Umumiy qoidalar
I BO‘LIM · 6 bob · 2 401 test · 75 tuzilish testi
Soliqlarning elementlari
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Oltinchi bob. Soliqlarning elementlari.
Oltmish to‘qqizinchi modda. Soliqlarning elementlari.
Birinchi qism. Soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qo‘yilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi:
Birinchi band. soliq solish obyekti;
Ikkinchi band. soliq bazasi;
Uchinchi band. soliq stavkasi;
To‘rtinchi band. soliq davri;
Beshinchi band. soliqni hisoblab chiqarish tartibi;
Oltinchi band. soliq hisobotini taqdim etish tartibi;
Yettinchi band. soliqni to‘lash tartibi.
Uchinchi qism. Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qo‘llanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin.
Yetmishinchi modda. Soliq solish obyekti.
Birinchi qism. Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holat bo‘lib, u mavjud bo‘lganda soliq to‘g‘risidagi qonunchilik soliq to‘lovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega bo‘ladi.
Yetmish birinchi modda. Soliq bazasi.
Birinchi qism. Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi.
Ikkinchi qism. Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks bilan belgilanadi.
Yetmish ikkinchi modda. Soliq stavkasi.
Birinchi qism. Soliq stavkasi soliq bazasining o‘lchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi.
Ikkinchi qism. Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz solig‘ining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
Yetmish uchinchi modda. Soliq davri.
Birinchi qism. Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.
Ikkinchi qism. Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Uchinchi qism. Kalendar yil soliq davri hisoblanadigan soliqlarga nisbatan ushbu qismning qoidalari mazkur moddaning to‘rtinchi - o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qo‘llaniladi.
To‘rtinchi qism. Agar yuridik shaxs kalendar yil boshlanganidan keyin, lekin shu yilning birinchi dekabriga qadar tashkil etilgan bo‘lsa, uning uchun u tashkil etilgan kundan e’tiboran shu yilning oxiriga qadar bo‘lgan davr birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi.
Beshinchi qism. Agar yuridik shaxs birinchi dekabrdan o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda tashkil etilgan bo‘lsa, tashkil etilgan kundan e’tiboran tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha bo‘lgan davr uning uchun birinchi soliq davri deb e’tirof etiladi. Bunda yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kun u tashkil etilgan kun deb e’tirof etiladi.
Oltinchi qism. Ushbu moddaning to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda o‘zini mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etgan hamda faoliyati bunday e’tirof etish sanasida O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxslari uchun foyda solig‘i bo‘yicha birinchi soliq davrini aniqlashga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Yettinchi qism. Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) bo‘lsa, uning uchun shu yil boshidan to tugatish (qayta tashkil etish) tamomlangan kungacha bo‘lgan davr oxirgi soliq davri deb e’tirof etiladi.
Sakkizinchi qism. Agar kalendar yil boshlanganidan keyin tashkil etilgan yuridik shaxs shu yil oxiriga qadar tugatilgan (qayta tashkil etilgan) bo‘lsa, uning uchun u tuzilgan kundan e’tiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha bo‘lgan davr soliq davri deb e’tirof etiladi.
To‘qqizinchi qism. Agar yuridik shaxs joriy kalendar yilning birinchi dekabridan o‘ttiz birinchi dekabriga qadar bo‘lgan davrda tashkil etilgan bo‘lsa va tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) bo‘lsa, uning uchun u tuzilgan kundan e’tiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha bo‘lgan davr soliq davri deb e’tirof etiladi.
O‘ninchi qism. Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar tarkibidan bir yoxud bir nechta yuridik shaxslar ajralib chiqadigan yoki unga bir yoki bir nechta yuridik shaxslar qo‘shib olinadigan yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
O‘n birinchi qism. Agar faoliyati O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxsi o‘zini mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etsa, uning uchun foyda solig‘i bo‘yicha birinchi soliq davrini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Birinchi band. agar ushbu chet el yuridik shaxsi o‘zini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizani taqdim etgan kalendar yilning birinchi yanvaridan e’tiboran o‘zini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etsa, mazkur ariza taqdim etilgan kalendar yil uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi;
Ikkinchi band. agar ushbu chet el yuridik shaxsi tegishli ariza taqdim etilgan sanadan e’tiboran o‘zini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etsa, ko‘rsatilgan ariza soliq organiga taqdim etilgan sanadan e’tiboran ushbu ariza taqdim etilgan kalendar yilning oxirigacha bo‘lgan davr uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi. Bunda, agar chet el yuridik shaxsining o‘zini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish to‘g‘risidagi arizasi birinchi dekabrdan o‘ttiz birinchi dekabrga qadar bo‘lgan davrda taqdim etilgan bo‘lsa, uning uchun ushbu ariza soliq organiga taqdim etilgan sanadan e’tiboran u soliq organiga taqdim etilgan kundan keyingi kalendar yilning oxirigacha bo‘lgan davr birinchi soliq davri hisoblanadi.
Yetmish to‘rtinchi modda. Soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi.
Birinchi qism. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud bo‘lgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi.
Ikkinchi qism. Soliqni hisoblab chiqarish soliq to‘lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Uchinchi qism. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin.
To‘rtinchi qism. Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yig‘imlarni mustaqil ravishda to‘laydi.
Beshinchi qism. Soliqni to‘lash soliqning to‘liq summasi bo‘yicha yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi.
Oltinchi qism. Agar soliq bo‘yicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining natijalari bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘lanadi. Joriy to‘lovlarni to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Yettinchi qism. Alohida soliq turlari uchun bo‘nak to‘lovlari nazarda tutilishi mumkin. Bo‘nak to‘lovlarini to‘lash majburiyati soliqni to‘lash bo‘yicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Sakkizinchi qism. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda to‘laydi.
To‘qqizinchi qism. Soliqlar va yig‘imlarni turlari bo‘yicha hisoblab chiqarish tartibi hamda to‘lash muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.
Yetmish beshinchi modda. Soliq imtiyozlari.
Birinchi qism. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni to‘lamaslik yoki ularni kamroq miqdorda to‘lash imkoniyati soliq imtiyozlari deb e’tirof etiladi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Soliq to‘lovchiga soliqlarni to‘lash bo‘yicha muddatni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.
Uchinchi qism. Agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.
To‘rtinchi qism. Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega bo‘lishi mumkin emas.
Beshinchi qism. Ayrim soliqlar bo‘yicha soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i, aksiz solig‘i solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan, foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, ushbu moddaning yettinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin ko‘pi bilan ellik foizga kamaytirish tarzida va ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Oltinchi qism. Foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan, faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish tarzida, uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
Yettinchi qism. Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida to‘xtatib turishga haqli, bundan qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.
Sakkizinchi qism. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablag‘lar maqsadli ishlatilmagan taqdirda maqsadsiz ishlatilgan mablag‘lar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirilishi lozim. Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan bo‘shagan va mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablag‘lar summasi berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng bir yil davomida ularni taqdim etishda belgilangan maqsadlar uchun yo‘naltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan mablag‘lar budjetga o‘tkazilishi lozim.
To‘qqizinchi qism. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan bo‘shagan mablag‘larni aniq maqsadlarga yo‘naltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
O‘ninchi qism. O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari, shuningdek Omonatlarni kafolatlash agentligi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi, bundan ijtimoiy soliq va O‘zbekiston Respublikasining hududiga tovarlarni olib kirishda (importida) to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i mustasno.
Izoh: bir ming o‘ttiz bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
O‘n birinchi qism. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig‘i va yer solig‘ining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq to‘lashdan ozod qilish huquqiga ega.
Izoh: olti yuz ellik to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda.
O‘n ikkinchi qism. Ushbu Kodeksning to‘rt yuz sakson uchinchi moddasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega bo‘lgan soliq to‘lovchilar mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida to‘laydi.
Izoh: yetti yuz oltmish yetti sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda.
O‘n uchinchi qism. Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oshiriladi.
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n to‘rtinchi qism. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha berilgan soliq imtiyozlari joriy soliq davrida soliq to‘lovchilar tomonidan o‘tgan kalendar yil yakunlari bo‘yicha quyidagi shartlar bir vaqtning o‘zida bajarilgan taqdirda qo‘llaniladi:
O‘n beshinchi qism. tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromad yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va (yoki) yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha foydalanilgan soliq imtiyozining summasidan oshganda;
O‘n oltinchi qism. har bir xodimga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan oylik ish haqi hisoblanganda va xodimlarning yillik o‘rtacha soni kamida uch nafarni tashkil etganda.
O‘n yettinchi qism. Ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni aniqlashda:
O‘n sakkizinchi qism. soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari;
O‘n to‘qqizinchi qism. soliq davri yakunlari bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish muddati yetib kelmagan taqdirda, oxirgi o‘n ikki oyda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma inobatga olinadi.
Yigirmanchi qism. Ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan shartlar quyidagilarga nisbatan qo‘llanilmaydi:
Yigirma birinchi qism. to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga;
Yigirma ikkinchi qism. mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga;
Yigirma uchinchi qism. notijorat tashkilotlarga va budjet tashkilotlariga;
Yigirma to‘rtinchi qism. yagona ishtirokchilari nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo‘lgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar kamida ellik foizni tashkil etadigan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash fondi mehnatga haq to‘lash umumiy fondining kamida ellik foizini tashkil etadigan yuridik shaxslarga;
Yigirma beshinchi qism. ikki ming yigirma oltinchi yil birinchi yanvarga qadar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomini olgan yuridik shaxslarga.
Yigirma oltinchi qism. Soliq davri davomida yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilarga, shu jumladan yangi taqdim etilgan soliq imtiyozlariga nisbatan ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismi qoidalari keyingi soliq davri yakunlari bo‘yicha qo‘llaniladi, bundan qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar mustasno.
Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
