinchi qism. Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart. Uchinchi qism. Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs o‘z huquqlari buzilganligi to‘g‘risida bilgan yoki bilishi kerak bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin. To‘rtinchi qism. Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘yicha yuqori turuvchi soliq organi tomonidan tiklanishi mumkin. Ikki yuz o‘ttiz uchinchi modda. Yuqori turuvchi soliq organiga beriladigan shikoyatning shakli va mazmuni. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Birinchi qism. Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar soliq organiga yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin. Ikkinchi qism. Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Uchinchi qism. Shikoyatda quyidagilar ko‘rsatiladi: Birinchi band. jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda yashash joyi yoki shikoyat berayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili; Ikkinchi band. soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilayotgan shikoyat; Uchinchi band. soliq organining nomi, normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjat, ustidan shikoyat berilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi); To‘rtinchi band. shikoyat berayotgan shaxs o‘zining huquqlari qaysi asoslarga ko‘ra buzilgan deb hisoblasa, o‘sha asoslar; Beshinchi band. shikoyat berayotgan shaxsning talablari. To‘rtinchi qism. Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilishi mumkin. Beshinchi qism. Shikoyat soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati, uning mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berayotgan shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Oltinchi qism. Shikoyatga shikoyat berayotgan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Ikki yuz o‘ttiz to‘rtinchi modda. Yuqori turuvchi soliq organi tomonidan shikoyatni ko‘rmasdan qoldirish. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Birinchi qism. Yuqori turuvchi soliq organi, agar quyidagilarni aniqlagan bo‘lsa, shikoyatni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldiradi: Ikkinchi qism. shikoyat shikoyatni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanmagan bo‘lsa yoxud vakilning shikoyatni imzolash uchun vakolatlarini tasdiqlovchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa; Uchinchi qism. shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilgan va uni tiklash to‘g‘risidagi iltimosnomani o‘z ichiga olmagan bo‘lsa yoki shikoyat berish uchun o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan bo‘lsa; To‘rtinchi qism. shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinishiga qadar shikoyatni bergan shaxs nomidan shikoyatni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan bo‘lsa; Beshinchi qism. ilgari aynan o‘sha asoslar bo‘yicha shikoyat berilgan bo‘lsa; Oltinchi qism. shikoyat soliq organining ushbu Kodeksga muvofiq belgilangan tartibda ilgari shikoyat qilingan qarori ustidan berilgan bo‘lsa; Yettinchi qism. shikoyat ushbu Kodeksning ikki yuz o‘ttiz ikkinchi moddasida belgilangan tartib buzilgan holda berilgan bo‘lsa; Sakkizinchi qism. shikoyat ushbu Kodeksning ikki yuz o‘ttiz uchinchi moddasi talablariga muvofiq rasmiylashtirilmagan bo‘lsa; To‘qqizinchi qism. shikoyat qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida yoki soliq to‘lovchi sudga shikoyat masalasi bo‘yicha murojaat qilganda berilgan bo‘lsa. O‘ninchi qism. Shikoyatni ko‘rib chiqayotgan soliq organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni to‘liq yoki qisman chaqirib olish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan e’tiboran besh kun ichida shikoyatni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi. O‘n birinchi qism. Qabul qilingan qaror to‘g‘risida shikoyatni bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar beriladi. O‘n ikkinchi qism. Shikoyatni ko‘rmasdan qoldirish shaxsning shikoyat berish uchun ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda shikoyat bilan takroran murojaat qilishiga monelik qilmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha shikoyatni ko‘rmasdan qoldirish hollari mustasno. Ikki yuz o‘ttiz beshinchi modda. Yuqori turuvchi soliq organi tomonidan shikoyatni ko‘rib chiqish. Izoh: to‘qqiz yuz o‘n sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. Birinchi qism. Shikoyatni ko‘rib chiqish davomida uni bergan shaxs o‘z dalillarini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli. Ikkinchi qism. Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni, uni bergan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyat ko‘rib chiqilishi davomida taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlarni, shuningdek quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi. Uchinchi qism. Shikoyatni ko‘rib chiquvchi soliq organi o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin. To‘rtinchi qism. Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi: Beshinchi qism. shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldiradi; Oltinchi qism. soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatini bekor qiladi; Yettinchi qism. soliq organining qarorini to‘liq yoki qisman bekor qiladi; Sakkizinchi qism. soliq organining qarorini to‘liq bekor qiladi va ish yuzasidan yangi qaror qabul qiladi; To‘qqizinchi qism. soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb e’tirof etadi va ishning mohiyati bo‘yicha qaror chiqaradi. O‘ninchi qism. Agar shikoyat bergan shaxs shikoyat bo‘yicha qaror qabul qilinishiga qadar ushbu shikoyatni ko‘rib chiqish davomida taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlarni qarori ustidan shikoyat berilgan soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etish mumkin bo‘lmagan sabablar bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etgan bo‘lsa, bu qo‘shimcha hujjatlar yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur qoida ushbu Kodeksning yuz ellik to‘qqiz yoki yuz oltmish oltinchi moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat berilganda qo‘llaniladi. O‘n birinchi qism. Yuqori turuvchi soliq organi, agar shikoyatni ko‘rib chiqish natijasida soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish tartib-taomilining muhim shartlari buzilganligi aniqlangan bo‘lsa, ushbu Kodeksning yuz ellik to‘qqiz yoki yuz oltmish oltinchi moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorni bekor qilishga haqlidir. O‘n ikkinchi qism. Yuqori turuvchi soliq organi qarorni bekor qilib, ko‘rsatilgan materiallarni, shikoyat bergan shaxsning vajlarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyatni ko‘rib chiqish davomida taqdim etilgan qo‘shimcha hujjatlarni va ushbu Kodeksning tegishincha yuz ellik to‘qqiz yoki yuz oltmish oltinchi moddalarida nazarda tutilgan tartibda quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi hamda ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan qarorni qabul qiladi. O‘n uchinchi qism. Ushbu Kodeksning yuz ellik to‘qqizinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror ustidan berilgan shikoyat bo‘yicha qaror, soliq auditi natijalari bo‘yicha soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) qo‘shimcha hisoblangan soliqlarni to‘lash to‘g‘risidagi qaror shikoyat olingan sanadan e’tiboran bir oy ichida yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etganda uzaytirilishi, biroq o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. O‘n to‘rtinchi qism. Ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko‘rsatilmagan shikoyat bo‘yicha qaror soliq organi tomonidan shikoyat olingan sanadan e’tiboran o‘n besh kun ichida qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qo‘shimcha hujjatlar taqdim etganda uzaytirilishi, biroq o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. O‘n beshinchi qism. Soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) shikoyatni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi. O‘n oltinchi qism. Soliq organining shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi. Ikki yuz o‘ttiz oltinchi modda. Sudlar tomonidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish. Birinchi qism. Soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va hal etiladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. MAXSUS QISM
Savol berish