Soliq majburiyatini bajarish

III BO‘LIM · 7 bob · 1 475 test · 42 tuzilish testi

9-bob · 85–88 moddalar

Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

To‘qqizinchi bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari. Sakson beshinchi modda. Soliq majburiyati. Birinchi qism. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir. Ikkinchi qism. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o‘ziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi. Uchinchi qism. Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi, o‘zgartiriladi va tugatiladi. To‘rtinchi qism. Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq to‘lovchiga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan ushbu soliqni to‘lashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran yuklatiladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Sakson oltinchi modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati. Birinchi qism. Soliq to‘lovchi o‘zining soliq majburiyatini, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda bajaradi. Ikkinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunda soliq to‘lovchi uning soliq majburiyati o‘zga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi natijasida olgan moddiy naf soliq solish maqsadlarida shu soliq to‘lovchining daromadi deb e’tirof etilmaydi. O‘zga shaxs o‘zi tomonidan soliq to‘lovchi uchun to‘langan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli emas. Uchinchi qism. Soliq majburiyati soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan muddatda bajarilishi kerak. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, o‘n kunlik va kun) o‘tishi bilan belgilanadi. Beshinchi qism. Muddatning o‘tishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qo‘yilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish muddatining so‘nggi kuni soat yigirma to‘rtga qadar bajarilishi kerak. Oltinchi qism. Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Yettinchi qism. Soliq to‘lovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli. Sakkizinchi qism. Soliq majburiyatini bajarish muddati ushbu Kodeksning to‘qson yettinchi – yuz ikkinchi moddalarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgartirilishi mumkin. To‘qqizinchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini to‘lash to‘g‘risida talabnoma yuborilishi uchun asos bo‘ladi. O‘ninchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq organlari ushbu majburiyatning majburiy tartibda bajarilishi yuzasidan ushbu Kodeksning o‘n beshinchi bobida nazarda tutilgan choralarni ko‘rishi va (yoki) uning bajarilishini ta’minlashga doir ushbu Kodeksning o‘n uchinchi bobida nazarda tutilgan choralarni qo‘llashi shart. Sakson yettinchi modda. Soliq majburiyatining tugatilishi. Birinchi qism. Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi - to‘rtinchi qismlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, quyidagi hollarda tugatiladi: Ikkinchi qism. soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘langanda yoki soliq agenti tomonidan o‘tkazib berilganda; Uchinchi qism. soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan bog‘liq boshqa holatlar yuzaga kelganda. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: Beshinchi qism. mazkur shaxs vafot etganda; Oltinchi qism. uni vafot etgan deb e’lon qilish to‘g‘risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda. Yettinchi qism. Vafot etgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu Kodeksning to‘qson to‘rtinchi moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxo‘rlardan undiriladi. Sakkizinchi qism. Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: To‘qqizinchi qism. ushbu Kodeksning to‘qson birinchi moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda; O‘ninchi qism. ushbu Kodeksning to‘qson ikkinchi moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda. Sakson sakkizinchi modda. Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatlari. Birinchi qism. Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini o‘tkazishga, tekshiruv natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risida talabnoma yuborishga yoki soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar miqdorini qayta ko‘rib chiqishga haqli bo‘lgan muddat soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati hisoblanadi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati, natijalariga ko‘ra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin uch yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bog‘liq bo‘lsa, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir bo‘lgan paytdan e’tiboran uch yilni tashkil etadi. Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Uchinchi qism. Ushbu Kodeks sakson to‘rtinchi moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda da’vo qilish muddati soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra soliq to‘lovchi tomonidan soliq stavkasi, to‘lanadigan soliq miqdori, soliq imtiyozi yoki soliq chegirmasi qo‘llanilishi va (yoki) soliqni to‘lash muddati o‘zgarishi bilan bog‘liq shartlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddatining o‘tishi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq to‘xtatib turiladi, uziladi va qayta tiklanadi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Savol berish