Umumiy qoidalar
I BO‘LIM · 6 bob · 2 401 test · 75 tuzilish testi
O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi
Rasmiy matnni lex.uz da o‘qish ↗
Bu bobning audio darslari hali tayyor emas.
To‘liq matn
Ikkinchi bob. O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi.
O‘n oltinchi modda. Soliqlar va yig‘imlar.
Birinchi qism. Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiy beg‘araz to‘lov tushuniladi.
Ikkinchi qism. Yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.
Izoh: bir ming yuz o‘n yetti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Uchinchi qism. Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdek ijro ishini yuritish tartibida qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari, qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.
Izoh: bir ming oltmish to‘qqiz sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
O‘n yettinchi modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari.
Birinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
Birinchi band. qo‘shilgan qiymat solig‘i;
Ikkinchi band. aksiz solig‘i;
Uchinchi band. foyda solig‘i;
To‘rtinchi band. jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
Beshinchi band. yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
Besh bir band. foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
Izoh: yetti yuz qirq bir sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Oltinchi band. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Yettinchi band. mol-mulk solig‘i;
Sakkizinchi band. yer solig‘i;
To‘qqizinchi band. ijtimoiy soliq.
Ikkinchi qism. O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish tartibi qonunlarda, yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Izoh: bir ming yuz o‘n yetti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Uchinchi qism. Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni, yuk ko‘tarish quvvati o‘n tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘imni, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni hamda tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Izoh: bir ming oltmish uch sonli qonun, ikki ming yigirma besh-yil tahririda.
To‘rtinchi qism. Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
O‘n sakkizinchi modda. Maxsus soliq rejimlari.
Birinchi qism. Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
Birinchi band. aylanmadan olinadigan soliq;
Ikkinchi band. mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
Uchinchi band. maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi;
To‘rtinchi band. O‘zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi;
Izoh: yetti yuz o‘n to‘rt sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Beshinchi band. islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Izoh: bir ming yuz yigirma olti sonli qonun, ikki ming yigirma olti-yil tahririda.
Ikkinchi qism. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Izoh: olti yuz sakson uch sonli qonun, ikki ming yigirma bir-yil tahririda.
Uchinchi qism. Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.
