Umumiy qoidalar

I BO‘LIM · 6 bob · 2 401 test · 75 tuzilish testi

3-bob · 19–29 moddalar

Soliq munosabatlarining subyektlari, ularning huquqlari va majburiyatlari

Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗

Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.

To‘liq matn

Uchinchi bob. Soliq munosabatlarining subyektlari, ularning huquqlari va majburiyatlari. O‘n to‘qqizinchi modda. Soliq munosabatlarining subyektlari va hujjatlar almashish tartibi. Birinchi qism. Soliq to‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlaridir. Ikkinchi qism. Soliq organlari, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi. Uchinchi qism. Agar soliq to‘lovchida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. To‘rtinchi qism. Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin. Beshinchi qism. Soliq to‘lovchilar, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga hujjatlarni mazkur moddaning ikkinchi - to‘rtinchi qismlarida ko‘rsatilganiga o‘xshash tartibda yuboradi. Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda - jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi. Oltinchi qism. Soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarda hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda mazkur shaxsni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali elektron hujjatni tasdiqlash ham elektron raqamli imzoga tenglashtiriladi. Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Yettinchi qism. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning, elektron hujjat aylanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini to‘ldirish tartibi, bunday hujjatlarni qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi. Izoh: bir ming yetmish bir sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. Yigirmanchi modda. Soliq to‘lovchilar. Birinchi qism. Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Yuridik shaxslarning alohida bo‘linmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida bo‘linmalar joylashgan yeri bo‘yicha bajaradi. Uchinchi qism. Yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritilgan soliq to‘lovchilar alohida bo‘linmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yig‘imlarni) to‘laydi. To‘rtinchi qism. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq to‘lovchilar deb e’tirof etiladi. Yigirma birinchi modda. Soliq to‘lovchilarning huquqlari. Birinchi qism. Soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega: Ikkinchi qism. soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi qism. o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish; To‘rtinchi qism. ushbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; Beshinchi qism. soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini o‘z vaqtida hisobga o‘tkazish yoki qaytarish; Oltinchi qism. ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash; Yettinchi qism. soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; Sakkizinchi qism. ushbu Kodeksga muvofiq o‘z hududida o‘tkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini o‘tkazish chog‘ida hozir bo‘lish; To‘qqizinchi qism. sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; O‘ninchi qism. soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berish; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n birinchi qism. soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va (yoki) soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan talablarini bajarmaslik; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n ikkinchi qism. soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega bo‘lmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; O‘n uchinchi qism. soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning o‘rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; O‘n to‘rtinchi qism. ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etish; O‘n beshinchi qism. soliq munosabatlari masalalariga oid o‘z manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa o‘z vakillari orqali ifodalash; O‘n oltinchi qism. soliq siriga rioya etish va uni saqlash. O‘n yettinchi qism. Soliq to‘lovchilar ushbu Kodeksda va soliq to‘g‘risidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan o‘zga huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n sakkizinchi qism. Soliq to‘lovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq to‘lovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. O‘n to‘qqizinchi qism. Soliq to‘lovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan ta’minlanadi. Yigirmanchi qism. Soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirma ikkinchi modda. Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari. Birinchi qism. Soliq to‘lovchilar: Ikkinchi qism. belgilangan soliqlar va yig‘imlarni o‘z vaqtida hamda to‘liq hajmda hisoblab chiqarishi va to‘lashi; Uchinchi qism. hujjatlarni ko‘rib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati to‘g‘risida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi; To‘rtinchi qism. tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; Beshinchi qism. soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi; Oltinchi qism. soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, ko‘rsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi; Yettinchi qism. agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni to‘lash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi uch yil mobaynida but saqlanishini ta’minlashi; Izoh: sakkiz yuz to‘qson bir sonli qonun, ikki ming yigirma uch-yil tahririda. Sakkizinchi qism. o‘zi soliq bo‘yicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki to‘g‘risida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi o‘n foizdan ortiq bo‘lsa, xabardor etishi shart. To‘qqizinchi qism. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, o‘zlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga o‘zlarining barcha alohida bo‘linmalari to‘g‘risida va alohida bo‘linmalarga oid ilgari xabar qilingan ma’lumotlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida alohida bo‘linma tashkil etilgan yoki mazkur ma’lumotlar o‘zgartirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. O‘ninchi qism. Ushbu Kodeks bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi o‘z vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini ta’minlashi kerak. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n birinchi qism. Chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirig‘iga binoan boshqa shaxslardan pul mablag‘larini yoki mol-mulkni quyidagi maqsadlarda olgan yuridik shaxslar tegishli soliq hisobotida, jismoniy shaxslar esa jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyada olingan pul mablag‘lari yoki mol-mulki haqidagi ma’lumotni aks ettirishi shart: O‘n ikkinchi qism. jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar, so‘rovlar o‘tkazish (bundan tijorat maqsadlarida o‘tkaziladigan tadqiqot va so‘rovlar mustasno); O‘n uchinchi qism. ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va tarqatish (bundan ushbu faoliyat tijorat maqsadlariga qaratilgan hollar mustasno). O‘n to‘rtinchi qism. Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida belgilangan majburiyat quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi: O‘n beshinchi qism. davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga; O‘n oltinchi qism. nodavlat notijorat tashkilotlarga; O‘n yettinchi qism. chet el diplomatik vakolatxonalariga hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar va konsullik muassasalariga; O‘n sakkizinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlarning ixtisoslashtirilgan muassasalariga. Izoh: bir ming sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda. O‘n to‘qqizinchi qism. Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish obyekti deb e’tirof etiladigan ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, ko‘chmas mulk obyekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari ko‘rsatilgan holatlarda o‘z muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi ma’lumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda ko‘rsatilgan bir nechta mol-mulk obyekti mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga ko‘ra, xabar mol-mulk obyektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi. Yigirmanchi qism. O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan soliqlar to‘laydigan soliq to‘lovchilar zimmasida O‘zbekiston Respublikasining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham bo‘ladi. Yigirma birinchi qism. Soliq to‘lovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Yigirma uchinchi modda. Soliq agentlari. Birinchi qism. Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va budjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi. Ikkinchi qism. Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq to‘lovchilar kabi huquqlarga ega bo‘ladi. Uchinchi qism. Soliq agentlari: To‘rtinchi qism. soliqlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjet tizimiga o‘tkazishi; Beshinchi qism. soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yo‘qligi va soliq to‘lovchining soliq qarzi summasi to‘g‘risida bunday holatlar soliq agentiga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi; Oltinchi qism. hisoblangan va to‘langan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va budjet tizimiga o‘tkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha alohida yuritishi; Yettinchi qism. soliqlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi; Sakkizinchi qism. soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning sakson sakkizinchi moddasida nazar tutilgan da’vo muddati mobaynida but saqlanishini ta’minlashi shart. To‘qqizinchi qism. Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirma to‘rtinchi modda. Soliq to‘lovchining vakillari. Birinchi qism. Soliq to‘lovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli. Ikkinchi qism. Vakilning vakolatlari ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi qism. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning ta’sis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar e’tirof etiladi. To‘rtinchi qism. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonunchiligiga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar e’tirof etiladi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Beshinchi qism. Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi. Oltinchi qism. Soliq to‘lovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda o‘z manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘lishi mumkin. Yettinchi qism. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘z vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Sakkizinchi qism. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchining vakolatli vakili o‘z vakolatlarini fuqarolik qonunchiligiga muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘qqizinchi qism. Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq to‘lovchining vakolatli vakillari bo‘la olmaydi. O‘ninchi qism. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi qonun asosida soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi. O‘n birinchi qism. Soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma qoidalaridan qat’i nazar, ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi quyidagilar bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli: O‘n ikkinchi qism. soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ushbu shartnomaga o‘zgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror va uni tugatish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; O‘n uchinchi qism. soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda solig‘i bo‘yicha qarzlarni majburiy undirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda; O‘n to‘rtinchi qism. soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati bo‘yicha ular soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi bo‘lgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita ta’sir qilsa. O‘n beshinchi qism. Amal qilish muddati tugashi bilan soliq to‘lovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish to‘g‘risidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxs ushbu moddaning o‘ninchi va o‘n birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi. O‘n oltinchi qism. Soliq to‘lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchisi bo‘lgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash bo‘yicha ushbu Kodeks bilan o‘zlariga berilgan vakolatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirma beshinchi modda. Vakolatli organlar. Birinchi qism. Quyidagilar vakolatli organlardir: Ikkinchi qism. soliq organlari - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari; Uchinchi qism. bojxona organlari - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, "Toshkent - AERO" maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari; To‘rtinchi qism. yig‘imlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar. Yigirma oltinchi modda. Soliq organlarining huquqlari. Birinchi qism. Soliq organlari quyidagilarga haqli: Ikkinchi qism. soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilish; Uchinchi qism. ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini o‘tkazish; To‘rtinchi qism. hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to‘lovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bog‘liq joylarni ko‘zdan kechirish; Beshinchi qism. mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning nazorat o‘lchovlarini o‘tkazish; Oltinchi qism. qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud qarori bo‘yicha muhrlash; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yettinchi qism. soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish bilan bog‘liq hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qo‘yish; Sakkizinchi qism. foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa ma’lumotlarni olish; To‘qqizinchi qism. tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; O‘ninchi qism. soliq to‘lovchi hisob hujjatlarini yo‘qotgan yoki yo‘q qilgan hollarda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi o‘zida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash; O‘n birinchi qism. o‘zaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq to‘lovchi tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning to‘g‘riligi, to‘liqligi va o‘z vaqtida to‘lanishi yuzasidan soliq monitoringini o‘tkazish; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n ikkinchi qism. soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rish; O‘n uchinchi qism. soliqqa oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va moliyaviy sanksiyalar qo‘llash; O‘n to‘rtinchi qism. soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga o‘tkazish sud tartibida amalga oshiriladi; O‘n beshinchi qism. soliq to‘lovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy olingan mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risida sudlarga da’volar kiritish; O‘n oltinchi qism. hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish; O‘n yettinchi qism. soliq to‘lovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida soliq organlariga ular tomonidan soliqlarni to‘lash (ushlab qolish va o‘tkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan bog‘liq ravishda, shuningdek ular tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning bajarilishi bilan bog‘liq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n sakkizinchi qism. ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq to‘lovchining yoki soliq agentining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qo‘yish; O‘n to‘qqizinchi qism. soliq to‘lovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning bajarilishini nazorat qilish; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirmanchi qism. ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar tomonidan bajarilishini nazorat qilish. Yigirma birinchi qism. Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin. Yigirma yettinchi modda. Soliq organlarining majburiyatlari. Birinchi qism. Soliq organlari: Ikkinchi qism. soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etishi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi qism. soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi qism. soliq to‘lovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‘liq obyektlar, hisoblangan va to‘langan soliqlar to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olinishini ta’minlashi; Beshinchi qism. soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berishi, shuningdek o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risida xabardor qilishi; Oltinchi qism. soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida o‘z vaqtida e’lon qilishi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yettinchi qism. soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini tushuntirishi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Sakkizinchi qism. soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘qqizinchi qism. huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; O‘ninchi qism. soliq to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi to‘g‘risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni o‘rganishi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n birinchi qism. davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablag‘larining to‘liq va o‘z vaqtida tushishini nazorat qilishi; O‘n ikkinchi qism. masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faktlari bo‘yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. O‘n uchinchi qism. o‘z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi; O‘n to‘rtinchi qism. soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta’minlashi; O‘n beshinchi qism. soliq to‘lovchining talabiga binoan soliqlarni to‘lash bo‘yicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi; O‘n oltinchi qism. ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini so‘zsiz undirishi; O‘n yettinchi qism. yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma’lum qilishi; O‘n sakkizinchi qism. soliq to‘lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani berishi; O‘n to‘qqizinchi qism. soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirmanchi qism. Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirma sakkizinchi modda. Bojxona organlarining, yig‘imlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari. Birinchi qism. Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish chog‘ida bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka, ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va yig‘imlarni undirish bo‘yicha huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Ikkinchi qism. Yig‘imlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Yigirma to‘qqizinchi modda. Soliq siri. Birinchi qism. Vakolatli organlar tomonidan olingan soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq sirini tashkil etadi, quyidagilar bundan mustasno: Birinchi band. hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan, shu jumladan egasining roziligi bilan shunday foydalanish imkoni yaratilgan ma’lumotlar; Ikkinchi band. soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Uchinchi band. soliq to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishlari va bu qoidabuzarliklar uchun javobgarlik choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. To‘rtinchi band. soliq to‘lovchilar tomonidan qo‘llaniladigan soliq rejimlari va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Beshinchi band. to‘langan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi ma’lumotlar; Oltinchi band. yuridik shaxsning ishtirokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Yettinchi band. xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar; Sakkizinchi band. moliyaviy hisobot ma’lumotlari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Ikkinchi qism. Soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb etiladigan mutaxassislar va ekspertlar tomonidan oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda. Uchinchi qism. Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq to‘lovchining tijorat sirini (ishlab chiqarish sirini) tashkil etuvchi va davlat organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan mutaxassisga yoki ekspertga ular o‘z majburiyatlarini bajarishi chog‘ida ma’lum bo‘lib qolgan axborotdan foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi. To‘rtinchi qism. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning soliq organlariga yoki boshqa tegishli organlariga soliq to‘lovchi to‘g‘risida so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi. Beshinchi qism. Davlat organlariga kelib tushgan soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxsus saqlash va foydalanish rejimiga ega. Oltinchi qism. Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega. Yettinchi qism. Soliq sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlarning yo‘qotilishi yoki bunday ma’lumotlarning oshkor etilishi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sakkizinchi qism. Ushbu moddaning qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tasarrufidagi, soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadigan va ularga ishlov beradigan tashkilotlar tomonidan olingan ma’lumotlarga, shuningdek mazkur tashkilotlarning xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Savol berish