Umumiy qoidalar

I BO‘LIM · 6 bob · 2 401 test · 75 tuzilish testi

4-bob · 30–60 moddalar

Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

To‘rtinchi bob. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan asosiy tushunchalar. O‘ttizinchi modda. Jismoniy shaxslar. Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir. Ikkinchi qism. Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket o‘n ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi. Uchinchi qism. Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni va O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qo‘llaniladi. To‘rtinchi qism. Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam bo‘lib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi. Beshinchi qism. Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan o‘n ikki oylik muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki ushbu moddaning ikkinchi - to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etsa, o‘zining arizasiga binoan O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilishi mumkin. Oltinchi qism. Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan bo‘lib turishi davri uning qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi. Yettinchi qism. Ushbu modda maqsadlarida chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning quyidagi davrlar mobaynida bo‘lgan vaqti uning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi: Birinchi band. diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida bo‘lgan davri; Ikkinchi band. O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan, xalqaro shartnoma bo‘yicha tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida bo‘lgan davri; Uchinchi band. tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmagan taqdirda, ushbu moddaning bir va ikkinchi bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar oilasining a’zosi sifatida bo‘lgan davri. Sakkizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt bo‘lganligidan qat’i nazar, chet elda xizmatni o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan davlat hokimiyati organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi. To‘qqizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda bo‘lib turganlikni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirish (O‘zbekiston Respublikasidan chiqish) kuni chet davlatlarning davlat chegaralarini kesib o‘tganlik to‘g‘risidagi belgi asosida aniqlanadi. Bunday belgi O‘zbekiston Respublikasining va (yoki) chet davlatning chegara nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasiga kirish (O‘zbekiston Respublikasidan chiqish) hujjatlariga qo‘yiladi. Shuningdek shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatda bo‘lib turganligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan, soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida ham aniqlanishi mumkin. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘ninchi qism. Agar ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi qoidalari jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida haqiqatan ham bo‘lib turganlik vaqtini aniq belgilash imkonini bermasa, jismoniy shaxs soliq organiga o‘zining kalendar yil (yillar) davomida haqiqatda bo‘lib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning ko‘chirma nusxalarini), shuningdek o‘zining haqiqatda bo‘lib turgan joyini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa hujjatlarni (yoki ularning ko‘chirma nusxalarini) taqdim etadi: Birinchi band. shaxsni tasdiqlovchi hujjat; Ikkinchi band. belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma; Uchinchi band. haqiqatda bo‘lib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlar. O‘n birinchi qism. Agar ushbu moddaning qoidalariga yoki O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq, bir vaqtning o‘zida jismoniy shaxsni ham O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish uchun asoslar bo‘lsa, uning soliq rezidentligi shunday xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi asosida belgilanadi. Bunda quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi O‘zbekiston Respublikasida deb e’tirof etiladi: Birinchi band. jismoniy shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasida yashasa; Ikkinchi band. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsga va (yoki) uning eriga (xotiniga) va (yoki) uning yaqin qarindoshlariga mulk huquqida yoki boshqa asoslarda tegishli bo‘lgan, istalgan vaqtda uning yashashi va (yoki) eri (xotini) va (yoki) uning yaqin qarindoshlari yashashi mumkin bo‘lgan ko‘chmas mulkning mavjudligi. O‘n ikkinchi qism. Agar jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash joyi mavjud bo‘lmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yashash joyi bu jismoniy shaxsning iltimosiga binoan uning bo‘lib turgan joyi bo‘yicha belgilanishi mumkin. Bunda jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda vaqtincha yashab turgan va ro‘yxatdan o‘tgan joyi (manzili) jismoniy shaxsning bo‘lib turgan joyi hisoblanadi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi. O‘ttiz birinchi modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar. Birinchi qism. Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi. Ikkinchi qism. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi. O‘ttiz ikkinchi modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari. Birinchi qism. Quyidagilar yuridik shaxslardir: Birinchi band. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar (O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari); Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi band. chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalar); Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi band. xalqaro tashkilotlar. Ikkinchi qism. Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo‘lgan, turgan yeri bo‘yicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday bo‘linmasi O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida bo‘linmasidir. Uchinchi qism. Yuridik shaxsning alohida bo‘linmasini e’tirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi bo‘yicha yuridik shaxsning ta’sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat’i nazar, amalga oshiriladi. To‘rtinchi qism. Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo‘lsa, u doimiy hisoblanadi. Beshinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo‘linmasining joylashgan yeri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida bo‘linma orqali faoliyat olib boradigan joydir. O‘ttiz uchinchi modda. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar. Birinchi qism. Quyidagi yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir: Birinchi band. O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; Ikkinchi band. O‘zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo‘llash maqsadlari uchun O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etilgan chet el yuridik shaxslari; Uchinchi band. haqiqatdagi boshqaruv joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan chet el yuridik shaxslari, agar O‘zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa. Ikkinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismi uchinchi bandining maqsadlari uchun chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy ushbu Kodeksning o‘ttiz to‘rtinchi moddasi qoidalariga muvofiq belgilanadi. Uchinchi qism. Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish uchun asos bo‘lmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki boshqa shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qo‘llaniladi. To‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi. O‘ttiz to‘rtinchi modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy. Birinchi qism. Quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasiga rioya qilingan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy deb e’tirof etiladi: Birinchi band. uning ijro etuvchi organi (ijro etuvchi organlari) o‘z faoliyatini ushbu yuridik shaxsga nisbatan muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasidan turib amalga oshiradi. Bunda O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatning boshqa davlatdagiga (davlatlardagiga) nisbatan sezilarli darajada kam hajmda amalga oshirilishi faoliyatni muntazam ravishda amalga oshirish deb e’tirof etilmaydi; Ikkinchi band. uning asosiy (rahbar) mansabdor shaxslari (faoliyatni rejalashtirish va nazorat qilishga, korxona faoliyatini boshqarishga va buning uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga vakolatli bo‘lgan shaxslari) ushbu yuridik shaxsni rahbarlik asosida boshqarishni asosan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiradi. Bunda rahbarlik asosida boshqarish jumlasiga, xususan, ushbu chet el yuridik shaxsining joriy faoliyatiga doir bo‘lgan, boshqaruvning ijro organlari vakolatlariga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish va boshqa harakatlarni amalga oshirish kiradi. Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasida quyidagi faoliyatni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining chet el yuridik shaxsini haqiqatda boshqarish joyi sifatida e’tirof etishga sabab bo‘lmaydi: Birinchi band. aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ilishining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qarorlar tayyorlash va (yoki) qabul qilish; Ikkinchi band. direktorlar kengashining majlisini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish; Uchinchi band. chet el yuridik shaxsining faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish doirasida alohida funksiyalarni amalga oshirish. Uchinchi qism. Alohida funksiyalarni amalga oshirishga, xususan, strategik rejalashtirish, budjetlashtirish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hamda boshqaruv hisobotini tayyorlash va tuzish, ushbu chet el yuridik shaxsining faoliyatini tahlil qilish, ichki audit hamda ichki nazorat, shuningdek standartlar, uslubiyatlar va (yoki) siyosatlarni qabul qilish (ma’qullash) kiradi. To‘rtinchi qism. Chet el yuridik shaxsining faoliyatiga nisbatan quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi ushbu yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan joy deb e’tirof etilmaydi: Birinchi band. faoliyat o‘zi doimiy joylashgan yerdagi davlatda (uning hududida) o‘zining malakali xodimlari va aktivlaridan foydalangan holda amalga oshirilganda; Ikkinchi band. faoliyat O‘zbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalariga doir amaldagi xalqaro shartnomaga ega bo‘lgan chet davlat hududida amalga oshirilganda. Beshinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shartlarning bajarilganligi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak. Oltinchi qism. Agar ushbu moddaning birinchi qismi birinchi bandida va (yoki) ikkinchi bandida belgilangan shartlar bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan, ham biror-bir chet davlatga nisbatan bajarilayotganligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, agar chet el yuridik shaxsiga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilayotgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqarilayotgan joy deb e’tirof etiladi: Birinchi band. buxgalteriya yoki boshqaruv hisobini yuritish (bundan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hamda boshqaruv hisobotlarini tayyorlash va tuzishga, shuningdek uning faoliyatini tahlil qilishga doir harakatlar mustasno) O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa; Ikkinchi band. ish yuritish O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa; Uchinchi band. xodimlarni operativ boshqarish O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan bo‘lsa. O‘ttiz beshinchi modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari. Birinchi qism. Chet davlatning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va o‘z ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini ko‘zlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan tashkiliy tuzilma yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasidir. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari jumlasiga, xususan, fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari kiradi. O‘ttiz oltinchi modda. Doimiy muassasa. Birinchi qism. Ushbu Kodeksning maqsadlarida chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik faoliyatini to‘liq yoki qisman qaysi doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan bo‘lsa, o‘sha joy chet el yuridik shaxsining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Doimiy muassasa deganda quyidagilar tushuniladi, chunonchi: Birinchi band. har qanday boshqaruv joyi, filial, bo‘linma, byuro, idora, ofis, xona, agentlik, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya; Ikkinchi band. tovarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash va o‘rab-joylash amalga oshiriladigan joy; Uchinchi band. savdo shoxobchasi sifatida foydalaniladigan har qanday joy, shu jumladan ombor; To‘rtinchi band. kon (shaxta), neft yoki gaz qudug‘i, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan boshqa har qanday joy; Beshinchi band. tabiiy resurslarni o‘rganish (qidirish), ishlatish, qazib olish va (yoki) ulardan foydalanish uchun qo‘llaniladigan qurilma yoki inshoot (shu jumladan uni montaj qilish), faqat qurilma yoki inshoot bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat mobaynida foydalanilayotgan bo‘lishi yoki foydalanish uchun tayyor bo‘lishi shart; Oltinchi band. quvur, gaz quvuri bilan bog‘liq faoliyat (shu jumladan nazorat yoki kuzatuv) amalga oshiriladigan har qanday joy; Yettinchi band. o‘yin avtomatlarini (shu jumladan ularga qo‘shimchalarni), kompyuter tarmoqlari va aloqa kanallarini, attraksionlarni o‘rnatish, sozlash hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joy. Uchinchi qism. Quyidagilar ham doimiy muassasa deb e’tirof etiladi: Birinchi band. qurilish maydoni, qurilish, montaj qilish yoki yig‘ish obyekti yoxud ular bilan bog‘liq kuzatuv (nazorat qilish) faoliyati, basharti bunday maydon, obyekt yoki faoliyat istalgan ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr mobaynida bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat mobaynida mavjud bo‘lsa yoki davom etsa; Ikkinchi band. xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan ushbu chet el yuridik shaxsi tomonidan o‘z xizmatchilari yoki shu maqsadlar uchun uning tomonidan yollangan boshqa xodimlar orqali bajariladigan maslahat xizmatlari, basharti bunday faoliyat (ayni bir loyiha bilan bog‘liq shaxs yoki chet el yuridik shaxsining bog‘langan tarafi uchun) istalgan ketma-ketlikdagi o‘n ikki oylik davr mobaynida kamida bir yuz sakson uch kun davom etsa. To‘rtinchi qism. Agar ushbu moddaning uchinchi qismi birinchi bandida ko‘rsatilgan qurilish maydonida yoki boshqa obyektda turli vaqt davrlarida, bir yoki bir nechta o‘zaro bog‘liq chet el yuridik shaxsi tomonidan xizmatlar ko‘rsatish amalga oshirilsa, bu davrlarning har biri alohida olinganda ushbu moddaning uchinchi qismi bir va ikkinchi bandlarida ko‘rsatilgan muddatdan yoki muddatlardan oshmasa, ushbu xizmatlarga doir faoliyat davrlari mazkur qurilish maydonida yoki boshqa obyektda faoliyat amalga oshirilgan jami vaqt davriga qo‘shiladi. Beshinchi qism. Faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lgan va chet el yuridik shaxsi tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari hisoblanmaydigan quyidagi faoliyat turlari doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi: Birinchi band. obyektlardan faqat ushbu yuridik shaxsga tegishli tovarlarni yoki buyumlarni saqlash yoxud namoyish etish maqsadida foydalanish; Ikkinchi band. o‘ziga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat saqlash yoki namoyish etish maqsadida asrab turish; Uchinchi band. o‘ziga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat ularning boshqa shaxs tomonidan qayta ishlanishi maqsadida saqlab turish; To‘rtinchi band. doimiy faoliyat joyini faqat tovarlarni, buyumlarni xarid qilish yoki ushbu chet el yuridik shaxsi uchun axborot yig‘ish maqsadida saqlab turish; Beshinchi band. doimiy faoliyat joyini faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lgan boshqa har qanday faoliyatni amalga oshirish maqsadida saqlab turish; Oltinchi band. doimiy faoliyat joyini ushbu qismning birinchi – beshinchi bandlarida eslatib o‘tilgan faoliyat turlarining istalgan birikmasi uchun saqlab turish, basharti ushbu doimiy faoliyat joyining bunday birikmadan yuzaga kelgan jami faoliyati tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lsa. Bunda tayyorgarlik xususiyatiga va yordamchi xususiyatga ega bo‘lgan faoliyat uchinchi shaxslar uchun emas, balki O‘zbekiston Respublikasi norezidentining o‘zi uchun amalga oshirilishi kerak. Oltinchi qism. Ushbu moddaning beshinchi qismi qoidalari tadbirkorlik faoliyatining chet el yuridik shaxsi tomonidan foydalanilayotgan yoki saqlab turilgan doimiy joyiga nisbatan, agar bu chet el yuridik shaxsi yoki u bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasidagi ushbu joy yoki boshqa joy orqali amalga oshirsa va quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, qo‘llanilmaydi: Birinchi band. ushbu joy yoki boshqa joy chet el yuridik shaxsi uchun yoxud u bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxs uchun ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasani tashkil etsa; Ikkinchi band. ikki nafar shaxs, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan doimiy joy orqali yoki ayni shu norezident yoxud u bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxs tomonidan har ikkala joy orqali amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining birikmasi natijasi bo‘lgan jami faoliyat tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega bo‘lmasa. Yettinchi qism. Agar ikki nafar shaxs, shu jumladan chet el yuridik shaxslari tomonidan doimiy joy orqali yoki ayni shu shaxs yoxud u bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxs tomonidan har ikkala joy orqali amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati umumiy tadbirkorlik faoliyatining bir qismi bo‘lgan o‘zaro to‘ldirib turuvchi funksiyalari bo‘lsa, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalari qo‘llaniladi. Sakkizinchi qism. Sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxsi, qayta sug‘urtalash holatlaridan tashqari, agar O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta mukofotlarini yig‘sa yoki tobe agent orqali tavakkalchilik xatarlaridan sug‘urta qilsa, u O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasaga ega deb e’tirof etiladi. To‘qqizinchi qism. Agar biror-bir shaxs O‘zbekiston Respublikasida chet el yuridik shaxsi nomidan harakat qilsa va odatda mulk (xizmatlar ko‘rsatish) huquqini boshqa shaxslarga o‘tkazishga yoki mol-mulkdan ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan foydalanish huquqini berishga doir kontraktlarni tuzishda asosiy rol o‘ynasa, bunday shaxsning faoliyati ushbu chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi tashkil etilishiga olib keladi. O‘ninchi qism. Agar chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatini vositachilik (topshiriq) shartnomasi yoki shunga o‘xshash shartnoma asosida harakat qiluvchi va bitimlarni ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan imzolashga vakolatli bo‘lmagan mustaqil agent orqali amalga oshirsa, ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi qoidalari qo‘llanilmaydi. Bunda, agar bunday agent asosan o‘zi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir yoki bir nechta chet el yuridik shaxsi nomidan harakat qilsa, bu shaxs tobe agent deb hisoblanadi. O‘n birinchi qism. Chet el yuridik shaxsi tomonidan chet ellik xodimlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun boshqa yuridik shaxsga berish, quyidagi shartlar bir vaqtda bajarilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi: Birinchi band. bunday xodimlar qaysi yuridik shaxsga berilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxs nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab harakat qilsa; Ikkinchi band. xodimlarni bergan yuridik shaxs ushbu xodimlarning ish natijalari uchun javobgar bo‘lmasa; Uchinchi band. yuridik shaxsning xodimlarni berishdan olgan daromadi uning ushbu xodimlarni berish yuzasidan soliq davrida qilgan xarajatlari umumiy summasining o‘n foizidan oshmasa. O‘n ikkinchi qism. Chet el yuridik shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyat birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda: Birinchi band. bunday shartnoma har bir ishtirokchisining faoliyati ushbu moddada belgilangan qoidalarga muvofiq doimiy muassasani tashkil etadi; Ikkinchi band. bunday shartnomaning har bir ishtirokchisi tomonidan soliq majburiyatlarini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi. O‘n uchinchi qism. Chet el yuridik shaxsining faoliyati bunday faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasani tashkil etadi. O‘n to‘rtinchi qism. Ushbu Kodeksni qo‘llash maqsadida chet el yuridik shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sana deb quyidagi sanalar e’tirof etiladi: Birinchi band. quyidagilar yuzasidan har qanday kontraktni (shartnomani, bitimni) tuzish sanasi: A kichik band. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma doirasida xizmatlar ko‘rsatish; B kichik band. ushbu yuridik shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish; V kichik band. tovarlarni O‘zbekiston Respublikasida foydalanish yoki realizatsiya qilish maqsadida olish; G kichik band. O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar ko‘rsatish uchun xizmatlarni olish. Ikkinchi band. O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amal oshirish maqsadida birinchi mehnat shartnomasini (bitimni, kontraktni) tuzish sanasi; Uchinchi band. norezident bo‘lgan jismoniy shaxs O‘zbekiston Respublikasiga kelgan sana, chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu qismning bir yoki ikkinchi bandlarida ko‘rsatilgan kontrakt (shartnoma, bitim) shartlarini bajarish uchun xodim yoki boshqa xodimlar yollangan sana. O‘n beshinchi qism. Agar ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan bir nechta shart bajarilsa, ushbu sanalarning nisbatan ilgarigisi, biroq ushbu moddaning o‘n to‘rtinchi qismi ikki va uchinchi bandlarida ko‘rsatilgan sanalarning birinchisidan ilgari kirib kelmagan sana norezidentning O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirishi boshlangan sana deb e’tirof etiladi. O‘n oltinchi qism. O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeksning yuz o‘ttizinchi moddasida belgilangan tartibda soliq organida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishi shart. O‘n yettinchi qism. Agar chet el yuridik shaxsi bitta soliq organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ikki va undan ortiq doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bitta doimiy muassasa barcha shunday doimiy muassasalar guruhi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Mazkur qoida ushbu moddaning uchinchi qismi birinchi bandida ko‘rsatilgan qurilish maydonini, qurilish, montaj yoki boshqa obyektni tashkil etuvchi faoliyatga nisbatan tatbiq etilmaydi. O‘n sakkizinchi qism. Agar chet el yuridik shaxsi ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi yoki sakkizinchi qismlarida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshiradigan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan doimiy muassasaga ega bo‘lsa va ushbu doimiy muassasa ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydan farqlanuvchi joyda shunday yoki shunga o‘xshash faoliyatni amalga oshirsa, bunday faoliyatni amalga oshirish ham mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan e’tiboran ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan doimiy muassasani tashkil etishga olib keladi. O‘n to‘qqizinchi qism. Agar chet el yuridik shaxsining faoliyati ko‘chma xususiyatga ega bo‘lsa (yo‘l qurilishi, foydali qazilmalarni qidirish va ko‘chma xususiyatga ega bo‘lgan boshqa faoliyat turlari), bu holda butun loyihaga, uning ko‘chma xususiyatidan qat’i nazar, doimiy muassasa sifatida qaraladi. Yigirmanchi qism. Agar doimiy muassasa O‘zbekiston Respublikasining Yagona soliq to‘lovchilar reyestridan chiqarilganidan keyin chet el yuridik shaxsi o‘n ikki oylik davr ichida ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida ko‘rsatilgan faoliyatini tiklasa, u doimiy muassasani tashkil etgan deb e’tirof etiladi va bunday faoliyat tiklangan sanadan e’tiboran soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. O‘ttiz yettinchi modda. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar. Birinchi qism. Agar shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari ushbu shaxslar tuzadigan bitimlarning shartlariga va (yoki) natijalariga va (yoki) ushbu shaxslar faoliyatining iqtisodiy natijalariga yoki o‘zlarini vakil qilgan shaxslarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatsa, ushbu qismda ko‘rsatilgan shaxslar soliq solish maqsadlarida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shaxslar deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Shaxslarning o‘zaro bog‘liqligini e’tirof etish uchun bir shaxsning boshqa shaxslar kapitalida ular o‘rtasida tuzilgan bitimga muvofiq ishtirok etishi tufayli yoxud bir shaxsning boshqa shaxslar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilashda boshqacha imkoniyati mavjud bo‘lganda ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan ta’sir inobatga olinadi. Bunday ta’sir, u bitta shaxs tomonidan bevosita va mustaqil ravishda yoki shaxsning ushbu moddaga muvofiq o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etiladigan o‘zaro bog‘liq shaxslari bilan birgalikda ko‘rsatilishi mumkinligidan yoki mumkin emasligidan qat’i nazar, inobatga olinadi. Uchinchi qism. Ushbu Kodeksning maqsadlarida mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari inobatga olingan holda quyidagilar o‘zaro bog‘liq shaxslar deb e’tirof etiladi: Birinchi band. yuridik shaxslar, agar bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etsa va bunday ishtirokning ulushi yigirma foizdan ortiqni tashkil etsa; Ikkinchi band. jismoniy shaxs va yuridik shaxs, agar jismoniy shaxs ushbu yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etsa hamda bunday ishtirokning ulushi yigirma foizdan ortiqni tashkil etsa; Uchinchi band. yuridik shaxslar, agar ayni bir shaxs bevosita va (yoki) bilvosita ushbu yuridik shaxslarda ishtirok etsa va har bir yuridik shaxsdagi bunday ishtirokning ulushi yigirma foizdan ortiqni tashkil etsa; To‘rtinchi band. yuridik shaxs va ushbu yuridik shaxsning yakka tartibdagi ijro etuvchi organi tayinloviga (sayloviga) ko‘ra yoki ushbu yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibi kamida ellik foizining tayinloviga (sayloviga) ko‘ra vakolatlarga ega bo‘lgan shaxs (shu jumladan jismoniy shaxs). Jismoniy shaxs bilan bog‘liq holda, uning vakolatlarini belgilash chog‘ida jismoniy shaxsning ushbu qismning o‘n birinchi bandida ko‘rsatilgan o‘zaro bog‘liq shaxslari bilan birgalikdagi vakolatlari ham inobatga olinadi; Beshinchi band. kollegial ijro etuvchi organ yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining kamida ellik foizi ayni bir shaxsning (shu jumladan jismoniy shaxsning) qaroriga ko‘ra tayinlangan yoki saylangan yuridik shaxslar. Jismoniy shaxs bilan bog‘liq holda esa, ushbu shaxsning qarorlarini belgilash chog‘ida uning ushbu qismning o‘n birinchi bandida ko‘rsatilgan o‘zaro bog‘liq shaxslari bilan birgalikda qabul qilingan qarorlari ham inobatga olinadi; Oltinchi band. kollegial ijro etuvchi organ yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining ellik foizdan ortig‘ini ayni bir jismoniy shaxslar tashkil etadigan yuridik shaxslar. Bunda jismoniy shaxsning bevosita ishtiroki ushbu qismning o‘n birinchi bandida ko‘rsatilgan shaxs bilan o‘zaro bog‘liq shaxslarning ishtirokiga tenglashtiriladi; Yettinchi band. yuridik shaxs va uning yakka tartibdagi ijro etuvchi organi vakolatlarini amalga oshiruvchi shaxs; Sakkizinchi band. yakka tartibdagi ijro etuvchi organning vakolatlari ayni bir shaxs tomonidan amalga oshiriladigan yuridik shaxslar; To‘qqizinchi band. yuridik shaxslar va (yoki) jismoniy shaxslar, agar ushbu shaxslarning biri boshqa shaxsda bevosita ishtirok etishini aks ettiruvchi ketma-ketlikda har bir ilgarigi shaxsning keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ishtiroki ellik foizdan ortiqni tashkil etsa; O‘ninchi band. jismoniy shaxslar, agar bir jismoniy shaxs boshqa jismoniy shaxsga lavozim mavqeyi bo‘yicha bo‘ysunsa; O‘n birinchi band. jismoniy shaxs, uning eri (xotini), ota-onasi (shu jumladan uni farzandlikka olgan ota-onasi), erining (xotinining) ota-onasi, farzandlari (shu jumladan u farzandlikka olgan farzandlar), to‘liq va to‘liq bo‘lmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek vasiysi (homiysi) va jismoniy shaxs homiyligidagi shaxs. To‘rtinchi qism. Jismoniy shaxsning va uning ushbu moddaning uchinchi qismi o‘n birinchi bandida ko‘rsatilgan o‘zaro bog‘liq shaxslarining yuridik shaxsda ishtirok etishining jami ulushi ushbu moddaning maqsadi uchun jismoniy shaxsning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etishi ulushi deb e’tirof etiladi. Beshinchi qism. Agar shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarning shartlariga va (yoki) natijalariga va (yoki) bu shaxslar faoliyatining iqtisodiy natijalariga bir yoki bir nechta boshqa shaxslar tomonidan ularning bozordagi ustun mavqeyi tufayli yoxud boshqa shunga o‘xshash holatlar tufayli ta’sir ko‘rsatilsa, bunday ta’sir shaxslarni o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etish uchun asos bo‘lmaydi. Oltinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston yuridik shaxslaridagi bevosita va (yoki) bilvosita ishtiroki bunday yuridik shaxslarni o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etish uchun o‘z-o‘zidan asos bo‘lmaydi. Mazkur yuridik shaxslar ushbu moddada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etilishi mumkin. Yettinchi qism. Agar o‘zaro bog‘liq shaxslar o‘rtasidagi munosabatlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan belgilarga ega bo‘lsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa asoslar bo‘yicha shaxslarni o‘zaro bog‘liq deb e’tirof etish sud tomonidan amalga oshiriladi. O‘ttiz sakkizinchi modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi. Birinchi qism. Soliq solish maqsadida bir jismoniy yoki yuridik shaxsning (bundan buyon matnda shaxs deb yuritiladi) ulushi tanlangan boshqa yuridik shaxsdagi (bundan buyon matnda tanlangan yuridik shaxs deb yuritiladi) ulushni aniqlash uchun ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita va bilvosita ishtirok etish ulushlarining summasi tarzida aniqlanadi. Ikkinchi qism. Tanlangan yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalarining bevosita shu shaxsga tegishli bo‘lgan ulushi yoki tanlangan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita ushbu shaxsga tegishli bo‘lgan ulushi yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb e’tirof etiladi. Uchinchi qism. Shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushini aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishtirokchilarning tanlangan yuridik shaxsdagi soniga mutanosib ravishda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb e’tirof etiladi. To‘rtinchi qism. Quyidagi tartibda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bilvosita ishtirok etish ulushi deb e’tirof etiladi: Birinchi band. ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda ishtirok etishining barcha ketma-ketligi har bir ilgarigi yuridik shaxsning tegishli ketma-ketlikdagi har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ishtiroki orqali aniqlanadi; Ikkinchi band. har bir ilgarigi yuridik shaxsning har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ketma-ketlikdagi ishtirok etish ulushi aniqlanadi; Uchinchi band. har bir shunday ketma-ketlik uchun ushbu ketma-ketlikning barcha yuridik shaxslari uchun bevosita ishtirok etish ulushi topiladi; To‘rtinchi band. har bir shunday ketma-ketlik uchun topilgan bevosita ishtirok etish ulushlarining barchasi jamlanadi. Beshinchi qism. Tashkilotda ishtirok etish ulushini aniqlashda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxsning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasidagi ishtirok etish ulushi ham hisobga olinadi, ushbu shaxs qaysi chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq ta’sis etilgan bo‘lsa, shu qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarning yoxud yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi o‘zga chet el tuzilmalarining kapitalida ishtirok etishga haqlidir. Oltinchi qism. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ko‘pi bilan bir yil muddatga tuzilgan REPO shartnomasi doirasida olingan qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish orqali amalga oshirilgan ishtirok yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq REPO operatsiyasi deb e’tirof etiladigan operatsiya natijasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi. Yettinchi qism. Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida ushbu qimmatli qog‘ozlar, agar REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi tomonidan sotilgan qimmatli qog‘ozlar uning tomonidan REPOning boshqa operatsiyasi bo‘yicha yoki qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar bo‘yicha sotilsagina, REPOning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi bo‘lgan shaxsda hisobga olinadi. Sakkizinchi qism. REPOning ikkinchi qismi bajarilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda bajarilgan, shuningdek REPO shartnomasi ko‘pi bilan bir yil muddatga tuzilgan taqdirda, bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi. To‘qqizinchi qism. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan qimmatli qog‘ozlar qarziga doir shartnoma doirasida ko‘pi bilan bir yil muddatga olingan qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish vositasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi. O‘ninchi qism. Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida bu qimmatli qog‘ozlar, agar qimmatli qog‘ozlar qarziga doir shartnoma doirasida berilgan qimmatli qog‘ozlar kreditor tomonidan qimmatli qog‘ozlar qarziga doir boshqa operatsiya bo‘yicha yoki REPO operatsiyasi bo‘yicha olingan bo‘lsagina, kreditor bo‘lgan (qimmatli qog‘ozlarni qarzga beradigan) shaxsda hisobga olinadi. O‘n birinchi qism. Qimmatli qog‘ozlar qarziga doir operatsiyalar bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytarish majburiyatlari bajarilmagan yoki to‘liq bo‘lmagan hajmda bajarilgan, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qarzi yuzasidan bir yildan ortiq muddatga shartnoma tuzilgan taqdirda bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi. O‘n ikkinchi qism. Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashdagi qo‘shimcha holatlar sud tomonidan aniqlanadi. O‘ttiz to‘qqizinchi modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari. Birinchi qism. Soliq solish maqsadida bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi: Birinchi band. chet el yuridik shaxsi O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etilmaydi; Ikkinchi band. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi. Ikkinchi qism. Nazorat qiluvchi shaxslari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs bo‘lgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ham nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb e’tirof etiladi. Uchinchi qism. Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etish o‘z-o‘zidan ushbu qismda ko‘rsatilgan shaxs o‘zi uchun nazorat qiluvchi shaxs bo‘lgan ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) nazorat qiluvchi kompaniya deb e’tirof etishga asos bo‘lmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki o‘zga shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qo‘llaniladi. Qirqinchi modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar. Birinchi qism. Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb e’tirof etiladi: Birinchi band. chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi yigirma besh foizdan ortiqni tashkil etadigan, O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs; Ikkinchi band. ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi o‘n foizdan ortiq bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladigan barcha shaxslarning ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi ellik foizdan ortiq bo‘lsa. Ikkinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismi maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning o‘ttiz sakkizinchi moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. Uchinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning o‘ttiz yettinchi moddasi uchinchi qismi o‘n birinchi bandida ko‘rsatilgan shaxslar bilan birgalikda hisobga olinadi. To‘rtinchi qism. Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan o‘tgan va (yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari ro‘yxatiga kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar (depozitar qaydlar) emitenti bo‘lgan bir yoki bir nechta O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan bo‘lsa hamda bu shaxs ushbu moddaning beshinchi - o‘n ikkinchi qismlariga muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etilmaydi. Bunda chet el moliyaviy vositachilari deganda O‘zbekiston Respublikasi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan chet el fond birjalari va chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi. Beshinchi qism. Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bunda bu shaxs mazkur kompaniya ustidan nazoratni shaxsiy manfaatlarini yoki ushbu Kodeksning o‘ttiz yettinchi moddasi uchinchi qismi o‘n birinchi bandida nazarda tutilgan shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirsa, o‘sha shaxs ham chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi organi deb e’tirof etiladi. Oltinchi qism. Sof foydani (daromadni) taqsimlashga nisbatan kompaniya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish yoki ta’sir ko‘rsatish imkoniyati ushbu Kodeksning maqsadlari uchun kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirish deb e’tirof etiladi. Bunda shaxsning bunday qarorlarga ham ushbu kompaniyada bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi tufayli, ham ushbu kompaniyani boshqarish qaysi shartnomaning (bitimning) predmeti bo‘lsa, o‘sha shartnomada (bitimda) ishtirok etishi tufayli yoxud ushbu shaxs hamda kompaniya va (yoki) o‘zga shaxslar o‘rtasidagi boshqa o‘ziga xos munosabatlar tufayli ta’sir etishi yoki ta’sir etish imkoniyati hisobga olinadi. Yettinchi qism. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining aktivlarini boshqaruvchi shaxs tomonidan ushbu tuzilma olgan foydani (daromadni) jismoniy shaxs qaysi davlatning (hududning) fuqarosi bo‘lsa yoki yuridik shaxs qaysi davlatda (hududda) tashkil etilgan bo‘lsa, o‘sha davlatning (hududning) qonunchiligiga va mazkur yuridik shaxsning ta’sis hujjatlariga muvofiq taqsimlashga nisbatan qabul qilinadigan qarorga ta’sir ko‘rsatish yoki ta’sir ko‘rsatish imkoniyati ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ustidan nazoratni amalga oshirish deb e’tirof etiladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Sakkizinchi qism. Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb ushbu tuzilmaning muassisi (asoschisi) e’tirof etiladi. To‘qqizinchi qism. Agar ushbu moddaning o‘n birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa va agar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining muassisiga (asoschisiga) nisbatan bir vaqtning o‘zida quyidagi barcha shartlarga rioya etilsa, ushbu muassis (asoschi) mazkur tuzilmani nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etilmaydi: Birinchi band. bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) bevosita yoki bilvosita to‘liq yoki qisman olishga (olishni talab qilishga) haqli bo‘lmasa; Ikkinchi band. bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) yoki uning bir qismini tasarruf etishga haqli bo‘lmasa; Uchinchi band. bunday shaxs bu tuzilmaga berilgan mol-mulkka bo‘lgan huquqni o‘zida saqlab qolmagan bo‘lsa (mol-mulk bu tuzilmaga qaytarmaslik shartlari asosida berilgan bo‘lsa); To‘rtinchi band. bunday shaxs bu tuzilma ustidan ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq nazoratni amalga oshirmasa. O‘ninchi qism. Agar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bu tuzilmaning aktivlarini o‘z mulkiga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lmasa, ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi uchinchi bandida nazarda tutilgan shart bajarilgan deb e’tirof etiladi. Bunda ushbu tuzilmaning aktivlarini tuzilmaning butun mavjud bo‘lish davri mobaynida, shuningdek u tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, to‘liq yoki qisman mulkka o‘tkazishga doir cheklov ushbu tuzilma tashkil etilgan chet davlatning (hududning) qonunchiligi va (yoki) tuzilmaning ta’sis hujjatlari bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n birinchi qism. Ushbu moddaning to‘qqizinchi qismida ko‘rsatilgan shaxs, agar u ushbu moddaning to‘qqizinchi qismi birinchi – uchinchi bandlarida ko‘rsatilgan huquqlardan istalganini olish huquqini o‘zida saqlab qolgan bo‘lsa, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etiladi. O‘n ikkinchi qism. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining ta’sis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan o‘zga shaxs ham, agar bunday shaxs tuzilma ustidan nazoratni amalga oshirsa va bunda unga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo‘lmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeks maqsadlarida ushbu shaxs mazkur tuzilmaning nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etiladi: Birinchi band. bunday shaxs ushbu tuzilma tomonidan olinadigan daromadga (uning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega bo‘lsa; Ikkinchi band. bunday shaxs ushbu tuzilmaning mol-mulkini tasarruf etishga haqli bo‘lsa; Uchinchi band. bunday shaxs ushbu tuzilma tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda uning mol-mulkini olishga haqli bo‘lsa. O‘n uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti o‘zini mustaqil ravishda ushbu moddaning birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb yoki ushbu moddaning to‘qqizinchi yoki o‘n ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb e’tirof etishga haqli. Bunday hollarda, o‘zini nazorat qiluvchi shaxs deb e’tirof etgan shaxs o‘zi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda tegishli bildirish xati yuboradi. O‘n to‘rtinchi qism. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalarining nazorat qiluvchi shaxslarini e’tirof etishning ushbu moddada belgilangan qoidalari, qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat qiluvchi shaxslar uchun ular ta’sis etilgan yoki fuqarosi bo‘lgan chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etishi nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘sha shaxslarga nisbatan ham qo‘llaniladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Qirq birinchi modda. Dividendlar va foizlar. Birinchi qism. Quyidagilar dividendlar deb e’tirof etiladi: Birinchi band. yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) bo‘yicha taqsimlash chog‘ida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad; Ikkinchi band. tugatish chog‘ida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lgan qismi bo‘yicha pul yoki natura shaklidagi to‘lovlar; Uchinchi band. jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan qismi bo‘yicha to‘lash; To‘rtinchi band. ushbu yuridik shaxsning o‘z kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi (ustav kapitali) oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining (ishtirokchisining) qo‘shimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari. Ikkinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan daromadlar, basharti ular aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni to‘lovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda to‘lansa, dividendlar deb e’tirof etiladi. Uchinchi qism. O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb e’tirof etiladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xo‘jaligi boshlig‘iga, shuningdek bank va mikromoliya tashkilotlaridagi islomiy qimmatli qog‘ozlarga (sertifikatlarga) ega bo‘lgan shaxslarga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan to‘lanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi. Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda. Beshinchi qism. Ilgari bildirilgan (belgilangan) har qanday daromad, shu jumladan har qanday turdagi qarz majburiyatlari bo‘yicha diskont tarzida olingan daromad (uni rasmiylashtirish usulidan qat’i nazar), islomiy moliya faoliyatidan olingan daromad, shu jumladan pul omonatlari bo‘yicha olingan daromad foizlar deb e’tirof etiladi. Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda. Qirq ikkinchi modda. Daromad. Birinchi qism. Nafni baholash imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda va bunday nafni baholash mumkin bo‘lgan darajada hisobga olinadigan pul yoki natura shaklidagi iqtisodiy naf daromad deb e’tirof etiladi. Qirq uchinchi modda. O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar. Birinchi qism. Soliq to‘lovchining daromadlari O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin. Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda O‘zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa daromadlar O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi. Uchinchi qism. Agar ushbu Kodeksning qoidalari daromadlarni O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga qat’iy kiritish imkoniyatini bermasa, daromadni u yoki bu manbaga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur daromadlarning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin bo‘lgan ulushi va O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin bo‘lgan ulushi ayni shunday tartibda aniqlanadi. Qirq to‘rtinchi modda. Royalti. Birinchi qism. Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun to‘lovlar royalti deb e’tirof etiladi, shu jumladan: Ikkinchi qism. san’at, adabiyot, ilm-fan, shu jumladan dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazalariga, chizmaga, dizaynga yoki modelga, rejaga, maxfiy formulaga, texnologiyaga yoki jarayonga, audiovizual asarlarga hamda turdosh huquqlar obyektlariga, shu jumladan ijrolar va fonogrammalarga bo‘lgan mualliflik huquqlari; Uchinchi qism. patentlar, tovar belgilari, savdo markalari yoki huquqning boshqa shunga o‘xshash turlari; To‘rtinchi qism. sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborot (nou-xau). Bunda ilmiy-texnika sohasidagi intellektual faoliyat natijalari va (yoki) kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari to‘g‘risidagi, ilgarigi tajribadan kelib chiqadigan, iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan qo‘llaniladigan, shuningdek (uning uchinchi shaxslarga ma’lum emasligi tufayli) haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lgan sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega axborot (agar bunday ma’lumotlardan qonuniy asosda erkin foydalanish imkoniyati uchinchi shaxslarda mavjud bo‘lmasa) va uning oshkor etilishi natijasida iqtisodiy naf olish mumkin bo‘lsa, bu axborot nou-xau deb tushuniladi. Beshinchi qism. Quyidagilar uchun to‘lanadigan to‘lovlarga royalti sifatida qaralmaydi: Birinchi band. kompyuter dasturlaridan foydalanganlik (shu jumladan dasturni joylashtirilgan ichki imkoniyatlardan foydalangan holda sozlash yo‘li bilan moslashtirish), agar foydalanish shartlari bunday dasturning mo‘ljallangan funksional maqsadi bilan cheklangan va uni takrorlash bunday foydalanish uchun zarur bo‘lgan ko‘chirma nusxalar soni bilan chegaralangan bo‘lsa; Ikkinchi band. shaxsning foydalanishi, egalik qilishi va (yoki) tasarruf etishi uchun ushbu qismning birinchi bandida belgilangan intellektual mulk huquqi obyektlari o‘zida aks ettirilgan yoki turgan tovarlarni (shu jumladan axborot tashuvchilarni) sotib olganlik; Uchinchi band. kompyuter dasturlarini va ma’lumotlar bazalarini (hisoblash texnikasining dasturiy vositalarini va axborot mahsulotlarini) ishlab chiqish, shuningdek dasturlarni o‘rnatish, ularga ishlov berish va ularni sozlash, moslashtirish va modifikatsiya qilish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatganlik; To‘rtinchi band. buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish natijasi hisoblanadigan, yangi olingan, sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega bo‘lgan axborotdan foydalanganlik; Beshinchi band. dasturiy mahsulotning nusxalarini ularni takrorlash huquqisiz yoki agar ularni takrorlash yakuniy iste’molchi tomonidan foydalanish bilan cheklangan bo‘lsa, tarqatishga bo‘lgan huquqni o‘tkazganlik. Qirq beshinchi modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori. Birinchi qism. Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning) qiymat bahosiga ega bo‘lgan va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan har qanday predmeti tovar deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Tovarlar deb, xususan, elektr energiyasi, ma’lumotlar bazasi, axborot, intellektual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga bo‘lgan mutlaq huquqlar e’tirof etiladi. Uchinchi qism. Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb e’tirof etiladi. To‘rtinchi qism. Nomoddiy xususiyatga ega bo‘lgan, pulda ifodalangan bahoga ega mol-mulkka qaratilgan va ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bog‘liq bo‘lmagan holda muomalada bo‘lishga qodir (oldi-sotdi shartnomasining obyekti yoxud shartnomada yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatda ko‘rsatilgan, ushbu mulkiy huquqqa egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lgan, o‘z mulkdoridan o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazish obyekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan) fuqaroviy huquq obyekti soliq solish maqsadida mulkiy huquq deb e’tirof etiladi. Beshinchi qism. Mulkiy huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi, chunonchi: kreditorning qarzdorga talab qo‘yish huquqi, xo‘jalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushi, qimmatli qog‘ozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqi, shuningdek huquqlarning zamirida yotgan mol-mulk bilan bog‘liq, sotilishi yoki o‘z mulkdoridan o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan boshqa turlari. Oltinchi qism. Ashyoning o‘zini o‘tkazmay turib, mustaqil muomalada bo‘lishi mumkin bo‘lmagan ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi. Yettinchi qism. Bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish maqsadida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq tovarlar jumlasiga boshqa mol-mulk kiritilishi mumkin. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Sakkizinchi qism. Boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan mahsulotlarni (moddiy yoki nomoddiy) ishlab chiqarishga doir tadbirkorlik faoliyatining turlari, shuningdek boshqa shaxslar uchun bajariladigan ishlar soliq solish maqsadida xizmatlar deb e’tirof etiladi. To‘qqizinchi qism. Jismoniy shaxslarning ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasidagi faoliyati xizmatlar jumlasiga kirmaydi. O‘ninchi qism. Bir xil xususiyatli asosiy belgilarga ega bo‘lgan tovarlar (xizmatlar) soliq solish maqsadida aynan o‘xshash tovarlar (xizmatlar) deb e’tirof etiladi. O‘n birinchi qism. Tovarlarning aynan o‘xshashligini aniqlashda bunday tovarlarning tashqi ko‘rinishidagi arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin. O‘n ikkinchi qism. Tovarlarning aynan o‘xshashligini aniqlashda ularning fizik xususiyatlari, sifati, mo‘ljallangan vazifasi, kelib chiqqan mamlakati va ishlab chiqaruvchisi, uning bozordagi ishbilarmonlik obro‘si hamda foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi. O‘n uchinchi qism. Xizmatlarning aynan o‘xshashligini aniqlashda bajaruvchining (pudratchining) xususiyatlari, uning bozordagi ishbilarmonlik obro‘si va foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi. O‘n to‘rtinchi qism. Aynan o‘xshash bo‘lmagan holda, bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan hamda ayni bir vazifani bajarish imkoniyatini beradigan o‘xshash tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan va (yoki) tijorat jihatidan bir-birining o‘rnini bosa oladigan tovarlar ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir turdagi tovarlar deb e’tirof etiladi. O‘n beshinchi qism. Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda, ularning sifati, bozordagi mavqeyi, tovar belgisi, kelib chiqqan mamlakati hisobga olinadi. O‘n oltinchi qism. Aynan o‘xshash bo‘lmagan holda, tijorat jihatidan va (yoki) bajaradigan vazifasi jihatidan bir-birining o‘rnini bosish imkoniyatini beradigan bir xil xususiyatlarga ega xizmatlar bir turdagi xizmatlar deb e’tirof etiladi. O‘n yettinchi qism. Xizmatlarning bir turdaligini aniqlashda ularning sifati, tovar belgisi, bozordagi mavqeyi, shuningdek turlari, hajmlari, noyobligi va tijorat jihatidan bir-birining o‘rnini bosa olishi hisobga olinadi. O‘n sakkizinchi qism. Tovarlarning muomalada bo‘lish sohasi tovarlar bozori deb e’tirof etiladi, bu soha xaridorning (sotuvchining) bu tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida uncha ko‘p bo‘lmagan qo‘shimcha xarajatlarsiz olish (realizatsiya qilish) imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xizmatlar bozori ham xuddi shunday tartibda belgilanadi. Qirq oltinchi modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish. Birinchi qism. Tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini haq olish asosida o‘tkazish yoki haq evaziga xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatlarini bajarmaganda garovga qo‘yilgan tovarlarni ayirboshlash va o‘tkazish tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini bepul asosda o‘tkazish yoki bepul asosda xizmatlar ko‘rsatish ham realizatsiya qilish deb e’tirof etiladi. Uchinchi qism. Soliq to‘lovchining vakolatli davlat organlariga yuridik va jismoniy shaxslardan undirilgan jarimalar taqsimoti tarzida mablag‘larni olishga doir faoliyati vakolatli davlat organiga haq evaziga xizmatlar ko‘rsatish sifatida e’tirof etiladi. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Qirq yettinchi modda. Hisobvaraq-faktura. Birinchi qism. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, mazkur tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Ikkinchi qism. Hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi. Uchinchi qism. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chog‘ida, agar sotuvchi xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjatni bersa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llanilmaydi. To‘rtinchi qism. Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati o‘zgarganda, shu jumladan yetkazib berilgan tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar narxi o‘zgargan yoxud miqdori (hajmi) aniqlashtirilgan hollarda, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda qo‘shimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart. Beshinchi qism. Ushbu Kodeksning ikki yuz yetmish to‘qqizinchi moddasiga muvofiq hisobga turishi lozim bo‘lgan chet el yuridik shaxslari hisobvaraq-fakturalarni taqdim etmaydi, sotib olish reyestrlarini, sotish reyestrlarini, hisobga olish jurnallarini hamda ushbu Kodeks ikki yuz sakson ikkinchi moddasida ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish qismi bo‘yicha qabul qilingan va berilgan hisobvaraq-fakturalarni yuritmaydi. Oltinchi qism. Hisobvaraq-fakturaning shakli va uni to‘ldirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Izoh: yetti yuz ellik sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Qirq sakkizinchi modda. Maqsadli mablag‘lar. Birinchi qism. Soliq solish maqsadida soliq to‘lovchi tomonidan maqsadli mablag‘larning manbai bo‘lgan shaxs tomonidan belgilangan yoki qonunchilikda belgilangan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablag‘larga kiradi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. Maqsadli mablag‘larga jumladan quyidagilar kiradi: Birinchi band. budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va budjet subsidiyalari; Ikkinchi band. grantlar va insonparvarlik yordami; Uchinchi band. maqsadli tushumlar. Uchinchi qism. Soliq solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul asosda beriladigan quyidagi mol-mulk grant deb e’tirof etiladi: Birinchi band. davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro yoki chet el hukumat tashkilotlari yoxud nohukumat tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk; Ikkinchi band. chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk. To‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan u vakolat bergan tashkilotlar orqali taqsimlanadigan, aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va (yoki) ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qo‘llab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasiga aniq maqsadli beg‘araz ko‘maklashish soliq solish maqsadida insonparvarlik yordami deb e’tirof etiladi. Beshinchi qism. Maqsadli tushumlarga notijorat tashkilotlarni ta’minlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yo‘naltirilgan tushumlar (bundan aksiz to‘lanadigan tovarlar tarzidagi tushumlar mustasno) davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida bepul kelib tushgan, shuningdek boshqa yuridik va (yoki) jismoniy shaxslardan kelib tushgan, mazkur oluvchilar tomonidan maqsadli foydalaniladigan tushumlar kiradi. Oltinchi qism. Notijorat tashkilotlarni ta’minlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yo‘naltirilgan maqsadli tushumlarga quyidagilar kiradi: Birinchi band. muassislarning (ishtirokchilarning, a’zolarning) nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan badallari, shuningdek fuqarolik to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq deb e’tirof etiladigan xayriyalar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi band. notijorat tashkilotlar tomonidan bepul olingan tegishli shartnomalar asosida ko‘rsatilgan xizmatlar tarzidagi daromadlar; Uchinchi band. ushbu Kodeksda belgilangan tartibda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, uy-joy, bog‘dorchilik, bog'-tomorqa, garaj-qurilish, uy-joy qurilish kooperativlari yoki boshqa ixtisoslashgan iste’molchilar kooperativlari tomonidan amalga oshiriladigan umumiy mulkni ta’mirlash, mukammal ta’mirlash uchun ularning a’zolari tomonidan zaxira shakllantirishga ajratmalar; To‘rtinchi band. notijorat tashkilotlarga vasiyatnoma bo‘yicha meros tartibida o‘tadigan mol-mulk; Beshinchi band. notijorat tashkilotlarning ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan budjet mablag‘lari; Oltinchi band. xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablag‘lar va boshqa mol-mulk; Yettinchi band. kasaba uyushmasi tashkilotlariga kasaba uyushmasi tashkilotlarining ustavlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-madaniy va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun jamoa shartnomalariga (kelishuvlariga) muvofiq kelib tushgan mablag‘lar; Sakkizinchi band. notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikka muvofiq ular tomonidan tuzilgan soliq to‘lovchi bo‘lgan tarkibiy bo‘linmalardan bepul olingan mablag‘lar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘qqizinchi band. ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan olingan mol-mulk; O‘ninchi band. notijorat tashkilotlar tomonidan ular ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun davlat hokimiyati organlarining qarorlariga binoan olingan davlat mulkidan bepul foydalanish huquqi tarzidagi mulkiy huquqlar. Qirq to‘qqizinchi modda. Qimmatli qog‘ozlar. Birinchi qism. Qimmatli qog‘ozlar mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjatlardir. Ikkinchi qism. Qimmatli qog‘ozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar, depozit sertifikatlari, depozitar tilxatlar, opsionlar, fyuchers va forvard kontraktlari hamda islomiy qimmatli qog‘ozlar (sertifikatlar) kiradi, shuningdek qonunchilikka yoki chet davlatning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligiga muvofiq qimmatli qog‘ozlar deb e’tirof etiladigan boshqa qimmatli qog‘ozlar kiradi. Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda. Uchinchi qism. Qimmatli qog‘ozlarni emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki chet davlatlarning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligi bilan belgilanadi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi qism. Agar qimmatli qog‘ozlar bilan bajariladigan operatsiya muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar mezonlariga muvofiq bo‘lsa, soliq to‘lovchi uni mustaqil ravishda soliq solish maqsadida qimmatli qog‘ozlar bilan bajariladigan operatsiyalar jumlasiga yoki muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar jumlasiga kiritishga haqli. Beshinchi qism. Soliq solish maqsadida qimmatli qog‘ozlar quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozorida muomalada bo‘layotgan qimmatli qog‘ozlar (muomaladagi qimmatli qog‘ozlar) deb e’tirof etiladi: Oltinchi qism. ular qimmatli qog‘ozlar savdolarining hech bo‘lmaganda bitta tashkilotchisi tomonidan muomalaga kiritilgan bo‘lsa; Yettinchi qism. ularning narxlari (kotirovkalari) to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga qimmatli qog‘ozlarga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida berilishi mumkin bo‘lsa; Sakkizinchi qism. soliq to‘lovchi bu qimmatli qog‘ozlarga doir bitimni tuzgan sanadan e’tiboran o‘tgan ketma-ket uch oy ichida ular bo‘yicha hech bo‘lmaganda bir marta bozor kotirovkasi hisoblab chiqarilgan bo‘lsa (bundan qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish chog‘idagi bozor kotirovkasining hisob-kitobi mustasno). Ellikinchi modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari. Birinchi qism. Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun shartnoma tomonlari huquq va majburiyatlarining asos aktivlarga nisbatan taqsimlanishi bo‘yicha va tomonlar majburiyatlarining bajarilishiga to‘g‘ri keladigan sana ko‘rsatilgan shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik qonunchiligiga va (yoki) chet davlatlarning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligiga muvofiq shartnoma talablari bo‘yicha sud himoyasi lozim bo‘lmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun o‘sha shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb e’tirof etilmaydi. Mazkur shartnoma tufayli ko‘rilgan zararlar soliq solishda hisobga olinmaydi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi qism. Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining asos aktivi deganda muddatli bitimning predmeti tushuniladi. To‘rtinchi qism. Asos aktiv sifatida, jumladan chet el valyutasi, qimmatli qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, foiz stavkalari, kredit resurslari, narx yoki foiz stavkalarining indekslari, muddatli bitimlarning boshqa moliyaviy vositalari ishtirok etishi mumkin. Beshinchi qism. Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning ishtirokchilari deganda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi. Oltinchi qism. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini asos aktivlarni yetkazib berish yo‘li bilan, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi bo‘yicha uzil-kesil o‘zaro hisob-kitobni amalga oshirish yo‘li bilan yoxud muddatli bitimning moliyaviy vositasi bilan ilgari amalga oshirilgan operatsiyaga muddatli bitim ishtirokchisi tomonidan qarama-qarshi operatsiyani amalga oshirish yo‘li bilan bajarish muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha huquqlar va majburiyatlarning bajarilishi deb e’tirof etiladi. Yettinchi qism. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir, asos aktivni xarid qilishga qaratilgan operatsiyalar uchun qarama-qarshi yo‘nalishdagi operatsiya deb - asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya, asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya uchun esa - asos aktivni xarid qilishga qaratilgan operatsiya e’tirof etiladi. Sakkizinchi qism. Soliq to‘lovchi asos aktivni yetkazib berish shartlarini nazarda tutuvchi bitimni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya deb yoki ijroni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim deb e’tirof etib, ushbu bitimni mustaqil ravishda, ushbu moddaning talablarini inobatga olgan holda tavsiflashga haqli. To‘qqizinchi qism. Bitimning predmetini yetkazib berishni (bundan xedjirlash operatsiyalari mustasno) nazarda tutuvchi bitimlarni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar toifasiga kiritish mezonlari soliq to‘lovchi tomonidan hisob siyosatida soliq solish maqsadlari uchun aniqlanishi kerak. O‘ninchi qism. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar bo‘yicha huquq va majburiyatlarning ijro etilish sanasi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyaning tugallanish sanasidir. O‘n birinchi qism. Muddatli bitimning moliyaviy vositasi bo‘yicha majburiyatlar quyidagi hollarda uni qayta tavsiflamagan holda tugatilishi mumkin: Birinchi band. bir turdagi talablar va majburiyatlarni hisobga o‘tkazgan holda (o‘zaro hisobga o‘tkazgan holda); Ikkinchi band. shartnomalarning namunaviy shartlariga muvofiq bo‘lgan bosh kelishuvda belgilangan tartibda, agar bunday tugatishda netto-majburiyatning summasini belgilash nazarda tutilgan bo‘lsa; Uchinchi band. tashkil etilgan savdolarning qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablarni hisobga o‘tkazgan holda, agar bunday hisobga o‘tkazish netto-majburiyatning summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa. O‘n ikkinchi qism. Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir emitentning bir turdagi, bir toifadagi (xildagi) yoki bitta pay investitsiya fondining (pay investitsiya fondlarining investitsiya paylari uchun) bir xil hajmdagi huquqlarga ega bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarini yetkazib berishga doir talablar, shuningdek pul mablag‘larini ayni shu valyutada to‘lashga doir talablar bir turdagi talablar deb e’tirof etiladi. O‘n uchinchi qism. Ijro etishni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlarga soliq solish bunday bitimlarning tegishli asos aktivlari uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. O‘n to‘rtinchi qism. Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari uyushgan bozorda muomalada bo‘lgan bitimlarning moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy vositalariga) va muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada bo‘lmagan moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning muomalada bo‘lmagan moliyaviy vositalariga) bo‘linadi. O‘n beshinchi qism. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida rioya etilgan taqdirda uyushgan bozorda muomalada deb e’tirof etiladi: Birinchi band. bitimlarni tuzish, ularning muomalada bo‘lishi va bajarilishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq shunday huquqqa ega bo‘lgan savdolarning tashkilotchisi tomonidan belgilansa; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi band. muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining narxlari to‘g‘risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan keyin uch yil ichida berilishi mumkin bo‘lsa. O‘n oltinchi qism. Agar bitim uyushmagan bozorda tuzilsa va uning shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan bo‘lsa, bitim muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida faqat, basharti asos aktivni yetkazib berish bunday bitimning shartlariga muvofiq bitim tuzilgan kundan keyin kamida uchinchi kundan so‘ng amalga oshirilsa, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘n yettinchi qism. Uyushmagan bozorda tuziladigan va shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan bitim faqat muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘n sakkizinchi qism. O‘z shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari yoki o‘z shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi boshqa moliyaviy vositaning muddatli bitimlarini tuzish yetkazib berishga oid muddatli bitimlar deb e’tirof etiladi. O‘n to‘qqizinchi qism. O‘z shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari yoki o‘z shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutmaydigan moliyaviy vositalarning muddatli bitimlarini tuzish hisob-kitobli muddatli bitimlar deb e’tirof etiladi. Yigirmanchi qism. Yetkazib berishga oid muddatli bitimlar sifatida, shuningdek ijroni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlar majburiyatlar lozim darajada ijro etishdan farq qiladigan usullar orqali tugatilgan taqdirda hisob-kitobli muddatli bitimlar sifatida qayta tavsiflanmaydi. Yigirma birinchi qism. Variatsiyali marja deganda savdolarning tashkilotchisi yoki kliring tashkiloti tomonidan hisoblab chiqiladigan hamda savdolarning tashkilotchilari va (yoki) kliring tashkilotlari tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq muddatli bitimlar ishtirokchilari tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi tushuniladi. Ellik birinchi modda. Xedjirlash. Birinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida xedjirlash operatsiyalari deganda soliq to‘lovchi uchun noxush oqibatlarni (to‘liq yoki qisman) kamaytirish (kompensatsiya qilish) maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari (shu jumladan harxil turlari bilan) amalga oshiriladigan operatsiyalar (operatsiyalar majmui) tushuniladi. Ikkinchi qism. Bunday noxush oqibatlar jumlasiga, xususan, zarar ko‘rish, tushumning yoki foydaning kamayishi, mol-mulk bozor qiymatining kamayishi, narxning, foiz stavkasining, milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining yoki xedjirlash obyekti (obyektlari) boshqa ko‘rsatkichining (ko‘rsatkichlari majmuining) o‘zgarishi oqibatida soliq to‘lovchining majburiyatlari ko‘payishi kiritilishi mumkin. Uchinchi qism. Soliq to‘lovchining mol-mulki, mulkiy huquqlari va uning xedjirlash operatsiyasini amalga oshirish sanasida bajarilish muddati yetib kelmagan majburiyatlari xedjirlash obyektlari deb e’tirof etiladi. To‘rtinchi qism. Amalga oshirilishi (bajarilishi) tarafning shartnoma bo‘yicha talab qo‘yishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda ularga nisbatan soliq to‘lovchi xedjirlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan talab qilish huquqlari va majburiyatlar xedjirlash obyektlari bo‘lishi mumkin. Beshinchi qism. Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining xedjirlash operatsiyasi uchun foydalaniladigan asos aktivlari xedjirlash obyektidan farq qilishi mumkin. Oltinchi qism. Xedjirlash maqsadida har xil turdagi muddatli bitimning bittadan ortiq moliyaviy vositasini, shu jumladan xedjirlash muddati ichida bitta xedjirlash operatsiyasi doirasida muddatli bitimlarning bir nechta moliyaviy vositalarini tuzishga yo‘l qo‘yiladi. Yettinchi qism. Soliq to‘lovchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyani xedjirlash operatsiyasi jumlasiga kiritish asoslanganligini tasdiqlash uchun xedjirlash operatsiyasiga doir bitimni tuzish sanasida soliq to‘lovchining taxminlaridan kelib chiqqan holda ushbu operatsiyaning amalga oshirilishi narxning, bozor kotirovkasining, valyuta kursining yoki xedjirlash obyekti boshqa ko‘rsatkichining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan noxush oqibatlarni kamaytirish imkonini berishini tasdiqlovchi ma’lumotnomani tuzadi. Sakkizinchi qism. Agar bitta xedjirlash operatsiyasi maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar majmuidan foydalanilsa, bunday ma’lumotnoma ushbu bitimlar majmuining birinchisi tuzilgan sanadagi holatga ko‘ra tuziladi. Ellik ikkinchi modda. Qimmatli qog‘ozlar bilan REPO operatsiyalari. Birinchi qism. Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli qog‘ozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin ularni qaytarib sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qog‘ozlarning shartnomada belgilangan sotish (sotib olish) narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi mumkin. Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va (yoki) chet davlatlarning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligida repo shartnomalariga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan shartnoma REPO operatsiyasi deb e’tirof etiladi. Bunda repo shartnomasining birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha REPOning birinchi va ikkinchi qismlari deb e’tirof etiladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi qism. Repo shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchi va repo shartnomasi bo‘yicha sotuvchi tegishincha REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchi hamda REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi deb e’tirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlar REPOning birinchi qismi bajarilishi sharti bilan yuzaga kelishi kerak. To‘rtinchi qism. REPO operatsiyasining shartlari bitim taraflarining quyidagi huquqlaridan kamida bittasini nazarda tutishi mumkin: Birinchi band. REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchining REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasiga qadar REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchiga REPOning birinchi qismi bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlar yoki ular ayirboshlangan qimmatli qog‘ozlar o‘rniga boshqa qimmatli qog‘ozlarni berish huquqi; Ikkinchi band. REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchining REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchidan ushbu qismning birinchi bandida ko‘rsatilgan o‘tkazishni talab qilish huquqi. Beshinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida REPO operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan REPOning tegishli qismi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishining repo shartnomasida nazarda tutilgan muddatlari REPO birinchi yoki ikkinchi qismining bajarilish sanalari hisoblanadi. Oltinchi qism. REPOning birinchi yoki ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni yetkazib berish va ularga haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlar turli sanalarda bajarilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlarga haq to‘lash yoki ularni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi sanalaridan eng kechrog‘i tegishincha REPO birinchi qismining sanasi va ikkinchi qismining sanasi deb e’tirof etiladi. Yettinchi qism. REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish sanasi REPO muddatini qisqartirish tomonga ham, uni uzaytirish tomonga ham o‘zgartirilishi mumkin. REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar, agar repo shartnomasida REPO ikkinchi qismining narxini aniqlash tartibi belgilangan bo‘lsa va agar REPOning ikkinchi qismi taraflar tomonidan REPOning birinchi qismiga doir majburiyatlar bajarilgan sanadan e’tiboran bir yil ichida bajarilgan bo‘lsa, REPO operatsiyalari deb e’tirof etiladi. Sakkizinchi qism. Qimmatli qog‘ozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki kliring tashkiloti orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari uchun REPOning ikkinchi qismi bajarilishi sanasining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi savdolar tashkilotchisining (birjaning) yoki kliring tashkilotining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday o‘zgartirilishi ushbu modda maqsadida REPO muddatini o‘zgartirish deb e’tirof etiladi. To‘qqizinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida REPO stavkasi REPO operatsiyasini tuzish chog‘ida aniqlanadi va u qat’iy belgilangan yoki hisob-kitobli bo‘lishi mumkin. O‘ninchi qism. REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. O‘n birinchi qism. Agar REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida to‘liq yoki qisman bajarilmasa va o‘zaro talablarni tartibga solish tartib-taomili o‘tkazilmasa, REPOning ikkinchi qismi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, lozim darajada bajarilmagan deb e’tirof etiladi. O‘n ikkinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida quyidagilar REPOning ikkinchi qismini to‘liq bajarmaslik deb e’tirof etilmaydi: Birinchi band. REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlarni REPOning ikkinchi qismini bajarishning taraflar tomonidan kelishgan sanasidan e’tiboran o‘n kun ichida bajarish; Ikkinchi band. majburiyatlarni quyidagi hollarda muqobil talablarni hisobga olish yo‘li bilan bajarish (tugatish): A kichik band. agar bunday talablar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan shartnomalarning namunaviy shartlariga mos bo‘lgan bosh kelishuv (yagona shartnoma) shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan bo‘lsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. B kichik band. agar bunday talablar uyushgan savdolar qoidalarining va (yoki) kliring qoidalarining shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan bo‘lsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan bo‘lsa. O‘n uchinchi qism. REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda REPO operatsiyasi soliq solish maqsadida qayta tavsiflanishi lozim. O‘n to‘rtinchi qism. REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq to‘lovchi tomonidan quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi: Birinchi band. repo shartnomalariga nisbatan qonunchilikda qo‘yiladigan talablarga va (yoki) REPO operatsiyasiga nisbatan ushbu moddada qo‘yiladigan talablarga rioya etilmaganda; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi band. repo shartnomasi bekor qilinganda; Uchinchi band. REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmaganda. O‘n beshinchi qism. REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash bunday qayta tavsiflash uchun asos bo‘lgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi. O‘n oltinchi qism. REPO operatsiyasi ishtirokchilarining REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash chog‘idagi majburiyatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi. Ellik uchinchi modda. Qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyalari. Birinchi qism. Qimmatli qog‘ozlarni qarzga berish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan, ushbu moddaning uchinchi - oltinchi qismlarida belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan qarz shartnomasi (bundan buyon matnda qarz shartnomasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. Ushbu Kodeks qoidalari soliq to‘lovchining vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan tegishli fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida uning hisobidan amalga oshirilgan qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyalariga nisbatan ham qo‘llaniladi. Uchinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qog‘ozlarning qarz shartnomasida foizlar pul shaklida to‘lanishi nazarda tutilishi kerak. To‘rtinchi qism. Foiz stavkasi yoki uni aniqlash tartibi qarz shartnomasining shartlarida belgilanadi. Beshinchi qism. Qarz shartnomasi bo‘yicha foizlarni aniqlash maqsadi uchun, agar ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, qarz shartnomasi bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati tegishli qimmatli qog‘ozlarning shartnomani tuzish sanasidagi bozor narxiga teng tarzda, bozor narxi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, hisob-kitob qilingan narxiga teng etib qabul qilinadi. Bunda qimmatli qog‘ozlarning bozor narxi va hisob-kitob qilingan narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi. Oltinchi qism. Qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini kreditor tomonidan qarz oluvchiga o‘tkazish chog‘idagi o‘tish sanasi qarzning boshlanish sanasi bo‘ladi, qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan mulk huquqini qarz oluvchi tomonidan kreditorga o‘tkazish chog‘idagi o‘tish sanasi qarzning tugash sanasi bo‘ladi. Yettinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qog‘ozlar tarzida berilgan (olingan) qarz shartnomasining muddati bir yildan oshmasligi kerak. Sakkizinchi qism. Agar qarz shartnomasida qimmatli qog‘ozlarni qaytarish muddati belgilanmagan bo‘lsa yoki mazkur muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan bo‘lsa (ochiq sanali qarz shartnomasi) va qarz boshlangan sanadan e’tiboran bir yil ichida qimmatli qog‘ozlar qarz oluvchi tomonidan kreditorga qaytarilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida qimmatli qog‘ozlar qarz boshlangan sanada realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi. To‘qqizinchi qism. Bunda kreditorning va qarz oluvchining qarz shartnomasi bo‘yicha berilgan qimmatli qog‘ozlarni realizatsiya qilishdan (sotib olishdan) olingan daromadlari hamda qilingan xarajatlari qimmatli qog‘ozlarning qarz boshlangan va foizlar olingan (to‘langan) sanadagi bozor narxidan (hisob-kitob narxidan) kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. O‘ninchi qism. Mazkur qimmatli qog‘ozlarning ko‘rsatilgan bozor (hisob-kitob) narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi. O‘n birinchi qism. Ushbu modda sakkizinchi qismining qoidalari quyidagi hollarda ham qo‘llaniladi, agar: Birinchi band. qarz shartnomasida qarzni qaytarish muddati belgilangan bo‘lsa, biroq qimmatli qog‘ozlar qarz boshlangan sanadan e’tiboran bir yil o‘tgach kreditorga qarz oluvchi tomonidan qaytarilmagan bo‘lsa; Ikkinchi band. qimmatli qog‘ozlarni qaytarishga doir majburiyat kreditorga pul mablag‘larini to‘lash yoki qimmatli qog‘ozlardan farq qiladigan boshqa mol-mulkni o‘tkazish orqali tugatilgan bo‘lsa. O‘n ikkinchi qism. Qimmatli qog‘ozlarning qarz operatsiyalari bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytarish yuzasidan majburiyatlar bajarilmagan yoki to‘liq hajmda bajarilmagan taqdirda, o‘ziga nisbatan lozim darajada bajarmaslikka yo‘l qo‘yilgan va o‘zaro talablarni tartibga solish tartib-taomili o‘tkazilmagan REPO operatsiyasi uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartib soliq solish maqsadida qo‘llaniladi. Ellik to‘rtinchi modda. Moliyaviy ijara va lizing. Birinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida shartnoma bo‘yicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) o‘n ikki oydan ko‘p muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chog‘ida yuzaga keladigan ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb e’tirof etiladi. Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi kerak: Birinchi band. moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining mulkiga o‘tkazilsa; Ikkinchi band. moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish muddatining sakson foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining kamida yigirma foizini tashkil etsa; Uchinchi band. moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qat’iy narx bo‘yicha haqini to‘lab olish huquqiga ega bo‘lsa; Uch bir band. islomiy moliya faoliyati doirasida banklar va mikromoliya tashkilotlari bilan islomiy moliya standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini mulk huquqini o‘tkazish bo‘yicha alohida shartnoma va unda belgilanadigan shartlar asosida qabul qilib olish huquqiga ega bo‘lsa; Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda. To‘rtinchi band. moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara to‘lovlarining joriy diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining to‘qson foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb e’tirof etilib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga ko‘ra uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi bo‘yicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) oladi hamda uni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan shartnoma bo‘yicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga beradi. Uchinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadi uchun moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining tarafi bo‘lgan ijarachiga (lizing oluvchiga) moliyaviy ijara (lizing) predmetining xaridori sifatida qaraladi. To‘rtinchi qism. Soliq solish maqsadida islomiy moliya faoliyati doirasida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya standartlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy ijara (islomiy ijara) shartnomalariga ham moliyaviy ijara va lizing shartnomalari sifatida qaraladi hamda ularga nisbatan ushbu Kodeks qoidalari qo‘llaniladi. Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda. Ellik beshinchi modda. Soliq qarzi. Birinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to‘lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo‘yicha bo‘nak va joriy to‘lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to‘lanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri ma’lumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasiga (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) kiritilgan ijro hujjatlari bo‘yicha soliq qarzining hisobi alohida yuritiladi. Izoh: bir ming oltmish to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Uchinchi qism. Soliq to‘lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo‘yicha ham, ularning har biri bo‘yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin. To‘rtinchi qism. Soliq qarzini to‘lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog‘ida to‘lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: Birinchi band. soliqlar summasi; Ikkinchi band. hisoblangan penyalar; Uchinchi band. jarimalar. Ellik oltinchi modda. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti. Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti hisoblanadi. Ikkinchi qism. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘z huquqlari hamda majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirishi uchun foydalanilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa manfaatdor shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin. Izoh: olti yuz yetti sonli qonun, ikki ming yigirma-yil tahririda. Uchinchi qism. Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga va soliq to‘lovchilar tomonidan soliq organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Har bir soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti ushbu soliq to‘lovchi soliq organlarida hisobga qo‘yilganidan keyin shakllantiriladi. To‘rtinchi qism. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy tartibda (bundan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno) amalga oshiriladi. Bunda soliq organlari hamda soliq to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Izoh: sakkiz yuz o‘n ikki sonli qonun, ikki ming yigirma ikki-yil tahririda. Beshinchi qism. Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lishidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, soliq to‘lovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi. Oltinchi qism. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs o‘z soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi o‘z huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. Yettinchi qism. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga kirish yagona identifikatsiyalash tizimi orqali elektron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi. Sakkizinchi qism. Elektron raqamli imzo soliq to‘lovchiga uning arizasi asosida Davlat xizmatlari markazi orqali haq to‘lash asosida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etiladi. To‘qqizinchi qism. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti faollashtirilganidan keyin to uning amal qilishi to‘xtatib turilguniga qadar soliq organlari barcha hujjatlarni soliq to‘lovchiga faqat uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq to‘lovchi hujjatlarni soliq organlariga xuddi shunday tartibda yuboradi. O‘ninchi qism. Soliq organlari tomonidan hujjat va soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi chog‘ida u ko‘rsatgan mobil telefon raqamiga tegishli SMS-xabar yuboriladi. O‘n birinchi qism. Agar soliq organi tomonidan elektron hujjat soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilganda soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetining amal qilishi to‘xtatib turilganligi yoki elektron raqamli imzo kalitining sertifikati tugatilganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan bo‘lsa, mazkur hujjat soliq to‘lovchiga ushbu ma’lumotlar olingan kundan e’tiboran uch kun ichida qog‘ozda yuboriladi. O‘n ikkinchi qism. Ushbu Kodeksning yuz yigirma to‘qqizinchi moddasi yettinchi va o‘n uchinchi qismlariga muvofiq soliq organida hisobda turgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan soliq organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning ikki yuz sakson ikkinchi moddasida ko‘rsatilgan xizmatlarni elektron shaklda ko‘rsatishga taalluqli ma’lumotlarni soliq organiga taqdim etish uchun foydalaniladi. O‘n uchinchi qism. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet el yuridik shaxslariga ular soliq organlarida ushbu Kodeksning yuz yigirma to‘qqizinchi moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda hisobga qo‘yilgan kundan e’tiboran beriladi. Bunday chet el yuridik shaxsi soliq organida hisobdan chiqarilgan taqdirda soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish huquqi soliq organlari soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirishi chog‘ida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun saqlanib qoladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ellik yettinchi modda. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari. Birinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar e’tirof etiladi: Ikkinchi qism. qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotini, shu jumladan uni o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida sakson foizini tashkil etsa; Uchinchi qism. yer uchastkalariga ega bo‘lgan, bu yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lsa. To‘rtinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va o‘simliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi: Birinchi band. qishloq va o‘rmon xo‘jaligi o‘simlikshunosligi mahsulotlari; Ikkinchi band. chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik mahsulotlari; Uchinchi band. ipakchilik mahsulotlari; To‘rtinchi band. baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar. Beshinchi qism. Sanoatda qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsuloti deb e’tirof etilmaydi. Ellik sakkizinchi modda. Notijorat tashkilotlar. Birinchi qism. Qonunchilikda notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq bo‘lgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb e’tirof etiladi, agar: Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. daromad olish maqsadiga ega bo‘lmasa; Uchinchi qism. daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamasa. Ellik to‘qqizinchi modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar. Birinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kiradi: Birinchi band. tegishli litsenziya asosida tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno). Tibbiy xizmatlar jumlasiga, ushbu bandni qo‘llash maqsadida, quyidagilar kiradi, xususan, tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari ko‘rsatish: Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. A kichik band. tashxis qo‘yish, profilaktika va davolash xizmatlari; B kichik band. stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini o‘rnatish xizmatlari; Ikkinchi band. ta’limga oid xizmatlar, shu jumladan testlar va imtihonlar o‘tkazishni tashkil etish; Uchinchi band. ilm-fan sohasidagi vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ilmiy va (yoki) ilmiy-texnikaviy faoliyat subyektlari tomonidan fan sohasida amalga oshiriladigan faoliyat (shu jumladan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, muallif tomonidan ilmiy-intellektual mulkdan foydalanish, jumladan uni realizatsiya qilish); To‘rtinchi band. jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlar. Bunday xizmatlarga, xususan, quyidagilar kiradi: A kichik band. sport inshootlarida, maktablarda, sog‘lomlashtirish yo‘nalishidagi klublarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini sport turlari bo‘yicha o‘quv guruhlari hamda jamoalarida o‘tkazish xizmatlari, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari; B kichik band. sport musobaqalari yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini o‘tkazish xizmatlari, shuningdek ushbu tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish; V kichik band. sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, anjomlarni, sport kiyim-boshlarini berib turish bo‘yicha xizmatlar; Beshinchi band. bolalarni, keksalarni va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning ijtimoiy ta’minoti sohasidagi xizmatlar. Ikkinchi qism. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, ularning tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida to‘qson foizini tashkil etishi sharti bilan, ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar deb e’tirof etiladi. Uchinchi qism. Aksiz to‘lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga doir faoliyatdan daromadlar oluvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kirmaydi. Oltmishinchi modda. Ushbu Kodeksda qo‘llaniladigan boshqa tushunchalar. Birinchi qism. Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi tushunchalardan ham foydalaniladi: Ikkinchi qism. asosiy faoliyat turi - yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi; Izoh: bir ming yuz sakkiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Uchinchi qism. jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari - uning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi; To‘rtinchi qism. ijara (lizing) to‘lovi - ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan to‘lanadigan summa; Beshinchi qism. ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizdan olinadigan daromadi - moliyaviy ijara (lizing) obyektining ijara (lizing) to‘lovi summasi va qiymati o‘rtasidagi farq; Oltinchi qism. nazorat-kassa texnikasi - fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal to‘plagichlardagi fiskal ma’lumotlar yozib olinishi va saqlanishini ta’minlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal ma’lumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qo‘llash to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq qog‘ozda chop etilishini ta’minlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yettinchi qism. ortiqcha to‘langan soliq summasi (penya, jarima) - soliqning (penyaning, jarimaning) to‘langan summasi bilan haqiqatda to‘lanishi lozim bo‘lgan summasi o‘rtasidagi ijobiy farq. Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha to‘langan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki) soliq to‘lovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob qilish sanasida aniqlanadi; Sakkizinchi qism. ortiqcha undirilgan soliq summasi - soliq organlarining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari natijasida ortiqcha to‘langan soliq summasi; To‘qqizinchi qism. tan olingan soliq qarzi - soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kun ichida soliq to‘lovchi tomonidan e’tiroz bildirilmagan qarz yoki sud qarori bilan tasdiqlangan qarz; O‘ninchi qism. xatolik bilan to‘langan soliq (penya, jarima) summasi - soliq (penya, jarima) summasini to‘lagan shaxsni va (yoki) ushbu to‘lovning maqsadini qat’iy aniqlash imkoniyatini bermaydigan to‘lov chog‘ida xatolikka yo‘l qo‘yilgan soliq (penya, jarima) summasi. Qaysi soliqqa (penyaga, jarimaga) nisbatan uni to‘lagan shaxs soliq to‘lovchi deb hisoblanmaydigan shaxsdan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan budjetdan boshqa budjetga kelib tushgan soliq (penya, jarima) summasi ham xatolik bilan to‘langan deb e’tirof etiladi; O‘n birinchi qism. umidsiz qarz - sud qarori bilan majburiyat bekor qilinganligi tufayli yoxud qarzdor bankrot deb topilganligi, tugatilganligi, vafot etganligi yoki da’vo muddati tugaganligi oqibatida to‘lanishi mumkin bo‘lmagan qarz, shuningdek Majburiyatlar reyestriga kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n yil ichida to‘lanmagan qarz; Izoh: bir ming oltmish to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. O‘n ikkinchi qism. Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlashni va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi reyting; Izoh: bir ming sonli qonun, ikki ming yigirma to‘rt-yil tahririda. O‘n uchinchi qism. islomiy moliya faoliyati - qonunchilikda belgilangan tartibda, islomiy moliya standartlari asosida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat; O‘n to‘rtinchi qism. islomiy moliya operatsiyalari - qonunchilikka muvofiq islomiy moliya standartlari asosida banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar. Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Savol berish